Mavzu: Ratsional ovqatlanish tamoillari Reja


Muvozanatlashtirilgan ovqatlanish



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#200766
1   2   3   4   5   6
Ratsional ovqatlanish tamoyillari

Muvozanatlashtirilgan ovqatlanish. Iste’mol qilinadigan oziq – ovqatlar tarkibidagi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va suvning bir – biriga mutanosib (optimal) ravishda bo‘lishi ovqatlanish konsepsiyasining ikkinchi qoidasi hisoblanadi.

Muvozanatlashtirilgan ovqatlanish. Iste’mol qilinadigan oziq – ovqatlar tarkibidagi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va suvning bir – biriga mutanosib (optimal) ravishda bo‘lishi ovqatlanish konsepsiyasining ikkinchi qoidasi hisoblanadi.

Ovqatlanish tartibini muvofiqlashtirish ushbu konsepsiyaning uchinchi qoidasi hisoblanib, o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

Muntazam ovqatlanish;

Ovqatlanishni kun davomida taqsimlash;

Ovqatlanishlar soni va ular orasidagi vaqtlarni muvofiqlashtirish.

Ovqatlanish tartibini muvofiqlashtirish

Ovqatni kunning ma’lum vaqtida iste’mol qilish – bu shartli reflekslar hosil bo‘lishiga imkon yaratadi hamda o‘z navbatida organizmni ovqat qabul qilishga tayyorlaydi. Nonushta va tushlik, tushlik va kechki ovqatlar oralig‘idagi vaqt 5 - 6 soatni tashkil etishi, mabodo uyqudan oldin ovqatlanish ishtiyoqi bo‘lsa kamida 1,5 - 2 soat oldin taom qabul qilish kerak.

Kunda 4 marotaba ovqatlanish - uning taxminan 25 % birinchi nonushtaga, 15 % ikkinchi nonushtaga, 35 % tushlikka, 25 % kechki ovqatga to‘g‘ri kelishi lozim.

Ovqatlanganda uning takribiy qismiga e’tibor berish juda muhim. Oqsilga boy oziq - ovqatlar asab tizimi qo‘zg‘aluvchanligini oshirganligi sababli ularni kunning birinchi yarmida ya’ni inson faol harakatda bo‘lgan davrda iste’mol qilish ma’qul. Kechki ovqat kunlik ovqatlanishni ko‘p qismini tashkil etganda yog‘larning oksidlanishi to‘liq kuzatilmay semirishga moyillikni keltirib chiqaradi.

Hayvon yog‘idan va yuqori sifatli un mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar hamda shirinliklarni me’yoridan ortiq tanovvul qilish, ovqatlanish tartibi va ritmiga amal qilmaslik oziq – ovqatlarning asosiy tarkibiy qismlari o‘rtasidagi muvozanatni buzilishiga va oqibatda semizlik, yurak qon – tomir hamda boshqa qator a’zolar kasalliklar kelib chiqishiga olib kelishi tasdiqlanmoqda. Chunki ular qonda xolesterin miqdorini oshishi, qon bosimini ko‘tarilishi, miokard infarkti, bosh miyaga qon quyilishi yoki ishemik insult, qandli diabetga moyillik tug‘ilishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin