2.2 -rasm. m-raundli Feystel tarmog‘i.
Feystel tarmog‘i asosida qurilgan shifrlash algoritmlarida shifrlash va deshifrlash uchun bir xil algoritmdan foydalanilib, faqat raund kalitlarining qo‘llanilishi teskarisiga o‘zgaradi, ya’ni deshifrlashda 1-raundda K m ,2 – raundda Km1va hakozo oxirgi raundda K1 ishlatiladi. F(Ri1, Ki ) funksiya bir tomonlama bo‘lsa ham, deshifrlash natijasida bu funksiya qaytadi.
Hisoblash texnikalari qurilmalarining takomillashuvi natijasida, bugungi kunda standart sifatida qo‘llanilib kelinayotgan shifrlash algoritmlarining bardoshliligi, ularda qo‘llanilaligan akslantirishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda, ular kalitlarining uzunliklariga nisbatan kamayadi. Yuqorida sanab o‘tilgan Feystel tarmog‘iga asoslangan shifrlash algoritmlari bugungi kunda ham standat sifatida benuqson qo‘llanilib kelinayotganligi, bunday algoritmlar akslantirishlarini saqlab qolgan holda, ularning kalitlarini uzaytirish masalasining dolzarbligi kelib chiqadi.
Quyida Feystel tarmog‘iga asoslangan barcha shifrlash algoritmlarini takomillashtirish uchun umumiy bo‘lgan qoida keltiriladi.
Bugungi kunda ko‘plab amalda qo‘llanilib kelinayotgan kompyuterlardagi arifmetik amallarni bajaruvchi qurilma ikkilik sanok tizimida 32 razryad bilan ifodalanuvchi sonlar uchun mo‘ljallangan. Kelajakda kompyuter foydalanuvchilari uchun bundan ham katta 64, 128 va xokazo razryadli sonlar ustida arifmetik amallar bajarish imkoniyatini beruvchi tezkor qurilmalar yaratilishi tabiiy hol. Shularni hisobga olib, Feystel tarmog‘iga asoslangan shifrlash algoritmlarini akslantirish asoslarini saqlab qolgan holda, K-kalit uzunliklarini oshirish masalasi echiladi. Mana shunday masalani echish uchun Feystel tarmog‘i quyidagicha takomillashtiriladi:
2.3 – rasm . Takomillashgan Feystel tarmog‘i i raundi.