MAVZU: Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining tarixi, rivojlanishi FAN NOMI : JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
O`qituvchi: Ramazanova.M.S
REJA 1.Qadimgi davrlarda bolalar jismoniy tarbiyasi haqidagi ta’limotlar va qarashlar
2. Sharq ma’naviy-ma’rifiy ta’limotlarida jismoniy tarbiya
3. Hozirgi davr jismoniy tarbiyasi haqida
Bilamiz?
Bilishni xohlaymiz?
Bilib oldim
"BBB" metodi Qadimgi davrlarda bolalar jismoniy tarbiyasi haqidagi ta’limotlar va qarashlar
Qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Yunoniston uncha katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning yirik shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo‘ldi. Bolalarning jismoniy madaniyatiga alohida e’tibor qaratilgan dastlabki davlatlardan biri Spartadir.
Sparta jamiyatida davlatning bolalar tarbiyasi ustidan nazorati, uning tug‘ilgan dastlabki kunidanoq boshlangan. Bola tug‘ilgandan so‘ng otasi uni “oqsoqollar kengashi”
hukmiga havola etgan. Bolaning jismoniy holati, sog‘ligiga qarab uning keyingi taqdiri belgilangan.
Ko‘pgina manbalarda keltirilishicha, nosog‘lom bolalarni qoyadan tashlab halok etishgan. Yetti yoshgacha bolaning jismoniy tarbiyasi bilan oilada shug‘ullanishgan, keyin
«agella»deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga yetguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog‘lom bo‘lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og‘riqqa bardosh berishga o‘rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallagan.
Jismoniy tarbiya tizimidagi asosiy mashg‘ulotlar sifatida ov, turli marosim raqslari, shuningdek, yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish, kurash bo‘yicha ko‘plab musobaqalar tashkil etilardi.
Spartadagi tarbiya jarayonining asosini jismoniy mashg‘ulotlar tashkil etib, aqliy tarbiyaga har bir kishining shaxsiy ishi sifatida qaralgan
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:
«O‘qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o‘rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so‘zsiz itoat qildirishni, chidamli bo‘lishni va yengish ilmini o‘rgatishni ko‘zda tutar edi». Shuni ta’kidlash lozimki, Spartada qiz bolalarning jismoniy chiniqishi va rivojlanishiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Plutarx “qiz bolalar ham yigitlar kabi yugurish, kurash, disk va nayza uloqtirish mashqlarida ishtirok etardilar. Bu nafaqat o‘zlarini balki tug‘ilajak farzandlarining ham sog‘lom va kuchli bo‘lishini ta’minlardi. Bu mashqlar bilan chiniqqan qizlarning ko‘z yorishlari ham oson kechardi”, deb yozadi
Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilar edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada miloddan ilgarigi V—IV asrlarda madaniyat barq urib o‘sdi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik taraqqiy qildi. Afinada eng ko‘rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk kishini o‘zlarirning «ideali» deb hisoblar edilar. Bu ideal faqatgina yuqori tabaqali quldorlarga xos edi. Jismoniy mehnat esa faqat qullarning qismati deb hisoblanar edi.
Afinada bolalar 7 yoshga yetguncha uyda tarbiyalanar, o‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko‘magida uy-ro‘zg‘or ishlariga o‘rgatilar edi. Afinada xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas, asosan ichkarida o‘tar edi.
Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha