Mavzu simmetrik kalitli kriptotizimlarning rivojlanishi, afzall-fayllar.org
Rasmiy kriptografiya (XV asr oxiridan XX asr boshlarigacha) bosqichi rasmiylashgan va qo‘lda bajariluvchi shifr kriptotahlilini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Yevropa davlatlarida bu Tiklanish davriga to‘g‘ri keldi. Bunda fan va savdoni rivojlanishi axborotni himoyalashni ishonchli usuliga bo‘lgan talabni oshirdi. Bu bosqichdagi muhim rol birinchilardan bo‘lib, ko‘p alfavitli almashtirishni taklif etgan italiyalik arxitektor Leon Batista Albertiga tegishlidir. XVI asr diplomati Blez Vijiner nomidan olingan joriy shifr joriy matn harflarini kalit (bu protsedurani maxsus jadvallar yordamida osonlashtirish mumkin) bilan ketma-ket «qo‘shish» dan tashkil topgan. Uning «Shifr haqida traktat» nomli ishi kriptologiyada birinchi ilmiy ish hisoblanadi. Dastlabki chop etilgan ishlardan biri o‘sha vaqtda taniqli bo‘lgan shifrlash algoritmini umumlashtirgan va ta’riflagan nemis abbati Iogann Trisemusga tegishlidir. U ikkita uncha katta bo‘lmagan, lekin juda muhim bo‘lgan polibian kvadratini to‘ldirish usuli (kvadratning birinchi pozitsiyalari kalit so‘zlar, qolganlari esa alfavitning boshqa harflari bilan to‘ldiriladi) va hafrlar juftligi (bigramma) orqali shifrlash usullarini yaratdi. Ko‘p alfavitli almashtirishni oddiy, lekin chidamli bo‘lgan usuli bo‘lgan Pleyfer shifri XIX asr boshlarida Charlz Uitston tomonidan yaratildi. Uistonga yana «Ikkilik kvadrat» nomli takomillashgan shifrlash usuli ham tegishlidir. Pleyfer va Uiston shifrlari birinchi jahon urushiga qadar ishlatildi. Chunki ular qo‘l orqali bajariladigan kriptotahlilga yetarlicha qiyinchilik tug‘dirar edi.
XIX asrda gollandiyalik Kerkxoff kriptografik tizimlar uchun hozirgacha dolzarb bo‘lgan, «shifrlarning maxfiyligi algoritmlarning maxfiyligiga emas, balki kalitning maxfiyligiga asoslanishi kerak» degan bosh talabni shakllantirdi. Natijada yaratilgan usullar nisbatan yuqori kriptobardoshlilikni ta’minladi va shifrlash jarayonini avtomatlashtiruvchi (mexanizatsiyalash ma’nosida) rotorli kriptotizimlarni yaratilishiga olib keldi. Yana shunga o‘xshash tizimlardan biri 1790 yilda AQSh ning bo‘lg‘usi prezidenti Tomas Jeferson tomonidan yaratildi.
Bunda rotorli mashina yordamida ko‘p alfavitli almashtirish amalga oshirilar edi. Rotorli mashinalar XX asrning boshlaridagina amaliyotga keng tarqaldi.
Dastlabki amaliyotda qo‘llanilgan mashinalardan biri nemis «Enigma»si bo‘lib, u 1917-yilda Edvard Xebern tomonidan ishlab chiqilgan va Artur Kirx tomonidan takomillashtirilgan. Tuzilishiga ko‘ra “Enigma” oddiy avtomobil odometrini eslatardi: uchta rotordan (shifrdisk) iborat bo‘lib, elektr moslamalar yordamida oldinma keyin joylashgan edi. Operator ochiq tekstdagi biror bir harfni qurilmaga yozmoqchi bo‘lsa, qurilmadagi mos klavishani bosishi kerak bo‘lar edi. Klavisha bosilganidan so‘ng signal uchta shifrdiskda joylashgan aloqa tugmalaridan o‘tadi. Shundan so‘ng hosil bo‘lgan ma’lumot reflektor bo‘limiga o‘tar, undan esa boshqa yo‘l “elekt yo‘l” orqali ortga qaytar edi. Shundan so‘ng birinchi disk bir pozitsiyaga o‘zgarar edi. Shu sababdan kiritilayotgan keyingi harfning shifri butunlay boshqa qoidaga asosan hosil bo‘lar edi. Operator 26 ta harfni kiritganidan so‘ng birinchi disk o‘zining boshlang‘ich holiga qaytar, ammo ikkinchi disk bir pozitsiya o‘zgarar edi. “Enigma” qurilmasi yordamida ma’lumotni tezda shifrlash uchun to‘rt kishidan iborat brigada guruhi zarur edi: birinchisi ochiq tekstni o‘qib turgan, ikkinchisi tekstni klaviatura yordamida terib turgan, uchinchisi indikatordan chiqqan shifrlangan ma’lumotni o‘qib turgan, to‘rtinchisi esa o‘qilayotgan shifrtekstni telefon yoki boshqa qurilmalar orqali uzatib turgan. “Enigma” shifr tekstlarining kalitlari bo‘lib rotorlarning boshlang‘ich holi va elektron kommutatsiya zanjirlari keltirilar edi. Kalitlarni topish kombinatsiyasining ehtimoli 92 ta nollardan iborat bo‘lgan raqam edi.
Rotor mashinalar ikkinchi jahon urushi vaqtida faol ishlatildi. Enigma nemis mashinasidan tashqari Sigaba (AQSh), Typex (Buyuk Britaniya), Red, Orangle va Purple (Yaponiya) kabi qurilmalar ham amaliyotda keng qo‘llanildi.
Rotorli tizimlar - formal kriptografiyaning cho‘qqisi edi. Bunda juda chidamli shifrlar oson amalga oshirilgan edi. Rotorli tizimlarga 40-yillarda EHM laming paydo bo‘lishi bilan muvaffaqqiyatli kriptografik hujum qilish imkoni paydo bo‘ldi.
Sigaba - II jahon urushi davrida Amerika Qo'shma Shtatlarining "National Security Agency" (Milliy Xavfsizlik Agentligi) tomonidan ishlab chiqilgan bir elektromexanik shifrlash tizimidir. Bu tizim, yurishni to'xtatishni va urush davomida muvaffaqiyatsizlikni qabul qilishni maqsad qilgan.
Bu mashina Enigma mashinasiga o'xshashligi bilan, belgilarni shifrlash uchun rotorlarni ishlatadi. Lekin, Enigma mashinasidan farqli ravishda, Sigaba mashinasi uchun bir necha rotorlar va boshqa elektronik qurilmalar ishlatiladi. Bu, Sigaba mashinasini Enigma mashinasidan juda qat'iyroq qiladi.
Sigaba shifrlash mashinasi, muhim xavfsizlik ma’lumotlari tahlilini osonlashtirish uchun ishlab chiqilgan va muhimiyatli xavfsizlik xizmatlari tomonidan foydalanilgan. Sigaba mashinasi, urush davrida muhim hujjatlarni shifrlash va dekod qilishda muvaffaqiyatli bo'lib, urushning qo'llanilishi va yakuniy netijalarning olishiga yordam berdi.
Typex - II jahon urushi davrida İngilizler tomonidan ishlab chiqilgan elektromexanik shifrlash mashinasidir. Bu shifrlash tizimi, Enigma mashinasining muhimiyatli bir raqibidir va bir necha turdagi versiyalari mavjud bo'lib, har biri o'zining alohida xususiyatlariga ega.
Typex Enigma mashinasiga o'xshash, ammo uni optimallashtirgan va kuchliroq qilgan bir mashinadir. Typex, belgilarni shifrlash uchun rotorlar va reflektorlar ishlatadi. Lekin, Enigma mashinasidan farqli ravishda, Typex mashinasi elektronik qurilmalarga ega emas, balki mexanik qurilmalardan iborat bo'lib, shifrlash jarayonida kuchli ildizlar va to'qimalar ishlatiladi. Bu, mashinani yarim tonnadan ko'proq bo'lgan xisoblash mashinasi (Colossus) kabi, juda kuchli shifrlashlarni tahlil qilishga qodir bo'lib, birinchi navbatda Bletchley Park davlat qabulxonasida, keyin esa ularga o'xshash joylarda qo'llanilishi mumkin bo'ldi.
Typex, urush davrida İngiliz xavfsizlik xizmatlari va xavfsizlik xizmatlarining hujjatlarni shifrlashda foydalanilgan. Bu shifrlash tizimi, bugungi kunda ham qabul qilingan eng yaxshi tarihi shifrlash mashinalaridan biridir va tarihi shifrlash tahlilida ko'plab sohalarda qo'llaniladi.