Djurayeva shaxnozaning tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/13
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#113674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sirtqi 10.05.2023

Kurs ishining predmeti. Tabiiy fanlar darslarida ekologik madaniyat jarayoni. Ma’lumki, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirish, erkin va teran fikrlashga, o‘z fikrini ravon ifodalashga, jonli va jonsiz tabiat bilan adolatli va to‘g‘ri munosabat qurishda, bizni o‘rab turgan borliqni o‘rgatishda tabiiy fanlar darslarining ahamiyati kattadir. Tabiiy fanlar daslari orqali o‘quvchilarning Milliy dastur talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv, ko‘nikma-malaka hamda bilimlarni puxta egallashlariga yo‘l ochiladi.
Kurs ishining vazifalari:
Boshlang‘ich sinflarda ekologik madaniyatni shakillantirishda Tabiiy fanlar darslarining maqsad- vazifalarini ko‘rsatib berish;
Boshlang‘ich sinfda o‘rgatilayotgan tabiatni asrash, ekologik madaniyatni shakillantirishning mazmun- mohiyatini yoritib berish;
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ekologik madaniyat malakalarini takomillashtirish yo‘llarini o‘rganish;
Boshlang‘ich sinflarda tabiatni asrashga o‘rgatishning interfaol metodlarni qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatish;
Boshlang‘ich sinflarda ekologik madaniyatni shakillantirishni o‘rganishning ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini ochib berish.
Kurs ishining metodlari: kurs ishi yozish jaroyonida ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish, analiz va sintez, kuzatish va taqqoslash metodlaridan foydalanish
Kurs ishining metodologik asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev hozirgi zamonda hamma jabhalarda ilm, bilim va salohiyat suv bilan havoday zarurligini o‘rganishga oid asarlari tadqiqotning metodologik asosini tashkil etadi. Shuningdek, ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib hozirgi adabiyotshunooslik erishgan ilmiy- nazariy yutuqlar va yangicha qarashlarda hamda mustaqillikdan keyin nashr etilgan ilmiy maqolalarga tayandik. Kurs ishida qo‘yilgan masalalarni yoritishda I. Azimova, K. Mavlonova, S. Qur’onov, Sh. Tursun, Z. Ro‘zmetov , Hamroyev A., Umarova M. kabi olim-u olimalarimizning ilmiy fikr vaxulosalariga tayandik.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishi kirish, ikki band, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar majmuasidan iborat.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin