Mavzu: sinfadan tashqari o‘qish darslarda po‘lat mo‘min ijodini o‘rganish mundarija kirish I bоb. Sinfdan tashqari o‘qish darslarining ahamiyati va muhim vazifalari


II BOB. SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA PO‘LAT MO‘MIN IJODINI O‘RGANISH



Yüklə 64,11 Kb.
səhifə5/8
tarix15.04.2023
ölçüsü64,11 Kb.
#98694
1   2   3   4   5   6   7   8
pulat5

II BOB. SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA PO‘LAT MO‘MIN IJODINI O‘RGANISH
2.1 Po‘lat Mo‘min – bolalar yozuvchisi
O‘qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O‘qishni bilmagan odamning ko‘zi ojiz kishidan farqi yo‘q. O‘qish faoliyati boshlang‘ich sinflarda barcha predmet darslarida amalga oshiriladi, lekin o‘qishga o‘rgatish o‘qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisob’ga olish zarur. O‘quv materiali hajmini oshirib yuborish, tinmay bir maromdagi o‘qishni tashkil etish bolani o‘qish mashg‘ulotidan bezdiradi.
O‘quvchilarni qiziqarli topshiriqlar asosida o‘qitish o‘qishga o‘yin tusini beradi. Bola o‘ynab charchamaganidek, o‘qib charchamasligini sezmaydi.
Inson ko‘ngil borlig`i, ruhiyatiga egaligi bilan boshqa jonzotlardan farq qiladi. Shu vaqtga qadar o‘tgan barcha buyuk zotlar odamlar ko‘nglini poklash, ruhini g`uborlardan tozalashga harakat qilganlar. Inson ko‘ngli va ruhi pokizaligiga bu qadar katta e`tibor qaratilishining sababi pokiza ko‘ngl va toza ruh bo‘lgan kishigina ezgulikka, yaxshilikka, oliyjanoblikka mayl bo‘ladi. Toza ruh hamda pokiza ko‘ngil esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Ularni qaror toptirish, shakllantirish uchun har bir odam tozarish yo‘lini o‘tashi, o‘zgalarning ko‘nglidagi holatlarni iylg`aydigan darajaga ko‘tarilishi lozim bo‘ladi. Ayni shu jarayonda badiiy adabiyotning zimmasiga ulkan vazifa yuklatilgani anglashiladi. Faqat badiiy asargina odamga o‘zga kishilarni tushunish, anglash, tuyish imkonini beradi. Chunki badiiy asarlarda boshqa odamlarning ko‘ngil manzaralari, ruhiyat chizgilari ta`sirli yo‘sinda aks ettiriladi.
Badiiy adabiyot inson ruhiyatiga nozik tovlanish va hissiyotidagi chigal jarayonlarni ilg`ash hamda aks ettirishga xizmat qiladi. Chinakam badiiy asar insonni to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o‘y-fikrlar, orzu-umidlar, sezgi va kechinmalarni iyodalaydi. Dunyoda yashayotgan odamlar bir-birlariga o‘xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. O‘zbek
adabiyoti- inson ruhiy holatlari mahorat bilan aks ettirilgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg`ota olishi bilan ularning ma`naviy takomiliga hissa qo‘shadi. Muhimi, ular kishiga faqat ma`rifat beribgina qolmay, uning badiiy didi, takomiliga, ma`naviy kamolotiga ham xizmat qiladi.
Ma`naviyatning mavjudligi insonni olamdagi boshqa jonzotlardan ajratib turadi. Ma`naviyatning mag`zini esa badiiy aadbiyot tashkil etadi. Chiqish (Sharq) da bu tushuncha, birinchi navbatda, adab (ko‘pligi – odob) bilan bog`liqdir. Ma`lumki, “Adabiyot” atamasi «adab» so‘zidan olingan. Adabning ma`nosi keng: yurish-turish odobi, so‘zlash odobi, ovqatlanish odobi, muomala odobi vaboshqalar. Shu jihatdan adabiyot o‘ziga xos o‘rin kasb etadi. Lekin adabiyot faqat odob o‘rgatish bilangina cheklanib qolmaydi. U bizga inson hayotini, uning sezimlarini ko‘rsatib beradi. Uning qalbi, orzu intilishlari, sevinch-armonlari, qayg`u-iztiroblari, bir so‘z bilan aytganda, ma`naviy borlig`ini namoyon etadi. Demak, adabiyot insonshunoslik, ruhshunoslik hamdir.
So‘zlar badiiy matnning yuzaga kelishiga omil bo‘ladi, ammo har qanday matn va so‘z badiiy adabiyotga daxldor bo‘lavermaydi. Buning uchun so‘z muayyan estetik vazifani bajarishi lozim. Shunga ko‘ra ham badiiy adabiyot voqea-hodisalar, insoniy kechinmalar, his-tuyg`ularni bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlaydi. Tasvir so‘zga tayanadi. So‘z sehri, mo‘`jiza bilan o‘ziga mahliyo qiladi, rom etadi. Shuning uchun go‘dak allaga, kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar badiiy ijodning turli ko‘rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydilar. Ularning olamiga kirib qolgach, o‘zlarini ham shu olamga mansub hisoblaydilar, chiqib ketolmaydilar.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish dasturini tuzishda g‘oyaviy estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. Shunday qilib, o‘quv materiallari bolalarga ta'lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo‘igan borliq haqidagi bilimlar va yuksak insoniy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarni badiiy, ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o‘qish dasturlarining tub mohiyatini tashkil etadi.
O‘tmishda vatanimiz va xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o‘qish orqali o‘quvchilarda ijtimoiy- tarixiy bilimlar shakllana boradi. O‘tmish haqidagi asarlarni o‘qish orqali o‘quvchilar g‘azal mulkining sultoni bobokalonimiz Alisher Navoiy, Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Husayn Voiz Koshifiy, Yusuf Xos Hojib, Sa'diy Sheroziy, at-Termiziy va boshqa ko‘plab o‘z davrining buyuk namoyondalari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.
Ona yurt dahlsizligi yo‘lida ajdodlarimiz olib borgan kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Boshlang‘ich ta'lim o‘quv dasturidan o‘rin olgan vatan mavzu'sidagi asarlar o‘quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalqning jangovor mehnati bilan tanishtirishga yordam beradi. Dasturning vatanga, inson e'tiqodi va ma'naviyatiga bag‘ishlangan mavzularini o‘rganish o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda alohida o‘rin tutadi.
Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz, xususan, ozod vatanimizning ramzlari (bayrog‘i, tamg‘asi, madhiyasi) haqidagi asarlar milliy g‘urur tuyg‘ularini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni ham tabiatidan kelib chiqib rollarga bo‘lib o‘qitish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish maqsadga r. O‘quvchilarning o‘quv dasturi talablarini o‘zlashtirishlari uchun sharoit yaratish, ularni darsda faol qatnashishga undash, o‘zlashtirish sur'atlari va imkoniyatlariga qarab qo‘shimcha vazifalar berish, darsning qiziqarli va samarali bo‘lishi uchun mos vazifalardan unumli foydalanish, dars jarayonida bolalar jamoasi e'tiborini jalb qilgan holda muammoli vaziyatni yuzaga keltirish va uning yechimini topish, o‘quvchilarning bilim, malakasini baholash, uyga beriladigan vazifalarni me'yorlash, ularning zo‘riqishlarining oldini olish lozim.
Birinchi she’rlar to‘plami esa 1949-yilda “Sayrang, qushlar” nomi bilan nashr etildi. Kitob adabiy jamoatchilik tomonidan iliq qutib olindi. To‘plamdan munosib o‘rin olgan “Obod o‘lkam”, “Haykal”, “Alla va Jalla” (ertak) singari asarlari mazmundorligi, qiziqarliligi bilan kitobxonlarning e’tiborini o‘ziga jalb etdi.
Bolalarga atab ijod etish, bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun birgina qobiliyat va istakning o‘zigina yetmaydi. Belinskiy ta’rifi bilan aytganda, bolalar yozuvchisi bo‘lib tug‘ilish kerak. Bu bolalar yozuvchisi mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni bo‘lsin, nozik ta’b egasi, go‘dak tabiati va psixologiyasining bilimdoni, mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha soddadil ham dono bo‘lsin, degan mazmunni taqazo etadi, albatta. Biz Po‘lat Mo‘min ijodida ana shunday olijanob xususiyatlar mujassamligini his etamiz.
Shoirning tinimsiz ijodiy mehnati tufayli “Hunardan unar”, “To‘g`ri o‘sgan gul bo‘lar”, “Aql qayerda bo‘lar”, “O‘rinbosarlar”, “Oltin nay”, “Bir yarim Karim”, “Endi adashmaydi”, “Barcha bola do‘st bo‘lsa”, “Rahmatga rahmat”, “Gazpolvon ertak aytar”, “Chang yutar botir”, “Do‘sting qancha ko‘p bo‘lsa”, “Oftob va odob”, “Yaxshilarga o‘xshasam”, “Bu juda soz”, “Eson va Omon”, “Oltmish olti oltin qo‘l”, “Ustozlar izidan”, “Bolalarning baxti kulgan”, “Bir yuz bir oltin qo‘l” she’riy to‘plamlari; “Chanoqvoy bilan Qovoqvoy”, “Bahodirning botirligi”, “Oq fil yo‘qoldi”, “Suqatoy-konfetvoy”, “Ona bolam deydi” kabi ertaklari, pyesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi she’r va qo‘shiqlari doston va ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga tarjima qilinganki, bu faqat shoirning emas, balki o‘zbek bolalar adabiyotining ham yutug‘i, obro‘si hisoblanadi.
Kimda-kim a’lo va yaxshi baholarga o‘qish uchun astoydil intilsa, harakat qilsa, zahmat cheksa, shubhasiz, u maqsadga erishadi. Agar bu intilish jismoniy mehnat bilan qo‘shib olib borilsa, yanada muvaffaqiyatli bo‘ladi. Po‘lat Mo‘min ta’lim va jismoniy mehnatga bag`ishlangan she’rlarida mehnat va mehnatsevar bolalar haqida fikr yuritadi.
Shoir she’rlarida kichkintoylarning jismoniy ishga intilishlari ham yaxshi ochib beriladi. “Oftob chiqdi olamga” asarida u xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalangan. She’rda bolalarning harakati, urinishi, kattalar ishiga ko‘maklashishi nihoyatda ta’sirli va shirali ifodalangan.
Po‘lat Mo‘min haqiqatan ham oftob-bu olam-olam quvonch, shodlik, mehnat, yashash, yasharish ramzi ekanligini kichkintoy do‘stlari qulog‘iga quyishga, buni bola obrazi orqali yanada yorqinroq, ta’sirliroq aks ettirishga harakat qiladi:
Oftob chiqdi olamga, Chopib bordim dalamga. Dadam ko‘chat ekardi, Salom berdim dadamga.
Po‘lat Mo‘minning “Yer chopildi-javob topildi” asarida mehnatdan zavqlanish tuyg`usi yorqin ifodalangan. Asar qahramoni dastlab uyga berilgan topshiriq- misollarni ishlay olmaydi. Shunda u jismoniy mehnat qilishga kirishadi- yer chopadi. Terlab-pishadi. Natijada ko‘ngli yorishadi, fikri oydinlashadi. Uyga berilgan misollarni ham yechadi, yerni ham chopadi. Barcha savolga javob topildi. Shu bahonada yer ham chopildi.
Po‘lat Mo‘minning “5” baho qo‘shig‘i, “Xursandmisiz?, Xursandmiz”, “Sentabrim”, “Uch baho-puch baho” singari qo‘shiqlari o‘qish, ilmli bo‘lish mavzuiga bag`ishlangan. O‘z ustida ko‘p ishlash, kitob o‘qish, dars qoldirmaslik “a’lo” o‘qishning mustahkam garovi ekanligini shoir “Uch baho-puch baho” qo‘shig‘ida qoloq o‘quvchilarni ancha tanqid qilib o‘tadi. Onalarni, keksalarni
hurmat qilish, e’zozlash (“Achom-achom, buvijon”, “Mehribonim, oyijon!”); o‘zaro hurmat, do‘stlikni joyiga qo‘yish (“Bir jahon bolalarimiz”); har bir shodiyona, bayramlarni zo‘r tayyorgarlik bilan kutib olish, chevarlik kasbini bolalikdan bilib borish (“Ko‘ylagim”) shoir qo‘shiqlarining asosi hisoblanadi.
Po‘lat Mo‘min axloq va odob kuychisi hisoblanadi. Bu masala ko‘proq uning “Birovlar”, “Bir odamning afsusi”, “So‘zi shunaqa-o‘zi shunaqa”, “Behzodni bilasizmi?”, “Ulg‘aydimi aqlingiz?”, “Qo‘ling oltin-yo‘ling oltin”, “Birinchi bo‘l, birinchi” kabi she’r va qo‘shiqlarida ochib beriladi.
Po‘lat Mo‘min “Alla bilan Jalla”, “Ziyrak fil va ziqna boqqol”, “Har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga”, “Unutgan o‘g‘il”, “Oltin nay”, “Dono bola”, “Bilganni qari – bilmaydi pari” singari ertak-dostonlarida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan unumli foydalangani ko‘rinib turadi.
Po‘lat Mo‘min dostonchi-shoir sifatida ham juda qadrlidir. Uning “Oltin nokli bog`”, “Ko‘cha-ko‘pchilik uchun”, “Eh, rosa shirin ekan”, “Xolning jiyron velosipedi”, “Ko‘ngil istar yaxshilik” degan dostonlari allaqachon kichkintoylarning sevimli asarlariga aylanib ketgan. Shoirning dostonlarida bolalar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, birodarlik, o‘qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, baynalmilallik kabi masalalar badiiy bo‘yoqlarda, qiziqarli epizotlarda chizib berilgan. Bir so‘z bilan aytganda, maktab o‘quvchilarining hayoti zavq-shavq bilan tasvirlangan.
Po‘lat Mo‘min o‘zining ertak-pyesalari bilan ham yosh kitobxonlar o‘rtasida shuhrat qozondi. Uning “Qovoqvoy bilan Chanoqvoy”, “Suqatoy-Konfetvoy”, “Ona bolam deydi, bola onam deydi” nomli fantastik ertak-pyesalari uzoq vaqtlardan beri bolalarning quvonchiga-quvonch qo‘shib kelayotir.
Muallifning “Qovoqvoy bilan Chanoqvoy” asarining ta’lim-tarbiyaviy tomoni juda katta. Undagi ertaklarga xos shartli, allegorik obrazlar tamomila aniq va hayotiy zaminga asoslangan.
Pyesaning bosh qahramonlardan biri Qovoqvoydir. Uning timsolida muallif dangasalik va beg‘amlik oqibatida darslarni o‘zlashtira olmay, sinfda qoluvchi lapashang va po‘k bolaning tadrijiy takomilini mujassamlashtirgan. Do‘stlari
ta’sirida Qovoqvoyning asta-sekin tuzala borishi, ilg‘orlar qatoriga kirib, mehnatsevarlik va epchillik darajasiga ko‘tarilishi bilan bog‘liq voqealar, bu yo‘ldagi kishilar o‘rtasidagi munosabat, tortishuv va kurashlar pyesa syujetini tashkil etadi.
P.Mo‘min ertak syujetini harakatiga keltirishda bosh va yordamchi - konfliktlardan foydalanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining ashaddiy dushmanlari - chigirtka va kapalaklar o‘z urug‘larini paxtazorlarga tarqatmoqchi bo‘ladilaru Tarvuz, Qovun, Chanoqvoy, Paxtaoy, o‘ujumoy, Lavlagi hamda Sholg‘om kabi kuchlar ta’qibidan qo‘rqadilar. Qovoqvoyning befahm, landavur, beg‘am hamda qo‘rqoqligi zararkunandalarga ish beradi. Ular paxtazorlarga sochishni buyurib, tuxumlari solingan xaltachani Qovoqvoyga zo‘rlab tutqaziladilar. Hashorotlar undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish uchun harakat qilsa, ijobiy qahramonlar Qovoqvoyni tarbiyalamoqchi. Mana shu o‘rtadagi kurash asar konfliktining bosh va etakchi tomonini tashkil etadi.
Mehnatga bo‘yni yor bermay, darslarni o‘zlashtira olmaganidan tashqari, Qovoqvoy tanbal, yalqov, fahm-farosati kam, bo‘shang, ayni vaqtda u, haddan ziyod chiranchoq. Uning xarakteridagi bu sifatlar asardagi ijobiy kuchlar bilan bo‘lgan ziddiyat va to‘qnashuvlarda ochib tashlanadi, Qovoqvoy asta-sekin tuzalish tomon yo‘naltiriladi. Bir-birini o‘rtoqlarcha samimiy tanqid qilishga asoslangan ijobiy kuchlar o‘rtasidagi shu ziddiyatlar dramatik konfliktning yordamchi chizig‘ini yuzaga keltiradi. Konfliktning yordamchi chizig`i esa yaxshi ishlangan va qahramonlar xarakterini chizib berishda, asarning muvaffaqiyatini ta’minlashda katta xizmat qilgan. Po‘lat Mo‘min Qovoqvoyning maqtanchoqligini fosh etib, uni izza qilishda to‘g`ridan-to‘g`ri zalga-tomoshabinlarning o‘ziga murojaat etish bilan o‘ziga xos yutuqqa erishgan: Qovoqvoyning “Mendan karra jadvalni so‘rang, suv qilib ichib yubordim” degan mazmunda kerilib savol-javob o‘ynashi zalni faollashtiradi, maqtanchoqning miyasi g‘ovlab, o‘sal bo‘lishi qalblarga samimiy kulgi shavqini soladi.
Chiranchoq Qovoqvoyning jismoniy zaif va po‘kligi kamtarin Tarvuz bilan yuz bergan tortishuv va to‘qnashuvlarda Tarvuzdan engilib zil ketsa, ikkinchi
tomondan qadam-baqadam Qayratga kira boradi, badan tarbiya mashqlari foydasini, mehnatsevarlik manfaat keltirishini anglaydi.
Qovoqvoyning qayta tarbiyalanishida ayniqsa, Chanoqvoy hal qiluvchi rol’ o‘ynaydi. Boshda Chanoqvoyning odilona, samimiy, do‘stona maslahatlariga mensimay qarb, quloq solmagan Qovoqvoy “Sehrgar” gaplarini jon dili bilan tinglaydi. Uning ko‘rsatmalariga amal qilib, karrani o‘rgana boradi, Qayratga kiradi, faollashadi. Zararkuranda hashoratlarga qarshi kurash, ularni tutishda faollik ko‘rsatish darajasiga ko‘tariladi. Biroq uning xarakteridagi zaif tomonlar tezda uzil-kesil yo‘qolmaydi. U endi do‘stlariga “Sehrgar”ni uchratganligi bilan maqtanadi. Muhimi shundaki, do‘stlar uni qayta tarbiyalashga, o‘z saflariga qaytarishga muvaffaq bo‘ladilar.
Asarda Chanoqvoy xarakteriga mos va etarli material berilgan. Xususan, muallif uning tilini individuallashga alohida e’tibor bergan. Pyesaning she’riy kuch, yumoristik va satirik fazilatlari ham Chanoqvoy, Qovoqvoy, Tarvuzvoy nutqida, ularning dialog va monologlarida yaxshi ko‘rinadi.
Bu asardagi yaxshi fazilatlar dramaturgning boshqa bir ertak-pyesasi “Suqatoy-Konfetvoy”da ham ko‘ringan. Tematikasi va g‘oyaviy yo‘nalishi, uslubi jihatidan bu ikki asar bir-biriga yaqin. Unda ham ilm, odob, halollik va mehnatsevarlik ulug`lanadi. Voqea bilim xola, Janjal xola, Qurt o‘rtasidagi kurash asosida rivojlanadi.
Po‘lat Mo‘minning butun e’tibori, ijodining mohiyati bolalarga hayot yo‘lini ko‘rsatib berishga intilishdan iborat. Shu pyesadagi Aqljon bilan Odobjon aytganidek:
Aql, Odob, Fan yo‘li, Yo‘llarning eng ma’quli, Kimki yursa shu yo‘ldan Ishi keladi o‘ngdan, Yo‘llar eltar maktabga, Yetkazadi maqsadga.
Bugina emas, bolalar Po‘lat Mo‘minning o‘nlab topishmoqlarini ham sevib o‘qib o‘rganadilar va zehnlarini charxlaydilar.
Bolalarni boshlang‘ich sinfga qabul qilgan o‘qituvch to‘rt yil mobaynida o‘quvchilar ustida muttasil ishlaydi. Sababi 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning xarakter xususiyatlari shuni taqozo etadi. Pedagog shu to‘rt yil davomida o‘quvchilarinining faolligini kuzatib, ularni ma’lum maqsad sari yo‘naltiradi. Bu jarayonda o‘quvchilar faolligining rivojlanishida har bir fanning, jumladan, “O‘qish” fanining o‘z o‘rni bo‘lib, o‘qituvchi ularning ushbu fanlardan o‘zlashtirish darajasini muntazam ravishda kuzatib boradi. Chunki har bir fan o‘quvchida biron bir xususiyatni shakllantiradi.



Yüklə 64,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin