Masalan: navbatdagi darsda 4 - imkoniyat turi o’quvchining tashqi qiyofasining maktab o’quvchilar kiyimiga mos kelishi bo’lsa, 5-imkoniyat turi o’quvchining o’tilgan mavzular yuzasidan qo’shimcha savollarga hozirjavobligi bo’lishi mumkin va h.k.
Shunday qilib, javob berayotgan o’quvchi 5 imkoniyatdan to’laqonli foydalansa, demak u 5 ballga ega bo’ladi, agarda qaysidir imkoniyatdan foydalana olmasa ballar soni kamayib boraveradi.
Shuni takidlab o’tishimiz kerakki xar bir to’plagan ballari rag’batlantiruvchi ballar hisoblanib chorak va yil so’nggida yig’ilgan ballar jamlanib
55-76
ball uchun
3 baho
76-85
ball uchun
4 baho
85-100
ball uchun
5 baho
qo’yiladi.
Eslatma: Joriy so’rovlar uchun ball qo’yiladi.
Chorak yakunida, yil yakunida baho qo’yilidi.
Agarda o’quvchi joriy xafta davomida 1 soat ham sababsiz dars qoldirmagan bo’lsa, demak unga ko’k rangdagi 1dona doiracha 1 ball sifatida beriladi. 5-imkoniyatimiz ham o’o’zgaruvchan imkoniyat hisoblanib bugungi darsda tanlab olingan va e’lon qilingan imkoniyat ya’ni, doskaga chiqarilgan o’quvchi qanchalik darajada o’quv anjomlari (darslik, daftar, kundalik daftar, ruchka, qalam va hk.) bilan qurollanganligi uchun 1 ball beriladi. Agarda mavjud bo’lsa, anjomlarning axfoli , saqlanish holati ham keng jamoatchilik, ota-onalar, o’quvchilar, keksa pedagoglar
taklif va fikrlari inobatga olinib, yana Pedagogika kengashida taklif va fikrlar bilan to’ldirilib maktab bo’yicha 5-9 sinflar uchun baholashning yangi besh ballik reyting tizimi ishlab chiqildi.
Baholashning afzalliklari bo’yicha qator imkoniyatlarning (mahalliy sharoitni inobatga olib ) 15 tasi Pedagogik kengash a’zolari tomonidan maqullandi. O’quv jarayoniga tadbiq etish uchun maktab direktorning buyrug’i asosida ruxsat etildi.
Shuni alohida ko’rsatib o’tishimiz kerak-ki 5 ta imkoniyatlarni ikkiga bo’ldik 1,2,3 imkoniyatlar majburiy imkoniyatlardir, ya’ni barcha fanlardan kunlik majburiy imkoniyatlar hisoblanadi. 4, 5 imkoniyatlar o’zgaruvchan imkoniyatlar hisoblanib fan o’qutuvchisi tomonidan har 2,3 soatda boshqa imkoniyat turlari bilan almashtirilib turilishi mumkin. O’qituvchiga ishlash oson bo’lishi uchun har bir sinfda ma’lum miqdorda 4 xil rangdagi jitonlar (doira shaklida) tashkil etilgan. Agar o’quvchi uyga berilgan vazifaga puxta tayyorgarlik ko’rib kelib javob bersa unga 1 ball qo’yilib 1 ta qizil rangdagi doiracha beriladi.
Agar o’quvchi o’qituvchi darsda tushuntirgan yangi mavzu bo’yicha yetarlicha tushunchaga ega bo’lib, shu mavzu bo’yicha faollik ko’rsatsa yana 1 ballga ega bo’lib unga sariq rangdagi doiracha beriladi. Doskaga chaqirilgan o’quvchi albatta o’zi bilan uyda yozma ravishda bajarib kelgan masala, mashq yoki konspektlarini taqdim etishi kerak. Taqdim etilgan yozma mashq misol yoki konspektlarning mazmuni va natijalari hisobga olinib 1 ball beriladi, endigi safar unga yashil rangdagi doirachalar beriladi. Shunday qilib o’quvchi majburiy imkoniyatlardan to’laqonli foydalanib 3 ballga ega bo’ldi. Endi navbat o’zgaruvchan imkoniyatlarga. O’zgaruvchi imkoniyatlarimizdan birinchisi doskaga chiqarilgan o’quvchining haftalik davomati qanday bo’lgan.
O‘quvchining ruhiy kechinmalari ham o‘qituvchi oldida erkin javob berayotgandagidek namoyon bo‘lmaydi, bilimdonligi, shaxsning o‘zigagina xos xususiyatlarini ko‘rsatish imkoniyati yo‘q;
Sifatli tuzilgan pedagogik testlar o‘quvchining bilim egalashda faolligini oshiradi va aksincha, yomon tuzilgan testlar o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir etishi mumkin. Xullas, pedagogik testlarni to‘g’ri va o‘rinli qo‘llash o‘quv jarayoni hamda uning natijalariga katta ta’sir etadi. O‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Pedagogik test talabalar bilimini obyektiv baholash usuli.
Pedagogik texnologoyaning muhim belgilaridan biri – ta’limning maqsadini real va diagnostik belgilash hamda talabaning bilim o‘zlashtirishni obyektiv baholashdir. Pedagogik testlar talabaning bilim o‘zlashtirish darajasini aniqlash va obyektiv baholash instrumenti (vositasi usuli) bo‘la oladi. Pedagogik testlar talabaning bilim olish jarayonlarini joriy, oraliq, yakuniy nazorat qilish va baholash qo‘llaniladi.
Test tuzish izchilligi qo‘yidagicha bo‘ladi, avvalo, mavzu “bo‘lim, predmet mazmunini tashkil etadigan o‘quv elementlari (o‘quv-biluv vazifalari, topshiriqlari), ya’ni test vazifalari miqdorini belgilash lozim.