Mavzu: sinfadan tashqari o‘qish darslarda po‘lat mo‘min ijodini o‘rganish mundarija kirish I bоb. Sinfdan tashqari o‘qish darslarining ahamiyati va muhim vazifalari


Sinfdan tashqari o‘qish darslarida Po‘lat Mo‘min ijodini o‘rganishning o‘rni va ahamiyati



Yüklə 64,11 Kb.
səhifə6/8
tarix15.04.2023
ölçüsü64,11 Kb.
#98694
1   2   3   4   5   6   7   8
pulat5

2.2 Sinfdan tashqari o‘qish darslarida Po‘lat Mo‘min ijodini o‘rganishning o‘rni va ahamiyati.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qish darslarining o‘rni beqiyos bo‘lib, uni barcha fanlarning umumlashgan ko‘rinishi, fanlarning tomiri deb aytishimiz mumkin. Chunki o‘qish darslari o‘quvchilarni tez va ifodali o‘qishga, adabiyotga oid bilimlar bilan tanishishga muvofiqlashtirilgan -, ammo barcha fanlar: tabiatshunoslik, odobnoma, ona tili, mehnat va boshqa fanlarga doir ma’lumotlar ham berib o‘tiladi.
Boshlang‘ich sinfda savod o‘rganish davri tugagandan so‘ng, “O‘qish kitobi”ni o‘qishga o‘tiladi. O‘qish darslari o‘quvchilarning fikrini, nutqini o‘stirish har tomonlama tarbiyani amalga oshirish hamda, o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlari bilan boshqa o‘quv fanlari orasida alohida o‘rin tutadi.
Boshlang‘ich ta’lim ustalari ish tajribasining ko‘rsatishicha, qayerda o‘quvchilarga talabchanlik, yuksak hurmat, muhabbat, ishonch kuchli bo‘lsa, o‘sha yerda yuksalish, rivojlanish samarali va sezilarli bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Sababi, uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun boshqa fanlarni, ta’limning tub mazmun-mohiyatini o‘qish ta’limisiz, ya’ni harflarni tanimay turib, so‘z mohiyatini, lug‘aviy ma’nosini anglab yetmay turib, eng avvalo, o‘zligini, qolaversa, olamni anglashini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Shu maqsadda “O‘qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugingi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy – ma’naviy qadryatlar, xalqlar dostligi va tinchlik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommobop asarlar kiritiladi. Shu bois “O‘qish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shakllanishiga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari o‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va tarbiya berishni ko‘zda tutadi.
Bunday mavzular o‘quvchining yashab turgan muhitidan, ularning yoshi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar asosidan kelib chiqib, yozilgan qisqa matnlarni o‘zlari ishtirokida kichik teatrlar sahnalashtirish orqali yosh avlodni mutolaa qilishga, turli qiziqarli va badiiy asarlarni o‘qishga o‘rgatish, bu bilan ularning dunyoqarashini kengaytirish barobarida darsda o‘quvchining faolligini oshirishga yordam beradi. O‘quvchilar o‘qigan kichik matnni teatr-sahna ko‘rinishi shaklida ko‘rsa, boshqa o‘qiydigan asarlarini ham ko‘z oldida tasavvur qilish doirasini ham kengaytiradi va bu bilan yoshlarni badiiy asar orqali hayotning turli jabhalarini, rang-barangligini va bilim darajasini adabiy estetik tarbiya bilan chambarchas bog‘lab olib boriladi.
Bundan tashqari o‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv, ko‘nikma-malakalari hamda kerakli bilimlarni egallashlariga turtki bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinfning savodxonlik davrida harf va tovushlar, bo‘g‘in ko‘chirish, so‘z va o‘qish texnikasini egallagandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommobop matn va asarlar, kichik she’rlar yuzasidan olib boriladi.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha DTS va boshqa o‘quv dasturida o‘qish ta’limi oldiga qo‘yiladigan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil etish, o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, eng avvalo, ilg‘or pedagogik texnalogiyalardan o‘rinli foydalanishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Ma’lumki, o‘qish darslari kichik syujetli matn va asarlardan boshlanadi, o‘qituvchi avval o‘qiladigan matn oldidan o‘quvchilarda shu matn yuzasidan tushuncha hosil qiladi.
Matn bilan dastlabki tanishuvdan so‘ng savol-javob o‘tkaziladi, o‘qituvchi quyidagi mazmunda savollar bilan murojat qilish orqali darsda o‘quvchilar faolligini oshiradi:
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umuta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beruvchi dastur.
Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va bosha me’yoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat ta’lim standartiga amal qilish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta`lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv—umslubiy majmualarni yaratish va o‘quv- tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash umumiy o‘rta ta`limning aosiy vazifalaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Pedagogik texnologiya o‘zi nima?
Pedagogik texnologiyaning YUNESKO tashkiloti ma`qullagan ta`rif quyidagicha: “Pedagogik texnologiya bu, ta`lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta`sirini inobatga olib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli metodidir”.1
Darhaqiqat, ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta`lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarini mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
O‘quvchilarning qiziqarli topshiriqlar asosida o‘qitish, o‘qishga o‘yin tusini beradi. Bola o‘ynab charchamagandek, o‘qib ham charchaganini sezmaydi.
O‘qish darslari quyidagi vazifalarni bajaradi: O‘quvchilar asar mazmunini to‘g‘ri idrok etishlari, bilimlarni mukammal egallashlari uchun hayot haqida ma`lum tasavvurga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi. Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:

  1. O‘quvchilarni asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarni boyitish, matnni ongli idrok etishga ta`sir etadigan yangi ma`lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan voqea-hodisalarni o‘quvchilar o‘z hayotlarida kuzatganlari bilan bog‘lay olishlariga sharoit yaratish. Bunda yangi pedagogik texnologiyaning “Interfaol” metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. CHunkiinterfaol metodining asosiy maqsadi o‘quchilarning mustaqil fikrlash va erkin fikr bildirish malaka, ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

  1. Ijodkorning hayoti bilan elementar tarzda tanishtirish, shoirga uning hayotiga, ijodiga qiziqish uyg‘otish. Bu vazifani amalga oshirishda video, diafil’m va sharoit bo‘lsa komp’yuterlardan foydalanishimiz yaxshi samara beradi. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘proq eshitishdan ko‘ra ko‘rgan voqea- hodisalarini tez esda saqlab qoladilar va darsga bo‘lgan qiziqishlari ham ortadi.

Kuzatishlarimizning natijasi shuni ko‘rsatadiki, an`anaviy dars o‘tish ta`limning samarali modellaridan biri bo‘lib qolmoqda.
An`anaviy dars — muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir.
O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganda, an`anaviy dars — ko‘p hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo‘lib qolmoqda.
Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. Shu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb ham atashadi.
An`anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli — tuman o‘quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib kelar ekan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik — kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o‘yinlar metodlarini qo‘llash, rang—barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o‘quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil
bajarishga undash, rang — barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.
An`anaviy dars o‘tishning asosiy tarkibiy qismlari

  1. Kirish o‘tgan materialni takrorlash; dars maqsadini tushuntirish; dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish.

  1. Yangi mavzuni yoritish yangi mavzuni kichik — kichik bo‘lakchalarga bo‘lib berish; rang — barang misollar imkoni boricha ko‘rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o‘quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash.

  1. “Teta—poya”mashq Biror misol (yoki masalani) o‘quvchilar bilan qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish:

  1. Yo‘naltirib turiluvchi mashq O‘quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o‘qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.

  1. Mustaqil bajariladigan mashq O‘quvchilar mashqni mustaqil holda o‘qituvchi yordamisiz bajarishadi.

  1. O‘quvchilar tushunganlik darajasini tekshirish

  2. Yakunlash

Dars mavzusining asosiy tushunchalari va o‘quv maqsadlarini jamlash.
An`anaviy ta`lim metodlarining afzalliklari:

  • Ma`lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali.

  • O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o‘qitish muxitini yuqori darajada nazorat qilinishi.

  • Vaqtdan unumli foydalanish.

  • Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. Kamchiliklari:

  • O‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar.

    • O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi.

    • O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi.

    • Eslab qolish darajasi hamma o‘quvchilarda bir —xil bo‘lmaganligi sababli, sinf buyicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin.

    • Mustaqil o‘rganish va echimlar qabo‘l qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
      O‘qitishning noan`anaviy modellari

Markazda o‘quvchi bo‘lgan o‘quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:

    • O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish

    • Ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish

    • O‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish

    • O‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab — quvvatlash

    • Amaliyot orqali o‘rganish

    • Ikki tomonlama fikr — mulohazalar bilan ta`minlash

    • O‘qish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish

    • O‘qituvchi — o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini yengillashtiruvchi shaxs

Noan`anaviy o‘qitish modelini shartli ravishda 3ga ajratish mumkin.
Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini (modelini)
sinfxonada yaratish va ularda o‘quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o‘rganish modeli—o‘quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadigan metod.
O‘rganishning tadqiqot modeli — o‘quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‘zda tutuvchi metod.
Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lgan) o‘qitish metodlarning afzalliklari:

  • O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi.

  • O‘z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.

    • Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi.

    • O‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi.

  • Motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi.

  • O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.

  • Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi.

  • O‘z—o‘zini baholashning o‘sishi.

    • O‘quvchilarning predmetning mazmuniga. o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati.

    • Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berishi.

  • Nafaqat mazmunini o‘zlashtirishga yordam bermay, balki

tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi.

  • Muammolar echish ko‘nikmalarining shakllanishi. Kamchiliklari:

  • Ko‘p vaqt talab etilishi.

    • O‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.

    • Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi.

    • “Kuchsiz” o‘quvchilar bo‘lganligi sababli “kuchli” o‘quvchilarning ham past baho olishi.

    • O‘qituvchining o‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar echish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi.

Masalan, bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida berilgan Po‘lat Mo‘min hayoti va ijodini o‘rganish jarayonida eng sodda va eng ko‘p qo‘llanadigan usullar bu “”Aqliy hujum”, “Klaster”, “Fikriy hujum” metodlaridir.
“Fikriy hujum” metodi o‘quvchilarning mashg`ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta`minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag`batlantirish hamda bir xil fikrlashdan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g`oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish va yechish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg`ulot (bahs)ning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta`qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag`batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad ta`lim oluvchilarning mashg`ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta`minlashdir. Ta`lim jarayonida Ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog`liq bo‘ladi. “Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog`ida ta`lim oluvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg`ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.
Boshlang‘ich ta'limda hajm jihatidan ixcham bo‘lgan badiiy asar janrlaridan hikoya, ertak, masal, she'r, rivoyat, asotirlar, dostondan parchalar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va ilmiy-ommabop maqolalar o‘qitiladi. Turli janrdagi asarlar syujeti, uslubiy bo‘yog‘i, til vositalarining o‘ziga xosligi jihatidan o‘quvchilarga har xil ta'sir qiladi. O‘qish darslarida o‘qituvchi o‘rganilayotgan asarning janr xususiyatlarini inobatga olib, unga mos bo‘lgan an'anaviy yoki noan'anaviy pedagogik usullardan foydalanishi zarur.
Boshlang‘ich ta’limda assoiy maysad ta’lim va tarbiyaga qaratilgan bo‘lib, ular asar ichidan olinib yana bolalarga yetkaziladi. O‘qish kitobini varaqlar ekanmiz tarbiya bosh maqsadda turganini faxmlab olamiz. O‘quvchilarga har tomonlama bilim berishda boshlangich sinflardagi ta’lim va tarbiyaga qaratilgan asarlarning roli katta ekanligini ko‘ramiz. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, o‘qish darslarida o‘qituvchi o‘rganilayotgan Po‘lat Mo‘min hayoti va ijodining muhim xususiyatlarini inobatga olib, unga mos bo‘lgan an'anaviy yoki noan'anaviy pedagogik usullardan foydalanishi zarur.
Shu o‘rinda biz fkrimizni asoslash uchun bir dars ishlanmasini keltirishni o‘rinli deb bildik.
1-sinf “O‘qish kitobi”ning “O‘zbekiston-mening Vatanim” bo‘limi orqali o‘quvchilar Po‘lat Mo‘minning “Vatan – bu...” she`ri bilan yaqindan tanishadilar. dars.
Mavzu: Vatan-bu... (Po‘lat Mo‘min)
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad: o‘quvchilarning to‘g‘ri, ongli, ifodali va qiroat bilan o‘qish malakalarini takomillashtirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatan tuyg‘usini shakllantirish, o‘z Vataniga muhabbatli bo‘lishga, uni qadrlashga
o‘rgatish. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti IA.Karimov, yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Bolalar-bizning kelajagimiz” degan fikrlarining ma`nosini anglashlariga erishish.
Rivojlantiruvchi maqsad: to‘g‘ri, ongli, ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, lug‘atga aniqlik kiritish va lug‘at boyligini roivojlantirish. Vatan haqidagi tushunchalarini boyitish.
Darsning tipi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: Izohli o‘qish va tushuntirish metodlari.
Darsning jihozi: Vatanimizning o‘tmishi va hozirgi kunlari tasvirlangan rasmlar, testlar.
Darsning borishi:
Dars O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlanadi. O‘quvchilar Madhiyani kuylab turganda Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi,
Konstitutsiya kitobini namoyish qilib, eshikdan uch o‘quvchi kirib keladi.
Darslik bilan tanishtirish. Madhiya tugashi bilan har bir o‘quvchi “O‘qish kitobi”ni ko‘tarib xattaxta oldiga chiqadi.
Darslik yuzasidan suhbat o‘tkaziladi:
O‘qing, bu qaysi darslikq (“O‘qish kitobi” darsligi).
Uni sizga kim sovg‘a qilganq (Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sovg‘a qilganlar).
Nima maqsadda sovg‘a qilganlarq (Bolalar o‘qishni bilib olishsin, bilimlarni egallasin deganlar).
Bu darslikni kimlar yozgan ekanq (O‘qituvchi darslikni ochib, mualliflar yozilgan joyni ko‘rsatib, o‘quvchilarga o‘qitadi. Ularning mehnati haqida qisqacha ma`lumot beradi).
Kitob haqida qaysi she`rni yod olgansizlarq Kitob haqida o‘quvchilar o‘qigan, yod olgan she`rlar eslatiladi. Yoki o‘qituvchi yoddan o‘zi aytib beradi. Nodir kitoblarning hozirgi kunga qadar saqlanib kelinayotganini aytib, sizlar ham kitoblaringizni toza saqlang, yirtmang, ichiga chizmang, buklamang, undan ukalaringiz ham foydalanishadi, tarzida maslahat beriladi.
Kitobingizni oching, rasmni kuzating. Unda nima tasvtirlanganq Doskaga qarang. Bu rasmda nima tasvirlangan, ikkalasiga bir xil nom qo‘yish mumkinmiq Nima deb nomlasak bo‘ladiq (Mening Vatanim-O‘zbekiston.) O‘qituvchi o‘quvchilarning javobini umumlashtiradi: O‘zbekiston-Vatanim mening.
She`rni o‘qishga tayyorgarlik: tayyorgarlik ham suhbat metodida amalga oshiriladi:
Vatan deganda nimani tushunasizq
Nima uchun odamlar Vatanini sevadiq
Vatanini yaxshi ko‘rgan odamlar nima qiladiq
O‘quvchilarning javobi umumlashtiriladi: Vatan-har bir inson tug‘ilgan va yashaydigan maskan, joy. Siz tug‘ilib o‘sayotgan, bilim olayotgan qishloq, shahar, Respublikamiz-sizning Vataningiz. Odamlar o‘z Vatanida tarbiyalanadi: Bilim oladi, dam oladi, o‘z yaqin va yaxshi ko‘rgan kishilari bilan birga bo‘ladi. SHuning uchun uni sevadilar.
Vatanini sevgan odamlar uning rivojlanishi, tinch bo‘lishi uchun mehnat qiladi.
Siz ham yaxshi xulqingiz bilan Vatanni sevishingizni namoyish qilishingiz lozim. She`r nomi aytilib, shoir haqida ma`lumot beriladi. Po‘o‘lat Mo‘min sevimli bolalar shoiri. U kishi yoshligidanoq kitob olishga, ertak eshitishga qiziqqan. Ertak eshitib, kitob o‘qibgina qolmay, ularning mag‘zini chaqishga ham harakat qilgan. Men ham ertak yaratsam, kitoblar yozsam, deb orzu qilgan. U hamma fanlardan a`lo baholarga o‘qigan. Shunday qilib, keyinchalik o‘zi ham she`r, ertak, topishmoqlarni siz-bolajonlar uchun yaratgan.
She`r bilan tanishtirish. She`rni qiroat bilan o‘qib beriladi. Izohli o‘qish metodidan foydalaniladi. Buning uchun she`rdagi qo‘rg‘onim, millatim so‘zlari ma`nosi izohlanadi, shunda she`rni o‘quvchilar yaxshiroq anglaydilar. So‘zlar ko‘rgazmali plakatga yozib osib qo‘yiladi:



Yüklə 64,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin