Mavzu: Sahnalashtirish o‘yinlarining ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari. Reja


Sahnalashtirish o‘yinlarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 46,71 Kb.
səhifə2/4
tarix25.10.2022
ölçüsü46,71 Kb.
#66237
1   2   3   4
Sahnalashtirish o\'yinlari

Sahnalashtirish o‘yinlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Sahnalashtirish o‘yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o‘yin turi bo‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo‘lib ijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi.
Sahnalashtirish o‘yinlarida bolalar o‘yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug’at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi.
Sahnalashtirish o‘yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to‘g‘ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar o‘yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. O‘yinda faol ishtirok etgan bolalarni alohida rag‘batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar.

Sahnalashtirish-tarbiyachidan juda katta mashaqqatli mehnat, ijodkorlik va fidoiylikni talab qiladi.



  1. Sahnalashtirishda avvalo sahna ko‘rinishini, ertak yoki hikoyani bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishini hisobga olish kerak.

Chunki, sahna ko‘rinishi bolalar yoshiga mos kelmasa, bolalarda charchoq yoki zerikish holatlari yuzaga keladi (Masalan: sahna ko‘rinishi katta guruh yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, uni kichik guruh yoshli bolalar bilan sahnalashtirilsa:
1) yod olishi qiyinlashadi
2) hikoyaning mazmuniga tushunishi qiyin,
3) sahna ko‘rinishining hajmi kattaligi bolalarni charchatadi.
Yoki sahna ko‘rinishi kichik yosh guruh bolalariga mo‘ljallangan bo‘lib, uni Katta yoshli bolalar bilan sahnalashtirish bu-yangiliklarga o‘ch bolalarda zerikish va qiziqishini yo‘qotadi.)

  1. Ikkinchidan: Biron-bir ertak yoki hikoyani sahnalashtirayotganda bolalarning qaysi (rolga) obrazga mos kelishi hisobga olinishi, bolalar qaysi hikoya yoki ertakni sahnalashtirishga qiziqishayotganini hisobga olinishi muhimdir.

Tarbiyachi har bir mashg‘ulotda, sayrda, kun davomida bolalarni sinchiklab kuzatishi zarur. Kuzatganda bolaning xarakter xususiyatlari, mimikasi, nutqini ham hisobga olmoq kerak. Agarda obraz bola xarakteriga mos tushmasa, bolaga ham bu qiziqarli emas, tomoshabinga ham.
3)Yana bir muhim jihat-bolalar bog‘chasining biror-bir guruhida sahnalashtirishda har bir bola nazardan chetda qolishi mumkin emas.
Chunki, guruhingizdagi (sizning nazaringizdagi) eng passiv bolada ham kuchli aktyorlik qobiliyati bo‘lishi, bu o‘ziga xos qobiliyatni yuzaga chiqarish uchun unda imkon, vaziyat bo‘lmayotgan bo‘lishi mumkin.
a) Bolalarning aktyorlik qobiliyatlarini ochishda va ularni sinab ko'rishda ayniqsa, ertaklarni qayta hikoya qildirish, she'rlarni ifodali yod oldirish yaxshi natija beradi.
b) Keyingi bosqich: guruh bolalarining har qaysisi bilan alohida Biron-bir hayvonning xarakatini, mimikasini, ovozini o'xshatishni mashq qilish.
v) Yana bir muhim tomoni guruhdagi passiv bolalarga avval kichik obrazlarni berib, sahnaga qatnashtirish lozim. (mayli oʻsha obrazda u shunchaki daraxt bo‘lsin, gapirmasin ham). Muhimi ishtiroki.
Bola sahnaga chiqib, tengdoshlari, o‘zidan katta tomoshabinlar oldida o‘zini tuta bilish qobiliyatini o'zlashtiradi. Va keyinchalik Oʻsha (passiv) bola ham o‘z tengdoshlaridek, hattoki ulardan ham qoyilmaqom tarzda aktyorlik qobiliyatlarini namoyon eta boshlaydi.
Sahnalashtirish o‘yinlari orqali bolalarda mehnatsevarlik hissini kamol toptirish mumkin. Sahnaviy asarlar bolalarning yoshiga mos bo‘lishi bilan birga ma’lum maqsadni ko‘zda tutgan bo‘lmog‘i lozim. Bu maqsad ko‘plagan maqsadlar majmuidan iborat bo‘ladi. Shularning ichida mehnatga bo‘lgan munosabatni shakllantirish ishidir. “Sovg‘a” hikoyasida bollarning mehnati tasvirlanadi. Bu asarni sahnada qo‘yish bilan biz bolalarda mehnatga bo‘lgan ishtiyoqni uyg`otishimiz mumkin bo`ladi.
Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi.
Adabiy asarlarni tanlashda quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Mazmunining g‘oyaviy-ma’naviy barkamolligi.
2. Badiiy jihatdan mazmundorligi.
3. Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko‘p bo‘lsa, asar shuncha ahamiyatlidir).
4. Mazmuni yaxshi bo‘lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko‘p bo‘lishi.
5. Ifodali o‘qishga mos bo‘lishi.
6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i zarur.


Yüklə 46,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin