28
Tayanch tushunchalar:
Missiya, Ota–Xudo, О‘g‘il–Xudo, Muqaddas ruh,
xristianlikning oqimlarga ajralishi, Pravoslavlik, Katoliklik, sirli marosimlar,
chо‘qintirish (xristianlik diniga kiritish), prichastiye (non bilan tamaddi qilish),
cherkovda gunohlarga tavba qilish, nikoh ahdi, badanni yog‘ bilan ishqalash
(soborovaniye), chо‘qinuvchining peshonasiga muqaddas yog‘ surkash,
ruhoniylik, Isoning tug‘ilishi, Xudoning uch qiyofasi, Protestantlik, indulgensiya
(pul evaziga gunohlarni kechirish), a’rof», Injil, Qadimiy Ahd, Yangi Ahd.
Mavzu о‘quv maqsadi:
Xristianlik dinining tarixi, Iso Masih va uning havoriylari faoliyatlari, ta’limoti,
kо‘zga kо‘ringan namoyandalari, muqaddas kitoblari,yо‘nalishlari, diniy urf–
odatlari haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berish.
Xristianlik. Paydo bо‘lishi.
Xristianlik dini buddizm va islom dinlari qatorida
jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Ularning miqdori boshqa
dinlarga qaraganda eng kо‘p bо‘lib, bu kо‘rsatkich dunyo aholisining deyarli
uchdan birini (taqriban 28 %) tashkil etadi.
Xristianlik, asosan, Yevropa, Amerika, Avstraliya qit’alarida
hamda qisman
Afrika va Osiyo qit’alarida tarqalgan.
Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida joylashgan
Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar
berishiga kо‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bо‘lib, u Rim imperiyasi tashkil
topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan
Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning
dunyoga kelishi bilan bog‘liq.
Milodning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq og‘ir
tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan
Rim imperatori va uning
joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi
tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan kо‘mib
tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar о‘rtasida kutilayotgan xaloskorning
kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bо‘ldi. Ular xalqni
kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih
yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi
bilan chiqib,
xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in
qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab, qatl etishga hukm qildilar.
Isoning tarixiy xususida diniy va diniy bо‘lmagan manbalar orasida ixtilof
mavjud: xristian manbalarida Isoning о‘zi xudo bо‘la turib, insoniyatning
gunohlarini о‘ziga olish uchun odam qiyofasida tug‘ilgani, uning hayot tarzi,
insonlar bilan muloqoti haqidagi ma’lumotlar
qayd etilsa-da, diniy bо‘lmagan
manbalarda Iso nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki
afsonaviy shaxs deb hisoblovchilar ham bor.
Iso nomiga qо‘shiluvchi “Masih” sо‘zi qadimiy yahudiy tili –
ivrit
dagi
meshiax
sо‘zidan olingan bо‘lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi.
Yunon
tilida bu sо‘z «xristos» shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik»
deb atalishi ham shu sо‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari xristianlikni Iso
Masihning tug‘ilgan qishlog‘i – «Nazaret» bilan bog‘lab,
nazroniya
deb ham
ataganlar. Keyinchalik bu nom
nasroniya
shaklini olgan.
29
Iso Masih о‘z ta’limotini о‘zining 12 о‘quvchisi apostollar – havoriylarga
о‘rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari
alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi
Ahd» qismini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: