Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#120485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
\'1-ÄÈÍ.ÁÓÄÄÀ.ÕÐÈÑÒÈÀÍËÈÊ.ÌÀÚÐÓÇÀ

Fanning vazifalari –
Talabalarni turli dinlarning kelib chiqishi, tarixi, tadrijiy taraqqiyoti, ta’limoti, 
asosiy manbalari, xozirgi davrdagi xolati ijtimoiy hayotda tutgan о‘rni xaqida 
tushunchalar berishdan iborat.



Dinshunoslik fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, 
yо‘nalishlari, mazhablari haqida tо‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniy va 
dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan tо‘g‘ri dunyoqarashni 
shakllantishdan iborat.
Shuningdek, asosiy vazifalaridan biri xozirgi kunda О‘zbekiston jahon 
xamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan 
muloqot qilishda diniy bag‘rikenglik xam katta axamiyatga ega. Shuningdek, kо‘p 
millatli О‘zbekistonda 90 foizdan ortiq mahalliy xalqlar islom diniga e’tiqod 
qiladi, demak yoshlarga islom dining shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, 
madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qо‘shgan xissasini, ijtimoiy hayotimizdagi 
о‘rnini kо‘rsatib berishdan iborat.
Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari. 
 
DINNING IJTIMOIY FUNKSIYALARI
Birinchidan, har qanday din о‘z e’tiqod qiluvchilari uchun tо‘ldiruvchilik, tasalli 
beruvchilik – kompensatorlik vazifasini bajaradi.
Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bо‘lishi hodisasini olaylik. Inson о‘z hayoti, 
turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bо‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy 
maqsadlariga erishishi ilojsiz bо‘lib kо‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy 
ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu dinga bо‘lgan ehtiyoj edi. Din bu о‘rinda ma’naviy-ruhiy 
ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.
Masalan, buddizm dini rohiblikni targ‘ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan, 
rohat-farog‘atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bо‘lishini 
ta’kidlaydi. Yoki har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning 
turli muammolarini yengib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik Iso 
Masih qaytib kelgach, barcha izdoshlarini saodatli hayotga yetkazishi haqidagi ta’limotni 
ilgari suradi.
Islom dinida esa, har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-
istaklariga oxiratda erishishiga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha berilmay, 
turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
Ikkinchidan, muayyan din о‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, о‘ziga e’tiqod 
qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham 
shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik – integratsion vazifa deb 
ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni qamrab olishga 
intiladi. Buning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga
axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga chambarchas bog‘lanib keta 
olgan.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun 
ularning bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo – Yahvening eng 
sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni unga yanada kо‘proq jalb etish uchun diniy 
me’moriy, tasviriy san’at, musiqa kabi san’at turlaridan unumli foydalaniladi. 
Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat kо‘rsatadi.




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin