Mavzu: Raqobat va yakkahokimlik Xamidov Abduvosit Mundarija Kirish



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə10/13
tarix07.01.2024
ölçüsü61,71 Kb.
#210549
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu Raqobat va yakkahokimlik Xamidov Abduvosit Mundarija Kiri-hozir.org

Firmalarning o’zaro munosabati. Firmalar bir-biri bilan qanchalik tajovuz bilan kurashsa, shunchalik bozor hokimiyati kam bo’ladi, chunki keskin kurash narxning tushishiga olib keladi. Bordi-yu firmalar qanchalik kelishib ish ko’rsalar, shunchalik monopol hokimiyat imkoni ko’p bo’ladi.

Monopol hokimyatning o’z o’lchami bor, bu uning ko’rsatkichidir. Ko’rsatkich sifatida A. Lerner koeffitsiyenti (Z) bo’lib, buning son qiymati 0 dan 1 gacha bo’ladi. Buni aniqlash uchun narxdan marjinal xarajat ayriladi va bu hosila qiymat yana narxga bo’linadi. Bunda, yangi hosila bo’ladi. Bunga ko’ra, narxning marjinal xarajatdan ortiq qismining hissasi qancha ko’p bo’lsa, shunchalik monopol hokimiyat kuchli bo’ladi. Mukammal raqobatli bozorda P=Wm bo’lganidan Z=0 bo’ladi, ya’ni hokimiyat yo’q. Monopol bozorda esa P>Wm bo’ladi va bu Z ni 0 dan yuqori qiladi.


Masalan, P=25, Wm=20.
Bunda, Z=(25-20)/20=5/20=0,25.
Demak, Z=0.25. Bundan Z>0 kelib chiqadi. Biroq, Z birdan hech qachon katta bo’lmaydi, chunki I eng katta qiymat hisoblanadi.
Agar raqobatli bozordagi firmalar narxlarni borligicha qabul qilsalar, monopoliyalar ularni o’rnatadilar. Masalan, “Microsoft” firmasining “Windows” operatsion sistemalari bozordagi monopoliya bo’lib, bular narxini o’zi belgilaydi. Monopoliya belgilangan narxni bozor ko’tarsa, u narxni oshirib daromadni ko’paytiradi. Bordi-yu narxni bozor ko’tarmasa, uni tushirish o’rniga monopoliya ishlab chiqarishni qisqartirib, tovar taklifini kamaytiradi, shu yo’l bilan yuqori narxni tutib turadi. Biroq, monopoliya narxni to’xtovsiz oshirib bora olmaydi, chunki shunday bo’lsa, tovarlar sotilmay qoladi, chunki bozor uchun monopoliya narxni qimmatlik qiladi.
Shu sababli monopoliya xarid qobiliyati bilan hisoblashishga to’g’ri keladi. Masalan, tovar 100 dollar turadi. Xarid qobiliyati 1200 dollar, demak, shu narxda 120 dollarga ko’tarsa, tovarning 10 tasi sotilib, qolgan ikkitasi o’tmay qoladi. Shuni monopoliya hisobga olishga majbur bo’ladi. Xaridor pulini to’lagan yuqori narx monopoliyaga foyda keltirsa, xaridorga zarar keltiradi. Agar mukammal raqobatli bozorda A tovar 100 dollardan sotilganda xaridorlar undan 6000 tasini olib iste’mol qiladilar. Monopoliya narxni 120 dollar o’rnatsa, xaridorlar A tovardan 5000 tasini oladilar. Oradagi 1000 tovar qiymati xaridor uchun yo’qotish bo’lsa, monopoliya uchun yutuq bo’ladi, chunki 6000 tovar olish uchun xaridorlar qo’shimcha ravishda 120000 dollar berishlari kerak. Mana shu 120000 dollar monopoliya yutug’ini hosil qiladi.

Yüklə 61,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin