Djurayeva shaxnozaning tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan


“Tabiiy fanlar” darslarida o‘quvchilarni baholosh mezonlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə8/13
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#113674
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Sirtqi 10.05.2023

1.3. “Tabiiy fanlar” darslarida o‘quvchilarni baholosh mezonlari.

Bilimlar

  • fanning mazmuniga oid;

  • metodologik

  • epismetik

Munosabat

  • tabiiy fanlarga qiziqish;

  • tadqiq etilayotgan masalaga ilmiy yondashish;

  • atrof-muhit bilan bog’liq masalalardan xabardorlik



Metodik qo‘llanmada baholash tizimi mezonlarga muvofiq amalga oshirilishi hamda formativ va summativ baholashni mujassamlashtirishi nazarda tutilgan. Mezonga asoslangan baholash - o‘quvchining ta’lim natijalarini, bilim, ko‘nikma va malakalarini barcha uchun umumiy mezonlarga ko‘ra baholash shaklidir.
Mezonga asoslangan baholash turlari:
Formativ (shakllantiruvchi, joriy) baholash – ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va o‘qituvchi hamda o‘quvchi o‘rtasidagi qayta aloqani ta’minlash maqsadida o‘tkaziladigan baholash jarayonidir. Formativ baholashda o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatish huquqiga ega. Bu o‘quvchining imkoniyatlarini aniqlash hamda yaxshi natijalarga erishishiga yordam beradi.
Summativ yoki yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bir muhim bosqichida (chorak, o‘quv yili oxirida) o‘quvchining ta’limiy maqsadlarga qay darajada erishganini aniqlash jarayoni hisoblanadi. Summativ baholashning maqsadi ma’lum vaqt oralig‘da o‘quvchilarning bilim darajasi va ko‘nikma-malakalarini shakllantirish hamda olingan natijalarning standart talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Summativ ichki baholash oqituvchilar yoki maktab ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir darsni formativ baholash uchun 6-8 nafar o‘quvchini tanlab va ularga darsning borishi bo‘yicha o‘quvchiar javobini yozib borishi kerakligini tushuntirib, o‘zingizga yordamchi qilib olishingiz mumkin.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin