Djurayeva shaxnozaning tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan


Kurs ishining o‘rganganlik darajasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/13
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#113674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sirtqi 10.05.2023

Kurs ishining o‘rganganlik darajasi: O‘quvchilarda tabiatni asrashga o‘rgatish orqali ekologik madaniyatni shakillantirish metodikasiga doir ilk ma’lumotlar K. Suyarov, M. Baymurotova, Z. Sangirova, M. Hojiyeva, muallifligidagi “Tabiiy fanlar” 3-sinf kitobida uchraydi. Ushbu kitobda matnlar ustida ishlash, tahlil qilish uchun ko‘rgazmali ta’limga e’tibor qaratilgan. Milliy dastur asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “Tabiiy fanlar” kitoblarida audio matnlar berilgan bo‘lib, bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan, interfaol usullardan foydalanib matnlar ustida ishlash uchun berilgan. “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish” kitobida tabiat darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish masalalari tahlil qilingan.
Kurs ishining maqsadi: Tabiiy fanlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarni o‘zlari yashab turga muhit, ona tabiat bilan yanada yaqinroq tanishtirish,ekologik mdaniyatni shakllantirish, ularning murg‘ak qalbiga o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish, nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish hamda o‘quchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iborat.
Kurs ishining obyekti. O‘quvchilarda tabiatni asrashga o‘rgatish orqali nutqini o‘stirish va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. Bizga ma’lumki, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan bolaning faoliyatida o‘yin asosiy o‘rinni egallaydi.O‘yin ularning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lib ular har qanday mashg‘ulotni o‘yin bilan uyg‘unlashtirishga harakat qiladilar.
Ta’lim tizimidagi islohotlar munosabati bilan boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan talablar ona tili va o‘qish darslarida matnlar ustida ishlashda pedagogik texnologiyaning rivojlantiruvchi, shaxsni muayyan maqsadga yo‘naltirish, izlanish, muammoli o‘qitish, mustaqil ish usullaridan foydalanishni taqazo etmoqda.
Mazkur kurs ishida darslarni aqliy hujum, mustaqil tahlil, ta’limiy o‘yin, turli ko‘rinishdagi yozma ishlar, o‘z bilimini tekshirish,integratsion darslarnin tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanishga alahida e’tibor beriladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin