Mavzu: Ratsional ovqatlanish tamoillari Reja

 Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish sistolik (yuqori) va diastolik (pastki) qon bosimini 5 - 10 mm simob ustuniga pasaytiradi

Yüklə 0,83 Mb.
səhifə6/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#200766
1   2   3   4   5   6
Ratsional ovqatlanish tamoyillari

Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish sistolik (yuqori) va diastolik (pastki) qon bosimini 5 - 10 mm simob ustuniga pasaytiradi;

Qonda yog‘ almashinuviga ijobiy ta’sir etadi va yurak kasalliklariga olib keluvchi xolesterin miqdorini kamaytiradi;

Organizmni energiyaga bo‘lgan talabi va uning sarflanishini me’yorlashtiradi;

Kayfiyatni ko‘taradi va umumiy ahvolni yaxshilaydi;

Uglevodlarga bo‘lgan (qandli diabet paydo bo‘lishiga) chidamlilikni oshiradi;

Semirish, suyak - mushak kasalliklari va o‘smalar paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Har bir inson sog‘lom turmush tarzi va ratsional ovqatlanish tamoillariga amal qilgan holda qator og‘ir kasalliklarning oldini olishi mumkin. Xaqiqatdan ham Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, inson salomatligi va uzoq umr ko‘rishi 10 foiz hollarda tibbiyotga, 20 foiz hollarda uning nasliga, 20 foiz hollarda tashqi ta’sirlarga (ekologik, iqtisodiy va boshqalar), 50 foiz hollarda esa, uning hayot tarzi va odatlariga (jismoniy faollik, chekish, spirtli ichimliklrni suiste’mol qilish, ortiqcha tana vazni va boshqalar) shu jumladan ovqatlanish tartibiga bog‘liq.

Aholi salomatligini mustahkamlash borasida Respublikamiz Prezidenti tomonidan chiqarilgan qator farmon va qarorlar sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va uning negizlaridan birini tashkil etuvchi ratsional ovqatlanishni keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Inson yoshi ulg‘ayib borgan sari jismoniy harakatlar, ovqatlanish va kun tartibi bir so‘z bilan aytganda sog‘lom turmush tarzi olib borish ham unga mos ravishda bir muncha o‘zgarishi lozim.
Qarish tabiiy jarayon va biologik qonuniyat. Uning natijasida organizmdagi bir qator fiziologik va biokimyoviy reaksiyalarning sustlashishi, tashqi ta’sir omillariga chidamlilikning pasayishi hamda organizmning barcha tizimlarida kuchsizlanish kuzatiladi. Bundan tashqari yosh o‘tib borgan sari jag‘ va tishlardagi o‘zgarishlar ovqat luqmasini chaynashni qiyinlashtiradi, kasallanishga moyillik tug‘ilib ba’zi kishilarda bir vaqtning o‘zida bir necha a’zo va tizimlarda turli xil xastaliklar yuzaga keladi. Shuning uchun mahsulotlarni tanlash va taom tayyorlashda bularning barchasini e’tiborga olish lozim.
Bularning barchasi tibbiyot asoschisi Gippokratning «Iste’mol qilayotgan taomingiz dori vazifasini o‘tasin, doringiz taomdan iborat bo‘lsin» deb ta’kidlagan so‘zlariga amal qilish lozimligini tasdiqlaydi.
Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin