2-semenar topshirigì
Mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
Reja:
1. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
2. Shaxs tarbiyasiga taʼsir etuvchi omillar.
3. Shaxs rivojlanishida faoliyatning oʼrni.
4. Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlari.
5. Shaxsning ijtimoiylashuvi.
Shaxsning o'zi, o'z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilish orqali hosil bo'lgan obraz- «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini belgilaydi va barkamollik mezonlari bo'lib hisoblanadi.
Men»-obrazining ijtimoiy pedagogik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va uning tarbiyalanganlik darajasi omillarining ahamiyatini yuksaltiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, “. . .tarbiyani shaxsning o'zi va o'z sifatlari to'grisidagigi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta'rif berish mumkin”16. Demak, har bir inson o'zini, o'zligini qanchalik aniq va to'g'ri anglasa, tasavvur qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi.
Abdulla Avloniy o'zining «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida inson kamolotida tarbiyaning o'rnini alohida ta'kidlab, «Janobi Qaq insonlarning asl xilqatda iste'dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin, bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo'ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go'zal xulqlarga odatlanib katta bo'lsa, baxtiyor bir inson bo'lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o'ssa, nasihatni qulog'iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo'lib chiqadi»-deb ta'kidlaydi. Demak, tarbiya – o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e'tiqod, burch va ma'suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, tarbiya muassasalari, o‘quv dargohlari, mahallada, jamoatchilik ta'sirida shakllanib boradigan jarayondir.
Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Shaxs- ijtimoiy xayotning mahsuli. Inson shaxs sifatida oilada - ota-onalar; jamiyatda esa tarbiyachi-ustozlar, ijtimoiy guruhlar va turli jamoalarning ta'sirida shakllanadi. Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ham ortib boradi. Odamning insonlik jinsiga mansublik fakti esa individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning individualligi (faqat o‘ziga xos bo‘lgan, boshqa insonlarda uchramaydigan xususiyat)dir.
Dostları ilə paylaş: |