Mavzu: Sikloparafinlar


Bu usulda uch atomli sikloalkanlar oson hosil bo’ladi. Galogenkarbonilli birikmalardan galogenvodorodni tortib olish orqali sikloalkanlar olinadi



Yüklə 289,35 Kb.
səhifə2/4
tarix03.05.2023
ölçüsü289,35 Kb.
#106607
1   2   3   4
sikloparafinlar

Bu usulda uch atomli sikloalkanlar oson hosil bo’ladi. Galogenkarbonilli birikmalardan galogenvodorodni tortib olish orqali sikloalkanlar olinadi:

Fizik xossalari. sikloalkanlarning dastlabki vakillari gazsimon, siklopentandan boshlab soni ortib borishi bilan sikloalkanlarning qaynash haroratlari ortib boradi. Ayrim sikloalkanlarning muhim fizik kattaliklari jadvalda keltirilgan

Kimyoviy xossalari. 3-a’zoli sikloalkanlar galogenlash, gidrogalogenlash, gipogalogenlash kabi kimyoviy jarayonlarga oson kirisha oladilar. Reaksiya vaqtida C–C bog’i uziladi halqa ochiladi. Galogenlash. Siklopropanga brom bilan ta’sir etilganda 1,3-dibrom propan hosil bo’ladi:

Siklopropanni xlorlash reaksiyasida 1,3-dixlorpropan bilan birga xlor siklopropan ham hosil bo’ladi:

Siklobutan va uning gomologlari brom bilan qiyinchilik bilan yuqori haroratda reaksiyaga kirishadilar. Siklopentan va siklogeksanga galogenlar bilan ta’sir etilganda, halqa ochilmaydi va almashinish reaksiyasi sodir bo’ladi.

Yuqori a’zoli sikllar galoid vodorodlar bilan reaksiyaga kirishmaydilar. Vodorodning ta’siri. Vodorod siklopropan va uning gomologlariga etilen uglevodorodlariga qaraganda qiyinchilik bilan birikadi. Bu reaksiya yuqori haroratda platina, palladiy yoki nikel katalizatorlari ishtirokida boradi. Reaksiya natijasida to’yingan uglevodorodlar hosil bo’ladi

Siklobutanga vodorodning birikishi siklopropanga nisbatan yuqori haroratda boradi. YAna ham yuqori haroratda vodorod siklopentanga ham birikishi mumkin.

Oksidlovchilar ta’siri. Oksidlash reaksiyasi yordamida sikloparafinlarni tegishli etilen uglevodorodlaridan farqlash mumkin. siklopropan va uning gomologlari odatdagi haroratda ishqoriy muhitda kaliypermanganat ishtirokida juda sekin oksidlanadilar. siklobutan va yuqori sikllar kaliypermanganat ishtirokida oksidlanmaydilar va bu bilan ular to’yingan uglevodorodlarni eslatadilar. sikloparafinlarni kuchli oksidlovchilar yordamida oksidlash natijasida ikki asosli kislotalar hosil bo’ladi

  • Oksidlovchilar ta’siri. Oksidlash reaksiyasi yordamida sikloparafinlarni tegishli etilen uglevodorodlaridan farqlash mumkin. siklopropan va uning gomologlari odatdagi haroratda ishqoriy muhitda kaliypermanganat ishtirokida juda sekin oksidlanadilar. siklobutan va yuqori sikllar kaliypermanganat ishtirokida oksidlanmaydilar va bu bilan ular to’yingan uglevodorodlarni eslatadilar. sikloparafinlarni kuchli oksidlovchilar yordamida oksidlash natijasida ikki asosli kislotalar hosil bo’ladi

Yüklə 289,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin