O’zbekistonning axborotni shifrlash standarti. Ushbu "Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi" standarti O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan ishlab chiqilgan va unda O’zbekiston Respublikasining "Elektron raqamli imzo xususida"gi va "Elektron xujjat almashinuvi xususida"gi qonunlarining me’yorlari amalga oshirilgan.
Ushbu standart — kriptografik algoritm, elektron ma’lumotlarni himoyalashga mo’ljallangan. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi simmetrik blokli shifr bo’lib, axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun ishlatiladi. Algoritm 128 yoki 256 bit uzunligidagi ma’lumotlarni shifrlashda va rasshifrovka qilishda 128, 256, 512 bitli kalitlardan foydalanishi mumkin.
Rossiyaning axborotni shifrlash standarti. Rosssiya Federatsiyasida hisoblash mashinalari, komplekslari va tarmoqlarida axborotni kriptografik o’zgartirish algoritmlariga davlat standarti (GOST 2814-89) joriy etilgan. Bu algoritmlar maxfiylik darajasi ixtiyoriy bo’lgan axborotni hech qanday cheklovsiz shifrlash imkonini beradi. Algoritmlar apparat va dasturiy usullarida amalga oshirilishi mumkin.
Standartda axborotni kriptografik o’zgartirishning quyidagi algoritmlari mavjud:
- oddiy almashtirish;
- gammalash;
- teskari bog’lanishli gammalash;
- imitovstavka.
AQSHning axborotni shifrlash standarti. AQSHda davlat standarti sifatida DES(Data Encryption Standart) standarti ishlatilgan. Bu standart asosini tashkil etuvchi shifrlash algoritmi IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, AQSH Milliy Xavfsizlik Agentligining mutaxasislari tomonidan tekshirilgandan so’ng davlat standarti maqomini olgan. DES standartidan nafaqat federal departamentlar, balki nodavlat tashkilotlar, nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda foydalanib kelingan.
Xeshlash funktsiyasi Xeshlash funktsiyasi (xesh-funktsiyasi) shunday o’zgartirishki, kirish yo’liga uzunligi o’zgaruvchan xabar M berilganida chiqish yo’lida belgilangan uzunlikdagi qator h(M) xosil bo’ladi. Boshqacha aytganda, xesh-funktsiya h(.) argument sifatida uzunligi ixtiyoriy xabar (xujjat) M ni qabul qiladi va belgilangan uzunlikdagi xesh-qiymat (xesh) H=h(M)ni qaytaradi.
Xeshlash funktsiyasi quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim:
1. Xesh-funktsiya ixtiyoriy o’lchamli argumentga qo’llanishi mumkin.
2. Xesh-funktsiya chiqish yo’lining qiymati belgilangan o’lchamga ega.
3. Xesh-funktsiya h(x) ni ixtiyoriy "x" uchun yetarlicha oson xisoblanadi.
Xesh-funktsiyani xisoblash tezligi shunday bo’lishi kerakki, xesh-funktsiya ishlatilganida elektron raqamli imzoni tuzish va tekshirish tezligi xabarning o’zidan foydalanilganiga qaraganda anchagina katta bo’lsin.
4. Xesh-funktsiya matn M dagi orasiga qo’yishlar (vstavki), chiqarib tashlashlar (vыbrosы), joyini o’zgartirishlar va x. kabi o’zgarishlarga sezgir bo’lishi lozim.
5. Xesh-funktsiya qaytarilmaslik xususiyatiga ega bo’lishi lozim.
6. Ikkita turli xujjatlar (ularning uzunligiga boђliq bo’lmagan xolda) xesh-funktsiyalari qiymatlarining mos kelishi extimolligi juda kichkina bo’lishi shart, ya’ni xisoblash nuqtai nazaridan h(x')=h(x) bo’ladigan x'≠ xni topish mumkin emas.