Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo‘ladi. Kilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga karatilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur kilinadi. Predmetli harakatlar tashki olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini uzgartirishga karatilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt kilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga karatilgan bo‘lib, u avvalo usha daftardagi yozuvlar soni va sifatida uzgarishlar qilish orkali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashki va ichki faoliyat farklanadi. Tashki faoliyat shaxsni urab turgan tashki muxit va undagi narsa va xodisalarni uzgartirishga karatilgan faoliyat bulsa , ichki faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jaraenlarning kechishidan kelib chikadi. Kelib chikishi nuktai nazaridan ichki-aqliy, psixik faoliyat tashki predmetli faoliyatdan kelib chikadi. Dastlab predmetli tashki faoliyat ruy beradi, tajriba orttirib borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jaraenga aylanib boradi. Buni nutk faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni kattik tovush bilan tashki nutkida ifoda etadi, keyinchalik ishida uzicha gapirishga urganib,uylaydigan, muloxaza yuritadigan, uz oldiga maksad va rejalar kuyadigan bo‘lib boradi.
Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashki muvofiklik nuktai nazaridan ongi tomonidan boshkarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy–motor harakatlar mujassam bo‘ladi .Masalan, fikrlaetgan donishmandni kuzatganmisiz?. Agar uylanaetgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bulgani bilan uning peshonalari, kuzlari, hattoki, tana va kul harakatlari juda muxim va jiddiy fikr xususida bir tuxtamga kelolmaetganidan, yeki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat xis kilaetganligidan darak beradi. Bir qarashda tashki elementar ishni amalga oshiraetgan – misol uchun ,uzum kuchatini ortikcha barglardan xalos etaetgan bogbon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u kaysi bargning va nima uchun ortikcha ekanligidan anglab bilib turib olib tashlaydi.
Ma’lumki, shaxs va uning o‘ziga xosligi, individualligi muammosi hozirga qadar umumiy psixologiya, differensial psixologiya, shaxs psixogiyasi kabi fanlarning bahsbop va qiziqarli mavzusi sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Bizningcha, individuallik shaxsning xulq-atvor sifatlari, xarakter sifatlari va ularning dinamikasi, oliy nerv sisitemasi va uning namoyon bo‘lish xususiyatlari kabi masalalarni mazmunan ifodalab, shaxsni tadqiq etishning o‘ziga xos yondoshuvini nazarda tutadi. Individuallik tushunchasi lotincha so‘zdan olingan bo'lib, «individium» ya’ni «bo‘linmas» degan ma’noni anglatadi. Individuallik har bir insonning o‘ziga xos psixik xususiyatli ko‘rinishi bo'lib, u o‘zining hayoti va faoliyati davomida shaxsda subyekt sifatida ishtirok etadi va ijtimoiy- tarixiy madaniyatni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. U inson psixikasining betakror qobiliyati va ehtiyojining o‘sishida bir butunlik va yagonalik jarayonlari orqali aniqlanadi. Faqatgina faoliyat jarayonida u jonli narsalar bilan munosabatga kirishish tufayli shakllanib boradi. Aynan individuallik madaniyatning qaytarilmas ifodalovchisi bo‘lib qoladi.
Munosabatga kirishish uchun zarur bo‘lgan vositalar qatoriga predmetni, forma (shakl)larni, tilni, bilimni, aqlni va boshqalarni kiritish mumkin. Shaxsning ana shu jihatlari uning individualligini ko‘rsatadi. Inson haqidagi ta’limotni boshqa bir manbai boshqa aralash fanlarning yutuqlari edi: bioximiya, psixofiziologiya, sotsialpsixologiya. Bu tadqiqotlarda individuallikning xususiyatlari o‘rganilib, boshqa alohida fanlarda bunchalik to‘liq yoritilmaydi. Bu tadqiqotlar natijasida yangi tizimli qarash va umumiy nazariya yordamida tartiblararo aloqada har qanday reduksionizmni tushuntirishga yordam berdi. Misol uchun: differensial psixologiyada, psixofiziologiyada insonning psixik xususiyatlarini, asab tizimi xususiyatlaridan ajratish yoki sotsial psixologiyada shaxs xususiyatlarini; shaxslararo munosabatlardan ajratish kabilar. Inson individualigiga taalluqli bo‘lgan barcha amaliy masalalarni hal qilishda somatik xilma-xillikni nerv fiziologik, umumiy psixologik va sotsial psixologik individual xususiyatlarni va ularning o‘zaro bog‘liqligini inobatga olish kerak. Insonning yuqori ierarxik darajasi va shaxslararo munosabatlar tipik hamda sotsial - tipik darajalaribor. Sotsial - tipik shaxsiy xususiyatlari va shaxslararo munosabatlar sotsial qonuniyatlar rivojlanishiga asoslanadi. Shaxsning sotsial tiplari va individual integral xaraktirestikasining bog‘liqligi ikki taraflamadir.[2] Birinchidan shaxsning sotsial tipik xususiyatlari inson faoliyatida integral individualik orqali amalga oshadi. Uning yaqqol ko‘rinishini biz faoliyatdagi individual stilda ko‘rishimiz mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, individual stil barcha kerakli darajalardagi individual xususiyatlarga asoslanadi: asab tizimi xususiyatlari, temperament, shaxs xususiyatlari, sotsial status. Shu ma’noda individual uslub individuallikning integral xarakteristikasini tushuntiradi. Individual uslub peshqadam ishchilarda, bilimga chanqoq o‘quvchilarda yaxshi ko‘rinadi. Faqat aktiv munosabatlar orqali inson faoliyati uslubini yaratadi va shu orqali individullikni integralligini mos kelishi, kelmasligini aniqlaydi. Ikkinchidan individuallik ierarxik darajasi sotsial-tipik sharoitlarsiz vujudga kelmaydi. Bioximik individuallikda qondagi steroitlarni ko‘payib ketishi iqtisodiy va siyosiy xayotdagi sotsial - tipik stresli xolatlar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun individual integrallik xar xil sotsial tiplarga bog‘liqdir. A.D.Erashenko tadqiqotlarida shaxs xususiyatlari va sotsial status bog‘liqligini o‘rgangan. Ko‘rib chiqilgan faktlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin. 1) individuallik integral xususiyatlar orasida hamma katta tizimlardagidek matematik tiplar mavjud. 2) Xususiyatlar har xil individual integrallardagi ierarxik darajaga taalluqlidir: a) asab tizimiga (neyrodinamik), b) temperamentga (psixodinamik), v) shaxslikka, g) guruxdagi va kollektivlardagi sotsial muhitga.
Individual psixologik xususiyatlarning tarkib topishi va rivojlanishi muammosi o'z mohiyati jihatidan g'oyaviy xarakterga ega. Shu bois bu muammoni xal qilishda psixologiyada bir biriga zid ba’zan esa bir-birini to’ldiruvchi oqimlar yo'nalishlar yuzaga kelgan. Shulardan biri biogenetik konsepsiya bulsa ikkinchisi sotsiogenetik konsepsiya hisoblanadi. Individual psixologik xususiyatlarning tarkib topishini biologik tabiiy tug‘ma omillarga bog‘lab tushuntiruvchi biogenetik konsepsiya XXI asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan. Hozirgi kunga qadar ham individual xususiyatlarning tug‘ma tabiati haqidagi ta’limot psixologiya maktablari asosini tashkil etmoqda.
Psixologiya fanida harakat tushunchasi tashlil qilinganida u motor
(jismoniy) harakat, sensor (shissiy) harakat va markaziy qismga ajratiladi. Shunga
muvofiq ravishda ajratilgan tarkiblar harakatni amalga oshirish jarayonida
bajaradigan ishlarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarish bilan shug’ullanadi.
Faoliyat harakatlarining ijro etish, nazorat qilish va boshqarishda qo’llaniladigan
yo’l-yo’riqlar uning usullari deyiladi.
Odatda harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi
kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni
amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda- chuyda qismlarga nisbatan
e'tibor (nazorat) kamayadi. Shuning uchun inson faoliyatida maqsadga
yo’naltirilgan sa'i-harakatlarni ijro etish va boshqarishning muayyan darajada
avtomatlashuvi malaka deyiladi. Xuddi shu boisdan harakatlarni boshqarish bilan
sa'i-harakatlarni boshqarish aynan bir narsa emas, albatta. Chunki sa'i-
harakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi uning o’z tarkibidagi harakatni
ongli ravishda idora qilish bilan uyg’unlashib ketadi. Patologik holatlardan
tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan boshqarilib turadi. Harakat tarkiblarining
avtomatlashuvi: birinchidan, ongli ravishda yo’naltirilgan ob'ektni almashtiradi.
Ikkinchidan, harakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi hart-
haroitlarini, natijalarini nazorat qilishni, uchinchidan, ularni basholashni ong uning
tasarrufi doirasiga kiritadi.
Malakaning tuzilishi. Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning
tuzilishida ayrim sifat o’zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil
topgandir: Birinchidan, sa'i-harakatlarning ijro etilishi usullari o’zgaradi.
Bunda bir qator sodda sa'i-harakatlar yagona jarayonga (tarkibga) kiruvchi ba'zisodda sa'iharakatlar o’rtasida to’siq va uzilish ro’y bermagan bitta murakkab sa'i-harakat
o’zaro bir-biriga qo’shilib ketadi, ortiqchalari esa bartaraf etiladi.
Masalan, bola velosipedni uchishga o’rganayotgan paytida bir qancha
ortiqcha harakatlarni amalga oshiradi: o’zini bir tekis tuta olmaydi, pedalni birini
bosib, ikkinchisini bosmaydi, rolni qattiq tutadi, yo’lga diqqatini taqsimlay
olmaydi, o’rindiqqa noqulay o’tiradi, birovning yordamiga tayanadi. Malakali
velosiped shaydovchisi harakatni silliq bajaradi, ortiqcha urinishlarga yo’l
qo’ymaydi. Harakatlarni o’zlashtirish jarayonida:
a)sa'i-harakatlar
tarkibi;
b)sa'i-harakatlar
izchilligi;
v)sa'i-harakatlar
uyg’unligi; g)ularning tezligi rejali kechishiga haroit yuzaga keladi.
Ikkinchidan, harakatni sensor (shissiy) nazorat qilish usullari o’zgaradi.
Dastavval, sa'i-harakatlar amalga oshishini ko’rish organi orqali nazorat qilish
kinestetik (mushaklar yordamida harakat) nazorat bilan almashadi. Chunonchi,
charxchi asbobning tezligiga emas, balki ko’proq pichoq tig’iga e'tibor qaratadi.
Sa'i-harakatlarning xususiyatini aniqlovchi har xil o’lchamlarining nisbatini
basholash imkonini vujudga keltiradigan sensor sintezlar (yunoncha synthesis
uyushma demakdir) shosil bo’ladi. Harakat mashsullarini nazorat qilishga aloshida
ahamiyat kasb etadigan mo’ljallarni farqlash va ajratish uquvchanligi insonda
rivojlanadi.
Uchinchidan, harakatni markazdan turib boshqarish usullari o’zgarib boradi.
Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli bo’lib, u uning vaziyati va
mashsulasiga qaratilgandir. Topshiriq yechimlari, aqliy faoliyat jarayonlari
tezkorlikda, hamkorlikda bajarila boshlaydi. Jumladan, uchuvchi samolyot
dvigatelining ortiqcha kuch bilan ishlayotganini tovushidan fashmlaydi. Narsalarni aniqlashga sarflanadigan vaqtkamaya boradi. qo’llanishga mo’ljallangan usullarning turkum tarzda ong yordamida oldindan payqash (sezish, fashmlash, bilish) jarayoni antisipasiya (lotincha anticipatio oldindan fashmlash, sezish ma'nosini anglatadi) deyiladi.
Shuning uchun harakat usullaridagi mazkur o’zgarishning siri nimada va
ular qanday psixologik mexanizmiga ega? degan savolning tug’ilishi tabiiydir.
Psixologik mexanizm (ta'minlash) o’z ichiga izlanish urinishlarini va tanlashni
oladi. Shaxs u yoki bu harakatni bajarishga urinib ko’radi, shatto ushbu jarayonni
nazorat qilib ham turadi. Bu o’z navbatida muvaqqiyatli urinishlar(sa'i-harakatlar),
o’zini oqlagan chamalashlar, mo’ljallar inson tomonidan tanlanadi va asta-sekin
mustashkamlanadi. qo’llanganda foyda (naf) bermagan harakatlar samara
beruvchilari bilan almashtiriladi. Bu holat muayyan davr davomida takrorlanadi
yoki mashq qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda muayyan harakatlarini
o’zlashtirish maqsadida ularni ongli ravishda nazorat qilishga va o’zgartirishga
harakat qilinadi. Amaliy ish harakatlarini takrorlanmasdan turib, turli
xususiyatli
malakalarni shakllantirib bo’lmaydi.
Malakani shakllantirishda bajarilayotgan harakatlarning nutq faoliyatida so’z
bilan ifodalanishi va harakatning timsolini xayolda mujassamlashtirilishi
muhim
ahamiyat kasb etadi. Ana shu yo’sinda insonning malakasi anglashinilgan
tarzda
avtomatlashgan xatti-harakat sifatida shakllanadi. Malakalarni shakllantirish
mexanizmiga, prinsipiga muayyan odatiy jabshalarga, usul va vositalar
tanlash
xususiyatiga aloshida e'tibor qilish uning muvaffaqiyatli shosil bo’lishini
ta'minlaydi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: a) usullarni tanlash,
b) harakatda ong nazorat funksiyasini kamaytirish,
v) maqsadni
oydinlashtirish,
g) hart-haroitni tasavvur etish,
d) malakani shakllantirish modelini
xayolda yaratish va hokazo.
Psixologiya fanida malakani shakllantirishning asosiy bosqichlari sxemasi
ishlab chiqilgan, bunda asosiy e'tibor malakaning xususiyatiga, malakaning
maqsadiga, harakatni bajarish usullariga qaratiladi. Shuningdek, malakalarning
o’zaro ta'siri muammosiga aloshida ahamiyat beriladi, chunki inson malakalar
tizimiga amal qilgan holda yangi malakani o’zlashtiradi.Oldin egallangan malaka,
keyingisini tarkib topishiga yordamlashadi, gosho unga xalaqit berishi ham
mumkin. Harakatning avtomatlashuvi uning maqsadi, ob'ekti, vaziyati va
shart-haroitlari bilan belgilanadi.
Harakatning muvaffaqiyati, samaradorligi ko’p jishatdan sensor nazoratga
hamda uning yangi haroitiga ko’chishiga bog’liq.
Malakalarning noto’g’ri (teskari) ko’chirilishi interferensiya hodisasini
vujudga keltiradi. Faoliyat ko’nikma, malaka, usul, harakat,sa'i-harakat, operasiya
kabi tarkibiy qismlar tufayli muayyan mashsullarga erishadi, moddiy va ma'naviy
natijalarni hamdabilimlarni vujudga keltiradi. Psixologik ma'lumotlarning ko’rsatishicha, faoliyat shaxslararo
munosabatlar tizimi tariqasida, hamkorlik tarzida namoyon bo’ladi. Faoliyatda
inson shaxsi (uning xususiyatlari) aks etadi va ayni bir davrda faoliyat odam
shaklini tarkib toptiradi. Ong bilan faoliyat birligi prinsipiga asoslanish orqali
shaxs kamol topadi, shaxslararo munosabatga kirishadi, ijtimoiy tajribalarni
o’zlashtiradi, o’zaro ta'sir yordamida ijtimoiylashadi. Inson shaxsining shakllanishi
o’yin, ta'lim, mehnat, sport va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik
tufayli faoliyatni amalga oshirish jarayoni yuzaga keladi.