Mavzu: Shaxsning biogenetik va sosiogenetik nazariyalari. Shaxs faolligi va yetaklovchi faoliyat Mashg’ulot rejasi



Yüklə 34,76 Kb.
səhifə9/11
tarix17.04.2023
ölçüsü34,76 Kb.
#99258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4-Seminar KP (1)

Yetuklik - bu eng sermaxsul davr o’zini shaxs sifatida namoyon etish, o’z kasbiy psixologik salohiyatini ishlatish davri xisoblanadi. Aynan shu davrda shu yoshda xayotiy va kasbiy rejalar amalga oshadi, inson xayotining mazmun mohiyati to’g`risida o’ylaydi. Kasb tanlash jarayonida o’z qobiliyatlarini aniq mehnat faoliyatida qullashni individual faoliyat turini ishlab chiqish, shaxs bo’lish extiyojini namoyon eta olish imkonini beradi. Kasbiy xayotga to’liq sho’ng`ib ketish, tanlagan kasbdan qoniqish hosil qilish, anglangan kasbiy qarashlar, o’zining kasbiy muximligini kerakligini va foydaliligini doimiy ravishda tasdiqlab turish o’zgacha emotsional holat kasbiy optimizmga olib keladi. Bu kasbiy ijobiy o’zgarishlar qatorida destruktiv o’zgarishlar xam bo’lib o’tadi. O’z kasbiy va lavozimiy xolatdan qonikmagan professionallarning bir qismi, o’z kasbiy xayotlarini qayta qurib chiqadilar. O’z kasbiy yutuqlarini taxlil etib, ular ish lavozimi xattoki, kasblarini o’zgartirish fikriga keladilar. Ammo ulkan ijobiy kasbiy tajriba va yutuqlar shaxsning kasbiy mustaxkamligini pasaytiradi. Kasbiy migratsiya imkonini qiyinlashtiradi. Bunday xolatlarda turli kasbiy mukofotlar ijtimoiy muxim lavozimlar, moddiy rag’batlantirish, unvonlar va xokazalar bu noxushlikni to’ldiradi.
Qarilik davri. Nafaqa yoshiga yetish kasbiy hayotdan ketishga olib keladi. 55-60 yoshga kirganda shaxs o’z kasbiy potentsialini to’lik ishlatishga ulgurmaydi. Hali ham yuqori darajadagi professionalizm kasbiy charchoqqa qaramay, nafaqaga chiqish haqidagi fikrdan ikkilana boshlaydi. Ular uchun xayajonli davr boshlanadi, bir laxzada yillar davomida shakllangan xayot tarzi o’zgaradi. Muhim kasbiy sifatlar, kasbiy bilim va malakalar, tajriba va mahorat keraksiz bo’lib qoladi. Bu salbiy xolatlar ijtimoiy qarilikni tezlashtiradi. Lavozim ishdan keyingi kasbiy faoliyat bilan monitoringi ya’ni, murabbiylik, kasbiy tajriba kuzatuvchisi shaklida ayrim yoshi kattalarda shug’ullanish imkoniyati bo’lishi mumkin. Ayrim nafaqaho’rlar psixologik jixatdan o’zlarini yo’qotib qo`yishadi, kasbiy jihatdan chiqib ketish ular uchun og’ir kechadi. Yana o’zini o’zi anglash muammosi kelib chiqadi, ammo endi kasbiy xayotda emas, balki ijtimoiy foydali mehnatda xam yuzaga keladi. Ayrim nafaqaho’rlar o’zini ijtimoiy- siyosiy xayotda o’zlarini tanishadi, ikkinchiari, oilaviy maishiy muammolarga berilib ketishadi, uchinchilari, bog’dorchilik bilan jiddiy shug’ullanishadi, yana kimlaridir mehnat faoliyatini katta bo’lmagan xususiy biznes soxasida faoliyatlarini davom ettirishadi. Bu faol ijtimoiy mehnat o’zini o’zi anglash va o’zini shaxs sifatida davom ettirish davridir.
Kasbiy shakllanishning turli bosqichlarida shaxs o’zlikni anglashni aniqlashning refleksiv taxlilini xulosa qilib, quyidagilarni ta’kidlash mumkinki, kasbiy o’zlikni anglash - bu nafaqat kasb yoki kasbiy xayotning alternativ stsenariylarini tanlash balki, shaxs rivojlanishining o’ziga xos ijodiy jarayonidir. O’zlikni anglash muhim kasbiy muammoga teng bo’lishi mumkin va bunda shaxs rivojlanishi yuzaga keladi yoki teng bo’lmasligi xam mumkin. Bunda u ichki ziddiyatni keltirib chiqarishi xam mumkin. Shaxsning kasbiy shakllanishning turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash usullarini o’zaro aloqalari to`g’risidagi refleksiv taxliliy fikrlarini umumlashtirgan xolda quyidagi jadvalda aks ettiriladi.

Yüklə 34,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin