Faraz qilaylik, Siz – shaharning turli qismlarida do’konlar tarmog’ining egasisiz. Ularda ishlash uchun Siz, asosan qishloq joylaridan, sotuvchilarni yollaysiz, bunda mehnat bozorida ularning muqobil ish haqi past. Sotuvchilarni tovar aylanmasini oshirishga motivatsiyalashni qanday qilib amalga oshirgan ma’qul – kioskalar egasi sifatida Sizning manfaatlaringiz aynan ana shundan iborat?
Sotuvchilar uchun rag’batlantirishning optimal sxemasini tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish lozim.
Birinchidan, savdo nuqtalarining jug’rofiy tarqoqligi tufayli bevosita nazorat qilish xarajatlari katta bo’ladi. Ikkinchidan, oilali ayollarning tavakkalchilikka moyilligi darajasi ancha past, deb faraz qilish maqsadga muvofiq, bu esa Sizga "agentlar"ning tavakkalchilikka yuqori darajada moyilligini nazarda tutuvchi sxemalarni (b), v) va d)) tanlash imkonini bermaydi. Bundan tashqari, "agentlar" tasarrufidagi resurslarning cheklanganligi tufayli v) va
. Va nihoyat, qat’iy belgilangan mukofot bilan "agentlar" musobaqasining yakunlariga ko’ra mukofotni o’zida birlashtiruvchi g) variant "agentlar"ning o’ziga xos xususiyati bilan "printsipal" manfaatlari o’rtasidagi yaxshi murosaga keltiruvchi hisoblanadi.
kelishuvlar nazariyasi transaktsiya xarajatlari o’sishining asosiy omili sifatida iqtisodiy muhitning bir xil emasligiga e’tiborni qaratadi. Iqtisodiyotda kelishuvlar nisbati o’ta beqaror, bu iqtisodiy agentlarga umumiy qabul qilingan “o’yinlar qoidalari” asosida harakat qilishga halaqit beradi. Bunday sharoitda axborotni qidirish xarajatlari (axborotning yakuniy manbai mavjud emas) va monitoring xarajatlari o’ta yuqori, chunki axborotning asimmetrikligi va umumiy qabul qilingan “o’yinlar qoidalari”ning mavjud emasligi opportunistik xatti-harakat uchun zamin hozirlaydi.
biznesni tashkil etish u yoki bu shaklining afzalligi hamma vaqt nisbiy bo’lib, biznesning tavsiflariga va taqqoslash mezonlariga, masalan, boshqa tashkiliy muqobil variantlar doirasida transaktsiya xarajatlarining miqdoriga bog’liq.
Bozor iqtisodiyotida davlatning oliy maqsadlari bo’lib iqtisodiy rivojlanish va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Boshqa maqsadlar aynan ushbu ikki maqsaddan kelib chiqadi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solar ekan birinchidan:
YaIMni o’stirish;
ishsizlikni minimallashtirish;
barqaror baholar darajasini ta’minlash;
tashqi iqtisodiy muvozanatni, ya’ni to’lov balansining ijobiy (musbat) qoldig’ini ta’minlash maqsadlarini ko’zda tutadi.
Ikkinchi tartibdagi maqsadlarga foydani ko’paytirish uchun qulay qonunchilik bazasini yaratish va raqobatni keng yoydirish, ishlab chiqarishga innovatsiyalarni joriy qilish, iqtisodiyotning davriy tebranishlari darajasini kamaytirish, atrof muhitning qoniqarli holatini ta’minlab turish, aholini ijtimoiy himoya qilish kabilar kiradi.
http://azkurs.org
Dostları ilə paylaş: |