Djurayeva shaxnozaning tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/13
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#113674
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sirtqi 10.05.2023

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTЕTI
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi
9-15BTUS-19 guruh talabasi

DJURAYEVA SHAXNOZANING
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANIDAN

O‘quvchilarda tabiatni asrashga o‘rgatish orqali ekologik madaniyatni shakillantirish metodikasi


mavzusida yozgan


KURS ISHI


ILMIY RAHBAR: Yunusova Sh.Y.

BUXORO-2023




REJA:
I BOB. O‘quvchilarga tabiatni asrashni o‘rgatishda “Tabiiy fanlar” o‘quv predmetining o‘rni va ahamiyati.
1.1. Tabiiy fanlarnio‘qitishning asosiy maqsad va vazifalari
1.2. O‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompitensiyalarini namoyish etish talablarini belgilash.
1.3. “Tabiiy fanlar” fanlar darslarida o‘quvchilarni baholash mezonlari.
II BOB. O‘quvchi yoshlar ongiga ekologiya, ekologik madaniyat tushunchalarini singdirishda interfaol metodlardan foydalanish.
2.1. Yosh o‘quvchilarning ekologik bilimlarini, ekologik madaniyat tushunchasini rivojlantirishda integratsion darslarni tashkil qilish
2.2. O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirish orqali atrof muhit bilan to‘gri munosabat qurishni o‘rgatish.


Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Kirish


Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg‘or, demokratik hamda insonparvar g‘oyalarga tayangan, hamda yangicha mazmunga ega bulgan ta’lim jarayonini tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, tag‘lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasi sanaladi.
Bu muhim vazifaning ijobiy hal etilishi ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy o‘rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy o‘quv yurti faoliyatlariga tatbiq etish borasida amaliy harakatlarni olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. Ushbu nazariy xulosaning amaliy tadbiqi sifatida bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida umumiy o‘rta ta’lim tizimida ham izlanisharning tashkil etilayotganligi alohida e’tiborga molikdir. Zero, oliy ta’lim tizimi ijtimoiy zaruriyat sifatida namoyon bo‘layotgan malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Umumiy o‘rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy o‘quv yurtlarida turli o‘nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlash davrning o‘ta muhim talabi bo‘lib, bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish alohida dolzarblik kasb etadi.
Oliy ta’lim mazmunini yangilash jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning umumiy mehnat va kasbiy ko‘nikma hamda malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash masalasining samarali hal etilishiga alohida ahamiyat qaratilishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida o‘qituvchilarning mehnat bozoriga moslashuvini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni talabalarda zaruriy ishlab chiqarish iqtisodiy mazmunga ega faoliyat, ko‘nikma va malakalari sifatini shakllantirishga e’tiborni qaratish talab etiladi. Biroq, ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qo‘yilayotgan yangi, yanada yuqoriroq talablar, shuningdek, talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini, yangi pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish bilan yangicha fikrlovchi mutaxassisni shakllantirish imkonini beruvchi sharoitlarning ishlab chiqilmaganligi o‘rtasida ob’ektiv qarama-qarshilik mavjud.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston buyuk kelajagining egalaridir! Shu sababli Prezidentimiz butun mamlakatimiz diqqat e’tiborini barkamol avlod tarbiyasiga qaratmoqda.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin