Mavzu rejasi: 1



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/30
tarix28.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#166902
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

1.
 
Axloq normalari – «Pancha shila» (Buddaning besh nasihati): 
1)
qotillikdan saqlanish; 
2)
о‘g‘rilikdan saqlanish; 
3)
gumrohlikdan saqlanish; 
4)
yolg‘on, qalbaki narsalardan saqlanish; 
5)
mast qiluvchi narsalardan saqlanish. 
2.
 
 MeditatsiY.
1)
tо‘g‘ri tushunish (tо‘g‘ri e’tiqod qilish) – Buddaning birinchi da’vatida sо‘z 
yuritilgan tо‘rt haqiqatni bilish va unga ishonish; 
2)
tо‘g‘ri niyat qilish – dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos bо‘lishga, keraksiz 
fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qо‘yishdan saqlanishga intilish; 
3)
о‘zini tо‘g‘ri tutish – о‘ziniki bо‘lmagan narsaga kо‘z olaytirmaslik, ortiqcha 
hissiyotga berilmaslik; 
4)
tо‘g‘ri anglash – о‘z tanasi va ruhiga о‘zini yо‘qotib qо‘ymaydigan darajada 
nazoratda bо‘lish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qо‘yish; 
5)
tо‘g‘ri harakat qilish – о‘zidagi yomon tuyg‘ularni jilovlash hamda ezgu 
tuyg‘ular va harakatlarni rivojlantirish; 
6)
tо‘g‘ri hayot kechirish – noma’qul hayot tarzidan saqlanish; 
7)
tо‘g‘ri fikr yuritish – kamolotning tо‘rt bosqichini ketma-ket bosib о‘tish;
8)
tо‘g‘ri gapirish – yolg‘ondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan 
saqlanish. 
3.
Donishmandlik
– bu buddizmning asosiy maqsadi bо‘lib, narsalar tabiatini 
tо‘g‘ri tushunishdan iborat.
Yuqorida kо‘rsatilgan uch amaliyot bosqichini о‘tagan inson oxir-oqibat oliy 
saodatga, ya’ni 
nirvana
holatiga erishadi. 
Nirvana
sо‘zining lug‘aviy ma’nosi – 
«о‘chish, sо‘nish». Unda hayotning har qanday kо‘rinishiga intilish yо‘qoladi.
Manbalari.
Buddizm ta’limoti bir qator kitoblar shakliga keltirilgan 
tо‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka – «uch 
savat» ma’nosini anglatadi). U uch qismdan iborat bо‘lganligi uchun shunday nom 
bilan atalgan. Bu manbaning qо‘lyozma nusxasi Shri Lankada saqlanib qolgan. U 
milodning boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Ular – Budda targ‘ibotining 
haqiqiy bayoni hisoblangan 
sutra
matnlari – Sutra-pitaka, rohiblik axloqi
xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan 
vinaya
matnlari – Vinaya-pitaka, 
buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga 
bag‘ishlangan 
abxidxarma
matnlari – Abxidxarma-pitakadan iborat. Keyinchalik 
shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddizmga oid 
adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning ilk buddizm tarixi uchun 
ahamiyati ozroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning asosiysi Tripitakada 
jamlangan.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin