Mavzu rejasi: 1



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/30
tarix28.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#166902
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Jahoni dini: Xristianlik


28 
Tayanch tushunchalar: 
Missiya, Ota–Xudo, О‘g‘il–Xudo, Muqaddas ruh
xristianlikning oqimlarga ajralishi, Pravoslavlik, Katoliklik, sirli marosimlar
chо‘qintirish (xristianlik diniga kiritish), prichastiye (non bilan tamaddi qilish), 
cherkovda gunohlarga tavba qilish, nikoh ahdi, badanni yog‘ bilan ishqalash 
(soborovaniye), chо‘qinuvchining peshonasiga muqaddas yog‘ surkash, 
ruhoniylik, Isoning tug‘ilishi, Xudoning uch qiyofasi, Protestantlik, indulgensiya 
(pul evaziga gunohlarni kechirish), a’rof», Injil, Qadimiy Ahd, Yangi Ahd. 
Mavzu о‘quv maqsadi:
Xristianlik dinining tarixi, Iso Masih va uning havoriylari faoliyatlari, ta’limoti, 
kо‘zga kо‘ringan namoyandalari, muqaddas kitoblari,yо‘nalishlari, diniy urf–
odatlari haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berish. 
 
Xristianlik. Paydo bо‘lishi. 
Xristianlik dini buddizm va islom dinlari qatorida 
jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Ularning miqdori boshqa 
dinlarga qaraganda eng kо‘p bо‘lib, bu kо‘rsatkich dunyo aholisining deyarli 
uchdan birini (taqriban 28 %) tashkil etadi. 
Xristianlik, asosan, Yevropa, Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman 
Afrika va Osiyo qit’alarida tarqalgan. 
Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida joylashgan 
Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar 
berishiga kо‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bо‘lib, u Rim imperiyasi tashkil 
topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan 
Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning 
dunyoga kelishi bilan bog‘liq. 
Milodning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq og‘ir 
tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning 
joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi 
tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan kо‘mib 
tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar о‘rtasida kutilayotgan xaloskorning 
kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bо‘ldi. Ular xalqni 
kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih 
yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib
xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in 
qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab, qatl etishga hukm qildilar. 
Isoning tarixiy xususida diniy va diniy bо‘lmagan manbalar orasida ixtilof 
mavjud: xristian manbalarida Isoning о‘zi xudo bо‘la turib, insoniyatning 
gunohlarini о‘ziga olish uchun odam qiyofasida tug‘ilgani, uning hayot tarzi, 
insonlar bilan muloqoti haqidagi ma’lumotlar qayd etilsa-da, diniy bо‘lmagan 
manbalarda Iso nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki 
afsonaviy shaxs deb hisoblovchilar ham bor. 
Iso nomiga qо‘shiluvchi “Masih” sо‘zi qadimiy yahudiy tili – 
ivrit
dagi 
meshiax
sо‘zidan olingan bо‘lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Yunon 
tilida bu sо‘z «xristos» shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» 
deb atalishi ham shu sо‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari xristianlikni Iso 
Masihning tug‘ilgan qishlog‘i – «Nazaret» bilan bog‘lab, 
nazroniya
deb ham 
ataganlar. Keyinchalik bu nom 
nasroniya
shaklini olgan. 


29 
Iso Masih о‘z ta’limotini о‘zining 12 о‘quvchisi apostollar – havoriylarga 
о‘rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari 
alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi 
Ahd» qismini tashkil etadi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin