33
ma’lum bir shahar, oblast cherkovi yoki yeparxiyani boshqara oladilar. Nisbatan
kattaroq yepiskoplar arxiyepiskop deyiladi. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari
mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi patriarxdir.
Katolik oqimi
Xristianlikning yirik yо‘nalishlaridan biri katolik oqimidir. U
Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bо‘lib,
muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolitsizm “umumiy, dunyoviy” degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai –
uncha katta bо‘lmagan Rim Xristian jamoasi bо‘lib, rivoyatlarga kо‘ra
uning
birinchi Yepiskopi apostol Petr bо‘lgan. Katolik diniy ta’limotning asosini
Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq pravoslav cherkovidan
farqli о‘laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi yetti Butun
Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bо‘lib о‘tgan
barcha
Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham
hisoblaydi.
Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina
ruhoniylarga beriladi,
chunki ular uylanmaslik –
selibat
haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy
ibodatlar dabdabali va soxtalashtirilgan kо‘rinishga ega, diniy о‘qish, duo, iltijolar
lotin tilida olib boriladi. Pravoslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona,
ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir.
Katolitsizm xristianlikning yо‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va
qoidalarini
tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir
qator xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi
bu cherkovning boshlig‘i bо‘lib, u diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni
belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar hokimiyatidan yuqori turadi.
Katolik cherkovining markazlashuvi,
jumladan, diniy ta’limotni noan’anaviy
tahlil qilish (sharhlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib
chiqaradi. Masalan, pravoslav cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda
ta’kidlanishicha, Muqaddas Ruh Ota Xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga
kо‘ra esa, Muqaddas Ruh Ota Xudodan va О‘g‘il Xudodan kelib chiqadi.
Cherkovning najot borasidagi roli haqida ham о‘ziga xos alohida ta’limot
shakllangan. Najotning asosi iymon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, katolik
ta’limotiga kо‘ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga –
Iso tomonidan yaratilgan
«Xayrli ishlar zahirasiga» ega.
Cherkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish,
undan muhtojlarga ulashish, ya’ni gunohlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga
kechirim tufha qilish huquqiga ega. Pul yoki tufha evaziga avf qilish huquqiga ega.
Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarini kechirish –
Dostları ilə paylaş: