Djurayeva shaxnozaning tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan


Eshitish (og‘zaki rag‘batlantirish)



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə9/13
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#113674
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Sirtqi 10.05.2023

Eshitish (og‘zaki rag‘batlantirish). O‘qituvchi o‘quvchilarni eshitish va tinglash orqali baholashini nazarda tutadi. Oqituvchi o‘quvchilarning bergan javoblarini eshitishi, guruhlarda muhokama qilishi hamda ularni rag‘atlantirishi zarur.
Kuzatish (loyiha ishlari va amaliy mashg‘ulotlar). O‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini kuzatishi orqali baholashni nazarda tutadi. O‘qituvchi kichik taqiqotni o‘tkazishda o‘quvchilarning amaliy topshiriqni hamkorlikda bajarishlarini ta’minlashi, faol ishtirok etayotgan o‘quvchilarni alohida qayd etib o‘tishi, o‘quvchilarning javoblarini diqqat bilan tinglashi, ularning bilim va ko‘nikmalaridagi bo‘shliqlarni to‘ldirishi, mavzu yuzasidan xulosalarni sinf bilan birgalikda muhokama qilishi muhim.
Savol-javob: o‘qitivchi o‘quvchilar faoliyatini savol javob orqali baholashini nazarda tutadi. O‘qituvchi o‘quvchilar muhokamasini tinglashi, faol o‘quvchilarga e’tibor berishi muhim. O‘quvchilarda tushunchalarning to‘g‘ri shakllanishi uchun savollar berish orqali murojaat qilishi, noto‘g‘ri javoblarni vaqtida bartaraf etish uchun sinf bilan muhokamaga kirishi lozim.
Yozma. O‘qituvchi o‘quvchi bajargan vazifani baholashda o‘quv maqsadiga qay darajada erishilganiga e‘tibor beradi. Yozma tarzda fikr yozadi.

  • Topshiriqlarning muvoffaqiyatli tomonlarini ko‘rsating;

  • Topshiriqni fan maqsadlariga yaqinlashtiradigan takliflar bering;

  • O‘quvchilarni mavzu bo‘yicha chuqurroq o‘ylashga yo‘naltiring.

Baholash jarayonida ko‘plab o‘quvchilar uchun umumiy bo‘lgan bilim va ko‘nikmalaridagi bo‘shliqlarni yoki noto‘g‘ri tushunchalarni qayd qiling. Keyingi darslarda bularni sinfda muhokama qiling.
Boshlang'ich sinflarda o‘qituvchi o‘quvchi bajargan vazifanibaholashda o‘quv maqsadiga qay darajada erishilganiga e’tibor beradi. Savollarning javoblariga ko‘ra o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni eshtish va tinglash orqali baholash nazarda tutiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning bergan javoblarini eshtishi, guruhlarda muhokama qilishi hamda ularni rag‘batlantirishi zarur.
Bugungi kunda Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohani rivojlantirish bilan bog‘liq yo‘nalishiga daxldor bo‘lgan ta’lim sohasini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha qator maqsadli dasturlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni umumta’lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy metodologiyani qo‘llash, ta’lim jarayoniga kompetentlik nuqtayi nazaridan yondashish orqali ta’lim oluvchilarning layoqatlilik darajasini oshirish maqsad qilib olingan.
O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiya bo‘yicha: mavzuga oid o‘rganilgan hodisalar, tamoyillar va ularning farqlari, o‘xshashliklarini ajratishda topshiriqlarni noto‘g‘ri bajarsa-da, javob berishga harakat qilinishi e’tiborga olinadi. O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiya bo‘yicha: o‘quv materiali bo‘yicha egallanadigan bilim, ko‘nikma va malakalarni qisman o‘zlashtirgan holda asosiy ma’lumotlarni ishonchli ravishda to‘g‘ri bayon eta olsa, tadbirlarda ishtirok etishi e’tiborga olinadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida o‘quvchining ham bilimini, ham kompetensiyalarini baholashda yagona “5” ballik tizimdan foydalanilsa, o‘qituvchi faoliyati uchun qulay bo‘lar edi. Shu bilan birga sinf jurnali, o‘quvchi tabeli hujjatlarida sinf o‘quvchilarning ma’lum o‘quv yilida erishgan natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot ham sodda va aniq o‘z ifodasini topgan bo‘lar edi.




Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin