Mavzu: Rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’limida bolalar ijodiyoti
Maktabgacha ta‘lim tizimi uzluksiz ta‘limning birlamchi, eng asosiy bo‗g‗ini hisoblanadi. Ko‗p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, inson o‗z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo‗lgan davrida olar ekan.1, 33-bet Demak, bolalarning sog‗lom va bilimli, yetuk kadr bo‗lib voyaga yetishida maktabgacha ta‘lim va tarbiya muhim o‗rin egallaydi. Shu nuqtai-nazardan mamlakatimizda maktabgacha ta‘lim tizimini isloh qilish borasida bir qancha me‘yoriy-huquqiy asoslar ishlab chiqildi. Davlatimizdagi bolalarni maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qabul qilish qamrovi yildan-yilga oshib bormoqda. Bu ko‗rsatkich 2016 yilda 27,7 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2020 yilga kelib 60 foizga yetdi.2, 325-bet Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar istiqbolda o‗z mevasini berishi nazarda tutilgan. Shu maqsadda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ―Ayni paytda islohotchi bo‗lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarni tarbiyalashimiz zarur. Shu boisdan ham bog‗cha ta‘limining barcha bo‗g‗inlarini izchil isloh qilmoqdamiz‖3, 23-bet-degan edilar. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 16 avgust kuni bo‗lib o‗tgan yig‗ilishda maktabgacha ta‘lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‗la qamrab olish bo‗yicha muhim vazifalar berilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda prezidentimiz tomonidan 1 ta Farmon, 2 ta Qaror imzolandi. Hamda alohida maktabgacha ta‘lim va tarbiyaning huquqiy asoslarini yanada mustahkaslash uchun ―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to‗g‗risida‖gi qonun hujjati qabul qilindi. Shuningdek maktabgacha ta‘lim uzluksiz ta‘limning birinchi turi sifatida ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonunda ham o‗z aksini topdi.
Qabul qilingan bu me‘yoriy-huquqiy hujjatlar faqatgina maktabgacha ta‘lim va tarbiya sohasi faoliyatini huquqiy asoslash yoki himoyalash bilan cheklanmaydi. Bu asoslar uzluksiz ta‘limning eng asosiy tayanch bo‗g‗inini isloh qilishni, rivojlantirishni ta‘minlashga ham xizmat qiladi. Shu nuqtai-nazardan ta‘lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda xorijiy tajribalarni o‗rganish, ularning ilg‗or tajribalarini milliy ta‘lim va tarbiya bilan taqqoslash hamda ularning yutuqlarini sohaga moslashtirish orqali joriy etish davr talabi hisoblanadi.
Maktabgacha ta‘lim va tarbiyaning davlat ta‘lim standartlariga ko‗ra maktabgacha ta‘lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma‘naviy me‘yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‗zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon7 hisoblanadi. Mana shu jarayonda maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qabul turli davlatlarda turlicha ekan. (1-jadval)
O‗zbekiston Respublikasi ―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to‗g‗risida‖gi qonunning 34-moddasiga binaoan bolalar yoshlariga qarab guruhlarga ajratilgan. Jumladan, ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha), kichik guruh (uch yoshdan to‗rt yoshgacha), o‗rta guruh (to‗rt yoshdan besh yoshgacha), katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha), maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha). Germaniyada esa bolalarga ―nafaqa chiqqan bobo, buvilar nabiralarga qarashi kerak‖- degan tushuncha mavjud emas. Shuning uchun ota-onalar farzandlarini 4 oylikdan boshlab bog‗chaga berishga majburdirlar. Ko‗pgina nemis oilalari farzandlarini ancha erta bog‗chaga beradilar. Germaniyada maktabgacha ta‘limning 6 xil turi mavjud bo‗lib, ular bir-biridan tubdan farq qiladi va rang-barangligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi. Yaponiya, Italiya va Xitoy davlatida bolalar asosan 3 yoshdan bog‗chaga qabul qilinadi. Faqatgina juda majbur bo‗lgan oilalar farzandlarini bolalarga qarash markazlariga berishlari mumkin. Masalan,
Yaponiyada bolalar yaslisiga (bolaga qarash markazi) bolani uch oyligidan berish mumkin, lekin bunday holat yaponlar orasida keng tarqalgan emas, chunki bunday yoshda bolani yasliga joylashtirish uchun onada juda jiddiy sabab bo‗lishi kerak. Shuningdek bunday ayol jamiyat tomonidan yaxshi ona deb baholanmaydi. Atrofdagilarning fikri esa yaponlar uchun ―eng asosiy‖ deb hisoblanadi. Yaponiyada bolalar yaslisiga faqat ota-onasi ishlaydigan bolalar qabul qilinadi. Buning uchun munitsipalitetga ota-ona ish joyidan ma‘lumotnoma va oiladaboshqa bolaga qarab turuvchi oila a‘zosi yo‗qligi haqida hujjatlar taqdim etilishi kerak bo‗ladi.8
Mamlakatimizda esa bolalar bog‗chaga bir yoshdan qabul qilinadi. Farzandi uch yoshga to‗lmagan onalarga mehnat qonunchiligida imtiyozlar belgilangan. Davlatimiz maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qamrov masalasini oshirish hamda maktabgacha tayyorlovni to‘liq amalga oshirish maqsadida yangi tahrirdagi qonun hujjatlariga tegishli normalar kiritildi. Jumladan, O‗zbeksiton Respublikasi ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonunga muvofiq maktabgacha ta‘lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‗lgan bolalarni boshlang‗ich ta‘limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.9, 8-modda Endilikda respublikamizdagi 6 yoshdan-7 yoshgacha bo‗lgan barcha ta‘lim olishga layoqati bo‗lgan bolalar davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 1 yillik maktabgacha tayyorlov guruhida boshlang‗ich sinflarga tayyorlanadi va ularga sertifikat beriladi.
Bu jarayon rivojlangan mamlakatlarda esa ancha ilgari boshlanadi. Masalan, Italiyada bolalar 3 yoshdan-6 yoshgacha maktabga tayyorlanadilar. Bu jarayon davlat bog‗chalarida va xususiy katolik bog‗chalarida amalga oshiriladi. Buyuk Britaniyada esa 1988 yilda «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonuni kuchga kirgan. Unda nafaqat ta‘lim standartlari, balki bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida ruhiy rivojlanish darajasiga bazaviy baho berish ham belgilangan. Angliya, Shotlandiya va Uelsda majburiy ta‘lim 5 yoshdan, Shimoliy Irlandiyada esa 4 yoshdan boshlanadi. Shuning uchun ham majburiy ta‘limda o‗qitishni boshlash muddati Yevropada eng erta deb hisoblanadi. (2-jadval)
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul yoshi
|
O‗zbekiston
|
Angliya, Shotlandiya, Uels
|
Shimoliy Irlandiyada
|
Italiya
|
Singapur
|
6-7 yosh
|
5-6 yosh
|
4-6 yosh
|
3-6 yosh
|
3-6 yosh
|
Singapurda ham maktabgacha ta‘lim ta‘limning boshlang‗ich bo‗g‗ini hisoblanadi. Bog‗chaga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi. Ikki-uch yil davomida ularga ona tili va ingliz tili, o‗qish, sanash, kuylash, rasm chizish, raqs tushish kabilar o‗rgatiladi. Singapurda davlatga qarashli bog‗chalar yo‗q. Maktabgacha ta‘lim muassasalarining barchasi xususiy bo‗lib, ayrimlarigina diniy tashkilot yoki jamg‗armalar tomonidan boshqariladi.
Uzluksiz ta‘lim tizimida xorijiy davlatlarning ilg‗or tajribalarini o‗rganar ekanmiz, har bir davlat o‗ziga xos bo‗lgan xususiyatlariga ega ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu xosliklar qaysidir jihatdan o‗sha mamlakatlarning rivojlanishiga, taraqqiy etishiga ham xizmat qilganligini ko‗rishimiz mumkin. Bunga hattoki tarixning ham o‗zi guvohdir. Masalan, yaponlardagi bolalar bog‗chalarida ta‘lim dasturlari ham inobatga olingan, yozish va o‗qishdan tashqari bolalarga qo‗shiq aytish o‗rgatiladi, sport musobaqalari o‗tkazilib, muntazam sayrlarga chiqib turiladi. Ammo bular bilan bir qatorda bu tadbirlarni o‗tkazilishidan maqsad - bolada xamjihatlik, jamoada yashash hislarini rivojlantirishdan iborat. Qo‗shiq aytilsa, xor (jamoada) aytilishi kerak, yakkaxon qo‗shiqchi qo‗llanilmaydi, musobaqa o‗tkazilayotganda yoki hamma yoki guruh g‗oliblikka erishiladi, mutlaqo yakka g‗olib bo‗lmaydi. Bu yapon jamiyatini modernizatsiya qilishda qo‗lni qo‗lga berishga yo‗naltiradi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun yapon sidqi dildan xizmat qiladi. Dunyo bozorini egallagan Xitoy ham bu natijaga ta‘limni isloh qiltish bilan erishdi. Xitoy xalqi butun dunyoga o'zining mehnatsevarligi bilan mashhur. Ikkinchi jahon urishidan so'ng qisqa muddat ichida Xitoy mahsulotlari dunyo bozorini to‗ldirganligi buning yaqqol isbotidir. Xitoyliklar juda ham intizomli va sportsevar xalq. Albatta, farzand tarbiyasida ham bu o‗z aksini topgan. Agarda Yevropa mamlakatlarida bola tarbiyasiga asosan ota-ona mas‘ul bo‗lsa, Xitoyda bu narsa davlat zimmasidadir. Uch oydan boshlab chaqaloq bog‗chaga topshiriladi. Bir yarim yoshdan boshlab kichik xitoyliklar raqsga tushish, ashula aytish, rasm chizish, sanash va harflarni tanishga o‗rgatila boshlanadi. Bog‗chalarda tarbiya bilan birgalikda jismoniy rivojlanishga katta e‘tibor beriladi. Bolaning qiziqishlari inobatga olinib, uning iqtidorini namoyish qilishga harakat qilinadi. Boshlang‗ich sinfdanoq intizomli bo‗lish, injiqlik qilmaslik va yaxshi o‗qish talab etiladi. Itoatkorlik va «men»ni yuzaga chiqarmaslik xitoy tarbiyasining asosidir. Xitoylik bolalarda bolaligidanoq uchta asosiy fazilat: mehnat qobiliyati, intizom va kattalarga hurmat shakllantiriladi. Ularga yoshligidanoq, nima bo‗lishidan qat‘i nazar, ular eng yaxshi bo‗lishi kerakligi o‗rgatiladi. Ehtimol shuning uchun xitoyliklar fan, madaniyat va san‘atning barcha sohalarida yetakchi o‗rinlarni egallab kelmoqdalar.
Buyuk Britaniyadagi maktabgacha ta‘lim o‗quv rejasida nafaqat umumiy ta‘lim jarayoniga urg‗u beriladi, balki boladagi o‗qish va hisoblash kabi ko‗nikmalarga alohida ahamiyat beriladi. Bunda 4-5 yoshdagi bolalar rivojlanishning olti yo‗nalishidagi aniq ko‗nikma va bilimlari belgilandi: shaxsiyatlik; ijtimoiy-emotsional; kommunikativ; xabardorlik; matematik; jismonan; ijodiy. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‗p o‗ynashlari kerak, lekin adabiyot va matematikani bilish doirasidagi talablar shunchali yuqoriki, o‗yin uchun vaqt qolmaydi.
Xullas, xorijiy davlatlarning ilg‗or tajribalari ularning davlatlarini rivojlanishiga katta xizmat qilib kelmoqda. Xitoyliklarning ―Bir yilni ko‗zlasangiz sholi eking, ellik yilni ko‗zlasangiz daraxt eking, yuz yilni ko‗zlasangiz farzand tarbiyalang‖ degan hikmatidan bugungi kunda zamonaviy davlatlarning deyarli barchasi samarali foydalanmoqda. Shu nuqtai-nazardan, bizning mamlakat ham unib-o‗sib kelayotgan barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasiga katta e‘tibor qaratmoqda. Bu borada kerak bo‗lsa, xorijiy davlatning ilg‗or tajribalaridan unumli foydalanish orqali milliy ta‘lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish davr talabi hisoblanadi. Zero, mamlakatimiz ezgu maqsad-uchinchi Renesans davrini barpo etishni rejalashtirgan. Ana shunday ezgu maqsadlarni esa albatta bugungi kunda voyaga yetayotgan avlod amalga oshiradi. Maktabgacha ta‘lim va tarbiya esa ana shu avlodni ta‘limning birinchi bo‗g‗inidan savodli va tarbiyali bo‗lishini ta‘minlashga xizmat qilishi kerak
Dostları ilə paylaş: |