Bu reaksiya yordamida neft tarkibida uchraydigan siklogeksandan foydalanib kaprolaktam, naylon-4,6 va geksametilendiamin uchun zarur bo’lgan adipin kislota olinadi
Bu reaksiya yordamida neft tarkibida uchraydigan siklogeksandan foydalanib kaprolaktam, naylon-4,6 va geksametilendiamin uchun zarur bo’lgan adipin kislota olinadi. Nitrolash. 5 va yuqori a’zoli sikllarni nitrolash to’yingan uglevodorodlarni nitrolashdagi kabi yuqori haroratda suyultirilgan nitrat kislota yordamida amalga oshiriladi.
Izomerlanish va disproporsiyalanish reaksiyalari. Uch a’zoli sikloalkanlar yuqori harorat ta’sirida etilen uglevodorodlariga izomerlanadi:
To’rt a’zoli sikllar etilen uglevodorodlari hosil qilib parchalanadilar
Sakkiz va undan yuqori a’zoli sikllar yuqori haroratda besh va olti a’zoli sikllar hosil qilib izomerlanadilar. Besh va olti a’zoli sikllar eng barqaror hisoblanadilar. Siklopentanning alkilalmashgan hosilalari yuqori harorat, katalizator va bosim ostida olti a’zoli halqa hosil qilib izomerlanadilar. Bu reaksiyadan sanoatda metilsiklopentandan siklogeksan hosil qilishda foydalaniladi:
Olti va yetti a’zoli halqalar yuqori harorat, bosim va katalizator ishtirokida halqani kichraytirib yoki kengaytirib izomerlanishlari mumkin:
Uch va to’rt a’zoli halqalarning beqarorlik, besh, olti va yuqori a’zoli halqalarning barqarorlik sabablarini Bayyor o’zining kuchlanishlar nazariyasida quyidagicha tushuntiradi. Halqa qanchalik kichik bo’lsa, sikl yuqori kuchlanish ostida mavjud bo’ladi. Halqa kattalashishi bilan kuchlanish kamayib boradi. Bayer uglevodorodlarning ochiq zangjir hosil qilgandagi fazoda joylashishida uglerod va vodorod orasidagi bog’lar orasidagi burchak (109028’) va yopiq zanjir hosil qilgandagi holati orasidagi farqni Bayer kuchlanishining mezoni sifatida qabul qiladi.