30
Xulosa.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quv-chilarning
qiziqishi,
istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida
o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini,
tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning
o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub
dasturlarining rang-barangligi, ular
mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun
yangi imkoniyatlar yaratadi.
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat
hayotida, turmushi, ijtimoiy
ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida
ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi.
Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab
chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib
ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchi-larning
bir-biriga
hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o‘quvchilarning
bir-biriga bo‘lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O‘quvchi o‘qituvchiga
taqlid asosida yoki do‘stlari orasida o‘rgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilishi
mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish
uchun avvalambor o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan muomalasini, e’tiborini o‘rganishi
kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi
tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga va
axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab
chiqarishi bilan bog‘lanishaga zamin yaratadi.
Tarbiya davomida
tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai-nazari asta-
sekin tarkib topib boradi. U tarbiyalanuvchining hulq-atvori hamda tevarak-
atrofdagi muhitning xilma-xil ta’sirlariga uning munosabatlarini belgilaydi.
31
Shaxsning bu tutgan yo‘li qancha aniq va izchil bo‘lsa, tevarak-atrofdagi hayot
sharoitlarining turlicha salbiy ta’siri shuncha kuchsiz bo‘ladi.
Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o‘qituvchi-tarbiyachilar,
sinf rahbarlari
tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda
vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining
xatti-harakatidagi ayrim kamchiliklarni tuzatishga to‘g‘ri keladi. Bu kamchiliklar
avvalgi tarbiya jarayonida, ko‘pincha oilada tarkib topgan bo‘ladi. O‘qituvchi o‘z
harakatlarini va ota-onalarning harakatlarini bu kamchiliklarni bartaraf etishga
qaratishi lozim. Odatda, buning uchun bolalarning oiladagi
hayot sharoitlarini
o‘zgartirish, tarbiyalanuvchilarda noto‘g‘ri xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi
sabablarni mumkin qadar yo‘qotish talab etiladi.
Shunday qilib, tarbiyalash, o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari
o‘zaro mustahkam bog‘langan bo‘lib, inson shaxsini tarkib toptirishning bir butun
jarayonida doimo bir-biriga ta’sir o‘tkazadi.
Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, bola
tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qoidalari borki, ularga amal qilish
tarbiya ishining samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Bu qoidalar tarbiyaviy ishlarning
mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishni talab etadi. O‘qituvchilar
o‘quvchilar tarbiyasini hayot bilan bog‘lar ekanlar, ularga o‘zlarida imon-’tiqodni
tarbiyalash imkonini beradilar. Men ishimni xulosalab
quyidagi tavsiyalarni
beraman:
1.
Ma’naviyat ishlari bo`yicha director o`rinbosari qobiliyatli, iste’dodli
bilimli, maxoratli, o`z ishining ustasi, o`z obro`siga ega bo`lgan bo`lishi kerak.
2.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan xolga keltirish uchun
tarbiyaning asosi bo`lgan barcha g`oyalar qaytadan ko`rib chiqilishi, asosiy etibor
bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan unumli
foydalanish zarur.
32
3.
Shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o`quvchilar
o`rtasidagi bir-biriga xurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish,
ularga
mexribonlarcha munosabatda bo`lish kerak.
4.
Yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o`rgatish kerak.
5.
Shaxsning ma’naviy, axloqiy sifatlarini tarbiyalash kerak.
6.
Jamiyatda
yuksak
ma’naviy
fazilatlarni
kamol
toptirish,
shakllanayotgan milliy mafkurani o`quvchi – yoshlar ongiga mukammal yetkazish
kerak.
7.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo`nalishiga bevosita raxbarlik
qilgan xolda o`qituvchilar, sinf raxbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam
ko`rsatish.
8. O`quvchilarni tarbiyaviy tadbirlarga jalb qilish va qiziqtira olish kerak.
9. Tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini oshirish va uning natijasini amaliy
hayotda tadbiq etish kerak.
Dostları ilə paylaş: