Go‘zallik go‘zaldir yuz bor, agarda Bag‘rida haqiqat esa oshkor. Atirgul so‘limdir, yana har lahza Taralib turguvchi xushbo‘yi ham bor. Xuddi atirguldek ko‘rku chiroyda, Ayni tikonlidir zaharli gullar. Yoz kelib,chechaklar ko‘kargan joyda, Dalalar qo‘ynida yashnaydi ular. Ularning bisoti husnidir faqat, Tugar husni bilan umri, bahori. Ammo atirgulda bitsa tarovat, Iforga ko‘chadi umrining bori. Demagil: bir kuni qolurman so‘lib, Sherimda yashaysan atirgul bo‘lib...

To‘ydim, o‘lim uchun yig‘layman endi, Go‘yo cho‘l ko‘rmoqqa tug‘ilgan qashshoq, Har ishim qoshiga na quvonch indi, Na ishonch pokiza purbaxtga xosroq. Jimgina yo‘qoldi yaltiroq sharaf, Ham shuhrat o‘rnida paydo bo‘lmish fahsh, Buzdi to‘g‘ri qonin shum yolg‘on taraf, Mardlar yuz ko‘rsatur noqobil, sarkash. Zug‘umlar ostida tug‘ilgan san’at, Nuqul telba tabib mahorat sinar. Noma’qul ko‘rilmish asl haqiqat, Neki asir bo‘lsa, bor mening ginam: To‘yib hammasidan ketgayman nari, O’lim-la bir sevgim qolar sarsari.