Mavzu: Shamsiy va qamariy harflar. Dars maqsadi



Yüklə 23,48 Kb.
tarix01.05.2023
ölçüsü23,48 Kb.
#105436
portal.guldu.uz-Shamsiy va qamariy harflar


MAVZU: Shamsiy va qamariy harflar.


Dars maqsadi: Arab izofasi, shamsiy, qamariy harflar haqida tushuncha hosil qilish, o‘qilishidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirish.


Identiv maqsadlar:

  • Arab izofasi nima ekanligini ayta oladi.

  • Shamsiy harflar -quyosh harflariga qaysi harflar kirishini biladi.

  • Qamariy harflar –oy harflariga kiruvchi harflarni biladi.


Mavzuga oid tayanch tushunchalar: izofa, shamsiy, qamariy, al artikli. (izofa- qo‘shish, bog‘lash, shamsiy harflar-quyosh harflari, qamariy –oy, al artikli-aniqlik ko‘rsatkichi).
Reja:
1. Shamsiy va qamariy harflari haqida ma`lumot.
2. Shamsiy va qamariy harflarni yozuvdagi imlosi.
Mavzu bayoni:
Arab alifbosidagi harflar 2 guruhga: shamsiy va qamariy harflar guruhiga bo‘linadi. ho‘rufe qamariy (oy harflari) va ho‘rufe shamsiy (quyosh harflari) . Shamsiy harflar quydagilardir.

ﺲ ﺶ ﺺ ﺽ ﻁ ﻅ ﻞ ﻥ ﺮ ﺰﺚ ﺖ ﺪ ﺪ


Qamariy harflarga kiruvchi harflar esa


ﺍ ﺐ ﺡ ﺥ ﺝ ﻖ ﻒ ﻉ ﻍ ﮎ ﻯ ﻩ ﻭ ﻢdir.


Izofa so‘zining lug‘aviy ma’nosi qo‘shish va bog‘lash demakdir. Aniqlanmish va aniqlovchi, qaralmish va qaratqich munosabatlarini ifodalovchi tushuncha izofa deb ataladi. Arab izofasi ko‘rsatkichiﺍﻝal (yoki ul) so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi. Agar al-ﺍﻝaniqlik ﺍﻝartiklidan keyin kelgan so‘zning birinchi harfi shamsiy harf bilan boshlansa, ﺍﻝal artiklidagi ﻝ lom talaffuz etilmay, keyingi harf ﱢ tashdid bilan


o ‘qiladi.
Masalan:
ﺍﻠﺳﻵﻢ - as-salom-assalom.
ﻟﻐﺕ ﺍﻠﺗﺮﻚ- lug‘at-it turk-turkcha lug‘at.

Al artiklidan keyingi harf qamariy harf bo‘lsa, al (yoki o‘l, il) to ‘liq talaffuz qilinadi. Masalan: ﻤﺤﺒﻮﺐ ﺍﻠﻘﻠﻮﺏ - mahbub-ul-qo‘lub.


ﺍﻠﺣﺎﺯﺮﻣﻲ -al-xorazmiy- Xorazmiy.
Muhokama uchun savollar:

ﺸﻤﺻﻰ shamsiy harflar nechta ?


ﺍﻞ alning vazifasini nima?
ﺸﻤﺻﻰ shamsiy va ﻗﻤﺮﻰ qamariy harflar nimada farqlanadi?


Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:



  1. Shamsiy harflar guruhini uch qatordan daftaringizga yozing,misollar keltiring.

  2. Qamariy harflar guruhini uch qator yozing va yodlang.

  3. Qamariy ﻗﻤﺮﻰ harflar ishtirokidagi so ‘zlarga 15 ta misol keltiring.



Test.



      1. Izofa - ﺍﺿﺎﻔة so‘zining lug‘afiy ma’nosi nima?

A. Qo‘shish va bog‘lash demakdir. B. Kuchaytirish degani
C. Ikkilantirish demakdir. D. Tinchlantirish degani.

2. Quyosh ( shamsiy) harflar nechta?



  1. 14 ta B. 28 ta S. 7 ta D. 32 ta




  1. Oy ( qamariy) harflar nechta?

  1. 14 ta B. 4 ta S. 28 ta D. 7 ta




  1. Arab izofasi ko‘rsatkichi nima?

  1. Al aniqlik artikli B. E qisqa unlisi

  2. Ye qisqa unlisi D. Arab izofasi ko‘rsatkichi yo‘q




  1. Fors izofasi ko‘rsatkichi nima?

  1. E qisqa unlisi B. Al aniqlik artikli

  1. O‘ qisqa unlisi D. Arab izofasi ko‘rsatkichi yo‘q.



Informatsion-uslubiy ta’minot



  1. Abdusamatov M. Fors tili.T.2007. 45-50 betlar.

  2. Jumaniyozov R. Eski o‘zbek yozuvi.

Yüklə 23,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin