Mavzu: Raqobat va yakkahokimlik Xamidov Abduvosit Mundarija Kirish


Monopol narx o’rnatilganda xaridor yutug’I monopoliya yutug’iga aylanadi, bundan ustama foyda hosil bo’ladi



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə11/13
tarix07.01.2024
ölçüsü61,71 Kb.
#210549
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu Raqobat va yakkahokimlik Xamidov Abduvosit Mundarija Kiri-hozir.org

Monopol narx o’rnatilganda xaridor yutug’I monopoliya yutug’iga aylanadi, bundan ustama foyda hosil bo’ladi.
Monopol foyda olinganda umumiy yutuq summasi o’zgarmaydi (6000 tovar), balki buni monopoliya bilan xaridor o’rtasida taqsimlanishi yuz beradi. Mukammal raqobatli bozorda umumiy yutuq (6000 tovar) xaridorga tegsa, monopol bozorda buning bir qismi (5000 tovar) xaridorga, ikkinchi qismi (1000 tovar) monopoliyaga tegadi. Monopoliya bor joydagi yo’qotish ishlab chiqarish hajmini qisqartirish tufayli yuz beradi. Monopoliya tovarning yuqori narxini (120) tutib turish uchun uni kamroq chiqaradi (5000<6000). Demak, monopoliyaning ustama foyda olishi jamiyat uchun yo’qotish bo’ladi.
Monopsoniya sharoitida muayyan tovar va xizmatlar bozorida yagona xaridor bo’lganidan ishlab chiqaruvchilar uning pulini olish uchun raqobatlashadi, chunki ular oldida tanlash imkoniyati bo’lmaydi. Monopsoniyaga misol qilib “De Bisr” (Janubiy Afrika) kompaniyasini olish mumkin. Bu kompaniya dunyoda qazib olingan olmoslarni g’oyat katta qismini qayta ishlab brilliantga aylantiradi va sotadi. Dunyodagi hamma olmos konlarining egalari “De Birs” pulini olish uchun raqobatlashadilar.
Bir sohaning o’zida har xil raqobat mavjud bo’ladi, shuning uchun mukammal yoki nomukammal raqobat mezonlariga to’la javob bera oladigan bozorlarni uchratish qiyin. Biroq shunday bozorlar ham borki, ular mukammal raqobat talablariga boshqalardan ko’ra ko’proq mos keladi. Misol uchun, qishloq xo’jalik mahsulotlari bozorini olish mumkin. Shu bilan bir vaqtda, sof monopoliyaga mos keladigan bozorni ham toppish qiyin. Hatto o’z bozorlarida yetakchi rol o’ynaydigan firmalarning ham doimo bir-ikkita mayda raqobatchisi bo’ladi.

Sof monopoliya noyob mahsulotga ega bo’lish bilan bog’liq. Ammo noyoblikning o’zi abadiy emas. Chunki, noyob mahsulotning o’rinbosari va undan noyobrog’I ham yaratilib turadiki, bu bilan monopol mavqeyi zil ketadi va raqobat paydo bo’ladi. Masalan, AQSHda uzoq masofali telefon aloqasi sof monopoliya tizimiga kirar edi, lekin “EmSiAy” va boshqa firmalarning bu tarmoqqa kirib kelishi, ekspress-pochta va sun’iy yo’ldosh aloqalaridan foydalanishi bu bozorni oligopoliyaga aylantirib, cheklangan bo’lsa-da, raqobatni yuzaga keltiradi.


Real hayotda raqobat turlari chirmashib va tutashib ketgan tarzda uchraydi, bir sohaning o’zida ular yonma-yon turadilar.
3.Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti.

Raqobat muqarrar bo’lganidan uning ishtirokchilari bunga shay bo’lib turishadi. Har bir ishtirokchi raqibi nima qila olishini bilishga va bunga qarshi chora ko’rishga intiladi. Bular firmaning raqobat strategiyasida o’z o’rnini topadi. Bunda raqobatlashuvchi firma bozorga qanday tovarni, qanday miqdorda va qaysi vaqtda chiqarishini belgilab oladi. Firma eng avval, qancha mahsulot chiqarishini aniqlaganda raqiblari ham shunday ish qilishlarini va bozor narxi barcha taklifning miqdoriga bog’liq bo’lishini nazarda tutadi. Odatda firmalar o’z raqibi ishlab chiqarish hajmini o’zgarmaydigan, deb qabul qiladilar. Masalan, “A” firma “B” firma mahsulot chiqarmaydi, deb hisoblasa, bunda uning o’zi taklif etgan mahsulot bozor taklifiga teng bo’ladi. Firma narxni marjinal xarajatlarga teng qilib belgilaydi, chunki shundagina foyda maksimumlashadi. Bordi-yu “A” firma “B” firma ham bozorga mahsulot chiqara oladi, deb hisoblasa, bunda u o’z ulushini belgilaydi. Demak, raqobatli firma o’z raqibi nima qila olishini nazarda tutishi kerak bo’ladi, chunki bozor muvozanati har ikkalasining taklifiga bog’liq. Shunday sharoitda har bir firma o’z raqibi qanday miqdorda ishlab chiqara olishini chamalab ko’radi va o’z foydasini maksimumlashtiradigan miqdorda tovar ishlab chiqaradi. Firmalarning bir-biriga javoban harakati “Nesha” muvozanatini yuzaga keltiradi. “Nesha” muvozanatiga ko’ra, raqobatchi o’z raqibi harakati aniq bo’lganda, o’zi nima ish qilishini yaxshi bilishi kerak.


O’zaro kurashda yutib chiqish uchun uning ishtirokkchilari raqobatbardosh bo’lishi kerak.

Yüklə 61,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin