Mavzu: Sahnalashtirish o‘yinlarining ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari. Reja



Yüklə 46,71 Kb.
səhifə3/4
tarix25.10.2022
ölçüsü46,71 Kb.
#66237
1   2   3   4
Sahnalashtirish o\'yinlari

Sahnalashtirilgan o‘yinlar.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar ijodiy o‘yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o‘yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, hayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg‘unligi, bolalarning mustaqillik va o‘z-o‘zini uyushtira olish jihatlari xos. Sahnalashtirilgan o‘yin badiiy asar asosida ko‘riladi: o‘yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti-harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko‘ra belgilanadi.
Sahnalashtirilgan o‘yin bolalarning eshitgan asar yoki ertagidan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so‘zlashga o‘rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so‘zlab berishga xohish ham qiziqish ham bo‘lmaydi, ammo unga o‘yin usuli kiritilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o‘sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.
Bunday o‘yinda bola o‘zini o‘sha asardagi qahramon o‘rnida his etib, uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so‘zlab berish boladagi hayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo‘lgan ijobiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o‘yinda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti asosida ma’lum bir rolni bajarishiga, o‘yin jarayonidagi personajlarning aytadigan so‘zlarining yod olinishiga asoslangan bo‘lib, bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita sanaladi. Sahnalashtirilgan o‘yinlarni tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
I bosqich. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) ertak yoki hikoyada qatnashuvchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak; 2) asarning nafaqat mazmuni, balki unda harakatlarning ham turfa xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim; 3) asar ifodali o‘qishga mos bo‘lishi kerak; 4) asar mazmuni qiziqarli va emotsional bo‘lishi zarur; 5) asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.
II bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning mazmunini o‘qib berish.
III bosqich. Asarni bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish: qayta o‘qib berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida individual ish olib borish, rasmlar namoyish etish.
IV bosqich. O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o‘yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to‘g‘ri amalga oshirish.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.4
Ertak va hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, quyon kabi personajlarni o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg‘om», «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
TEST:
1.O‘yin qanday turlarga bo‘linadi?

  1. ijodiy, qoidali

  2. syujetli-rolli, sahnalshtirgan

  3. qurish-yasash, didaktik

  4. harakatli, qoidali

  1. O‘yin MTMlarda qaysi paytlarda o‘tkaziladi?

  1. ertalab nonushtagacha, nonushtadan keyin

  2. mashg‘ulot o‘rtasida, uyqudan keyin

  3. sayr vaqtidan

  4. hamma javoblar to‘g‘ri

  1. O‘yinchoqlarga qanday talablar qo‘yiladi?

  1. pedagogik, gigeynik, badiiy talab

  2. psixologik, gigeynik talab

  3. pedagogik, psixologik talab

  4. Estetik talab

4. Qaysi o‘yin turin badiiy asar asosida tuziladi?

  1. syujetli rolli o‘yinlar

  2. sahnalashtirilgan o‘yinlar

  3. didaktik o‘yinlar

  4. ijodiy o‘yinlar

5. Bolalarni tarbiyalashda asosiy qurol nima hisoblanadi?

  1. Mehnat

  2. o‘quv

  3. tarbiya

  4. o‘yin

6. Ijodiy o‘yinlarga qanday o‘yinlar kiradi?

  1. didaktik o‘yinlar

  2. sport o‘yinlar

  3. harakatli o‘yinlar

  4. syujetli, rolli, sahnalashtirilgan, qurish va yasash.

7. Hozirgi pedagogik adabiyotlarda o‘yinchoqlar qanday turlarga bo‘linadi?

  1. syujetli, didaktik, qurish-yasash, sport, matorli

  2. texnika, harakatli

  3. yumshoq oyinchoqlar

  4. qurish-yasash

8. Sahnalashtirilgan o‘yinlarni tashkil etish nechta bosqichda amalga oshadi?
a) 1 b)2 c)3 d)4
9. Harakatli o‘yinlar qachon rejalashtiriladi?

    1. ertalabki va kechki sayr soatlarida kuniga 1-2 marta

    2. ertalabki gimnastika vaqtida

    3. kunning ikkinchi yarimida

    4. mashg‘ulotlar vaqtida

10. Sahnalashtirish o‘yinlari deb qanday o‘yinlarga aytiladi?


A) bolalarning mustaqil ijodiy o‘yin turi bo‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo‘lib ijro etiladi.
B) Bolalarning o‘yin jarayonida o‘yin qoidalarini o‘zlari o‘ylab topishadi
C) Maktab yoshidagi bolalarning yoshi va imkoniyatlariga mos keladigan ta’lim berish metodi.



Yüklə 46,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin