Bob bo’yicha xulosa STO’ darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo’linadi:
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Unga darsning bir qismi − 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun “STO’ ma’lumoti” deb yuritiladi.
2. Boshlang’ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning o’qish malakalarni mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlari baholanadi.
STO’ bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o’qishga topshirilishi, alьbomlar tayyorlanishi, kinofilьm va diafilьmlardan parchalar ko’rsatilishi, musiqiy daqiqalar o’tkazilish hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o’rash o’rgatiladi, “Ertaklar bayrami”, “Ifodali o’qish tanlovi” o’tkaziladi.
Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo’lgan yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda mustaqil o’qishni yaxshi ko’rishlariga erishish juda muhimdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari Metodikaning vazifalaridan biri STO’ uchun kitoblar tanlash, o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir.