Mavzu Shisha ishlab chiqarishda ishlatiladigan kimyoviy birikma-fayllar.org
alyumosilikatlar deyiladi. Tog` jinslari va yer yuzasidagi minerallar harorat, so`ngra namlik va karbonat angidrid ta`sirida nuraydi, yani asta-sekin yemiriladi. Masalan, dala shpatining yemirilishi:
K2O6SiO2 + 2H2O + CO2 = Al2O32H2O + K2CO3 + 4SiO2 Yemirilishning asosiy mahsuloti kaolinitCaOCaO + 2SO2oksid PbO, soda o`rniga potash ishlatib, billur shisha olinadi. Boshlang`ich aralashmaga metall oksidlarini qo`shish shishaga turlicha rang beradi: Cr2O3 yashil, CoO ko`k, MnO2 to`q qizil. Shishadan texnika ehtiyojlari uchun tola va to`qimalar tayyorlanadi. Shishakristall materiallar, ya`ni sitallar ishlab chiqariladi. Ulardan elektr izolyator, idishlar va boshqalar tayyorlanadi. Odatdagi silikat sement, ya`ni portlandsement yashilroq-kilrang kukun bolib, suvga qorilganda havoda yoki suvda toshsimon massa bo`lib qotadi. Odatda u ohaktosh bilan gildan iborat xomashyo massani qovushgunga qadar kuydirish (1400-1600 0C) yo`li bilan olinadi. Qizdirish aylanib turadigan silindrsimon maxsus pechlarda amalga oshiriladi. Hosil bo`ladigan qovushgan donador massa klinker deb ataladi. Bu chala mahsulot. Unga tegishli qo`shimchalar qo`shib, sharli tegirmonlarda mayin kukun holigacha maydalanadi va oxirgi mahsulot olinadi. Tabiatda tarkibida portlandsement olish uchun zaruriy nisbatlarda ohaktosh bilan gil bo`ladigan jinslar uchraydi, ular mergellar deb ataladi. Yirik sement zavodlari ana shu mergellar asosida ishlaydi. Aralashmaning tarkibini o`zgartirib, sementning turli xillaribeton hosil bo`ladi. Bu materiallarning aralashmasi qotguniga qadar beton qorishmasi deyiladi. Orasiga po`lat armatura (ichki karkas) qo`yilgan beton temir-beton deyiladi. Beton va temir-betonlar gidroelektrstansiyalar, yo`llar, binolarning yuk tushadigan qismlarini qurishga ko`plab miqdorlarda sarflanadi. Bog`lovchi material sifatida organik polimerlar yoki polimerlar bilan sementdan foydalanilgan betonlar ham tayyorlanadi. Bular alohida xossalarga ega bo`lgan plastobetonlardir. Shisha, sement va keramika ishlab chiqarish silikat sanoatiga kiradi, bu sanoat kremniyning tabiiy birikmalarini qayta ishlaydi.
http://fayllar.org