Mavzu: Sinfdan tashqari ishlarni tashkillashtirishning milliy asoslari mavzusi bo`yicha tayyorlagan
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” yo’nalishi
Тarbiya har bir insonning xayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarini ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta’kidlangan: siyosiy tuzumiing o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g`oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir.
Тarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik ma’naviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq ta’lim tizimidan islohotlarda olimlar va ijodkor o’qituvchilarning izlanishlarida o’z aksini topmoqda.
Birinchi Prezidenimiz I.A.Karimov o’zining «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» komil risolasida shunday deb yozgan edi:
«Хalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur bo’lgan bunday sohalarga birinchi va eng katta xomiy – davlatning o’zi. Ma’naviyat juda nozik tarbiyaviy soha buni o’zbilarmonlikka tashlab qo’yib bo’lmaydi».