Mavzu: Rasmiy instutlarni import Qilish



Yüklə 6,7 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü6,7 Kb.
#166702
  1   2
Rasmiy instutlarni import Qilish-azkurs.org


Rasmiy instutlarni import Qilish

MAVZU: Rasmiy instutlarni import Qilish

Mamadiyorov Muxammadxasan


Mustaqil ish

Reja

1 Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi


2.Institutlar rivojlanishining inqilobiy varianti
3.Institutlarning kongruentligi

Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi


    • - rasmiy qoidalar (konstitutsiyalar, qonunlar, sud qarorlari, ma’muriy hujjatlar va b.);

    • - norasmiy normalar (an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy shartlilik);- qoidalarga amal qilinishini ta’minlovchi (sudlar, politsiya va h.k.) majburlash mexanizmlari (masalan, jazolash tizimi).

Institutsionalizmning asoschilaridan biri D.Nort [46] institutlar tarkibida ularni uchta asosiy qismga ajratadi:


Institutlar inson tomonidan ongli ravishda yaratilgan turli hujjatlar (konstitutsiyalar, qonunlar va h.k.) ko`rinishidagi rasmiy, “yozilgan” qoidalarda ifodalanishi mumkin. Shu bilan birga ular umumiy qabul qilingan shartlilik, xatti-harakat kodekslarida, ya’ni norasmiy, “yozilmagan” normalarda namoyon bo`ladigan, jamiyatning barcha sohalariga kirib borib, an’analar, urf-odatlar ko`rinishida yoki boshqa shaklda amal qilinadigan inson ongining mahsulini o`zida namoyon etishi mumkin.
Agar rasmiy qoidalar tizimi insonlar (davlat)ning qonun ijodkorligi faoliyatini o`zida aks ettirsa, u holda norasmiy normalar tizimi qay tarzda shakllanadi, degan savol tug`iladi.
T.Veblen [32]ning konsepsiyasiga ko`ra, institutlarning o`zgarishi tabiiy tanlab olish qonuniga muvofiq ravishda kechadi. Insonning jamiyatdagi hayoti, huddi boshqa turdagi hayot kabi – bu yashash uchun kurashish va, o`z navbatida, tanlab olish va moslashish. Uning fikriga ko`ra, ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi ijtimoiy institutlarni tabiiy tanlab olish jarayoni bo`ldi. Institutlar
– inson jamiyati va inson tabiatining rivojlanishda davom etishi va shu nuqtai nazarda erishilgan taraqqiyotni umumiy ko`rinishda eng ko`p moslashgan tafakkur tarzini tabiiy ravishda tanlash va individlarni jamiyat rivojlanishi bilan izchil o`zgarib turadigan yangi sharoitlarga majburiy moslashtirish jarayoni, deyish mumkin.

    • Shunday qilib, T.Veblenning talqinida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (“ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi”) turli xildagi institutlarni “tabiiy tanlash” jarayonini amalga oshirish sifatida namoyon bo`ladi.

Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, ko`p holatlarda norasmiy normalar jamiyatda “tartibni” ta’minlashda rasmiy qoidalarga qaraganda g`oyat katta rol o`ynaydi. Bunga qator omillar xizmat qiladi:


1. Har qanday jamiyatda faoliyatning alohida sohalari rasmiy qoidalar mavjud bo`lmaganda faqat norasmiy normalar bilan tartibga solinadigan vaziyatni kuzatish mumkin. Xo`jalik yuritishning jamoa shakli paydo bo`lishi davrida urug`doshlik va ular a’zolari o`rtasidagi munosabatlar yoki mafiya (kriminal) guruhlar o`rtasidagi munosabatlar, O`zbekistonda mahallada yashovchi aholi orasida keng tarqalgan odatlar va qoidalar bunga misol bo`lib xizmat qiladi.
2. Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga qaraganda ancha oldin paydo bo`lib, ko`p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan mustahkamlangan normalar uchun asos bo`lib xizmat qildi. Norasmiy normalarning rasmiy qoidalar sifatida mustahkamlanishiga istalgan mamlakatning tarixida ko`plab misollarni uchratish mumkin.

Yüklə 6,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin