Hayvon yog‘idan va yuqori sifatli un mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar hamda shirinliklarni me’yoridan ortiq tanovvul qilish, ovqatlanish tartibi va ritmiga amal qilmaslik oziq – ovqatlarning asosiy tarkibiy qismlari o‘rtasidagi muvozanatni buzilishiga va oqibatda semizlik, yurak qon – tomir hamda boshqa qator a’zolar kasalliklar kelib chiqishiga olib kelishi tasdiqlanmoqda. Chunki ular qonda xolesterin miqdorini oshishi, qon bosimini ko‘tarilishi, miokard infarkti, bosh miyaga qon quyilishi yoki ishemik insult, qandli diabetga moyillik tug‘ilishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Aholi orasida semiz kishilarning tobora ko‘payib borayotganligi tashvishli bir holdir. Bu butun dunyo aholisi orasida ham kuzatilmoqda. Yer kurrasining 25 foiz, 40 yoshdan keyin esa 50 - 60 foiz aholisida ushbu jarayon qayd etilmoqda. AQSHda 35 foiz, Yevropada esa 20 foizdan ortiq yoshlar ortiqcha tana vazniga ega. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, agar tegishli chora – tadbirlar ko‘rilmasa 2025 yilga borib semizlikka chalinganlar soni ikki barobarga ko‘payishi mumkin.
Jismoniy faol hayot kechirish salomatlikka ta’siri
Mustaqillik yillarida Respublikamizda ilm - fan hamda texnikaning misli ko‘rilmagan darajada rivojlanishi, turmush farovonligini oshib borishi, asosiy xizmatlarni texnika zimmasiga yuklatilishi natijasida yuqorida ta’kidlaganimizdek aholi orasida nafaqat semiz, balki kamharakat insonlar soni ham tobora ko‘payib borishiga olib kelmoqda.
Aksariyat hollarda semizlik, yurak qon - tomir, shu jumladan, yurak ishemik kasalligi yuzaga kelishida jismoniy faollikning pastligi va kamharakatlik asosiy sabablardan biri hisoblanadi.
Muntazam ravishda jismoniy faol hayot kechirish salomatlikka quyidagicha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:
Muntazam ravishda jismoniy faol hayot kechirish salomatlikka quyidagicha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:
Yurak qon - tomir faoliyatini mo‘tadillashtiradi va uning kasalliklari paydo bo‘lishini oldini oladi;