Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#120485
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
\'1-ÄÈÍ.ÁÓÄÄÀ.ÕÐÈÑÒÈÀÍËÈÊ.ÌÀÚÐÓÇÀ

Xristianlik ta’limoti. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy 
muhitida yuzaga kelgan. Shu bois yahudiylikning xristianlikning shakllanishida 
yaxudiylikning ta’siri salmoqli bо‘lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g‘oyasi 
– Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bо‘lib, 
oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir. 
Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – 
odam va xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning о‘zini ixtiyoriy 
tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-
Xudo, о‘g‘il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch yuzlik Xudo (Trinity) tо‘g‘risidagi 
ta’limotni, jannat va dо‘zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni 
о‘z ichiga oladi. 
Xristian jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov 
munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi 
milodning IV asr boshlarida, yani 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini 
deb e’lon qilinganidan sо‘ng amalga oshirildi. 
325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi 
xristian jamoalarini о‘zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikeya 
shahrida I Butun Olam Xristian Soborini (о‘tkazilgan 21 sobordan birinchisi) 
chaqirdi. Bu soborda «e’tiqod timsoli»ning (Credo) dastlabki tahriri qabul qilingan, 
pasxani bayram qilish vaqti belgilangan, ariychilik qoralangan (Ariy Aleksandriya 
shahridan chiqqan ruhoniy; 318 yilda о‘g‘il-Xudo va Ota-Xudoning yagona 
mohiyati haqidagi cherkov ta’limotiga qarshi chiqib, Isoning ilohiy xususiyatlari 
va shon shuhrati jihatidan Ota-Xudodan keyin turadi, chunki ota-xudo azaliy va 
abadiy, Isoni u yaratgan deb targ‘ib qilgan). 20 ta kanon, jumladan, Aleksandriya, 
Rim, Antioxiya, Quddus, mitropolitlarining imtiyozlari tо‘g‘risidagi qoidani ishlab 
chiqqan. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bо‘lib о‘tdi. Bu 
soborda Nikeyada qabul qilingan «e’tiqod timsoli»ga aniqlik kiritish, ariychilar, 
yevnomiychilar, fotinianlar, savelianlar kabi adashgan firqalar bilan kurashish 
masalalari kо‘rilgan. II Jahon sobori troitsa (Trinity) haqidagi qoidani ishlab 
chiqqan va «e’tiqod timsoli»ni qonunlashtirgan. Konstantinopol patriarxi Rim 
patriarxi kabi barcha boshqa yepiskoplarga nisbatan imtiyozlarga ega degan 
qoidani kiritgan. Bu soborda qabul qilingan «e’tiqod timsoli» 12 qismda 
ifodalandi: 
– birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida; 
– ikkinchi qismda nasroniylikda Xudoning о‘g‘li hisoblangan Iisus xristosga 
imon keltirish haqida; 
– uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida sо‘z yuritilib, unga kо‘ra, Iso 
Xudo bо‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga 
kirganligi haqida; 
– tо‘rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va о‘limi haqida sо‘z ketadi. Bu 
gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va 


30 
о‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb 
e’tiqod qilinishi haqida; 
– beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan sо‘ng uch kun о‘tib qayta 
tirilganligi haqida; 
– oltinchi qismda Isoning me’roji haqida; 
– yettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida; 
– sakkizinchi qism: Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasida; 
– tо‘qqizinchi qism: cherkovga munosabat haqida; 
– о‘ninchi qismda chо‘qintirishning gunohlardan forig‘ qilishi haqida; 
– о‘n birinchi qism о‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida;
– о‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida sо‘z yuritiladi. 
– xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo 
Avgustinning ta’limoti katta ahamiyat kasb etdi. Beshinchi asr bо‘sag‘asida u 
dinning bilimdan afzal ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta’limotiga 
kо‘ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning 
ortida ulug‘ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan. 
Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan 
har bir kishi najot topganlar safidan о‘rin egallashi mumkin, chunki imon taqdir 
taqozosidir. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin