Mavzu: sinfdan tashqari o‘qish darslarida a. Bеgaliеv ijodini o‘rganish mundarija kirish I bоb sinfdan tashqari o‘qish darslarining ahamiyati va muhim vazifalari


Sinfdan tashqari o‘qish darslarida A.Begaliev ijodini o‘rganishning o‘rni va ahamiyati



Yüklə 124,36 Kb.
səhifə6/7
tarix13.12.2023
ölçüsü124,36 Kb.
#175536
1   2   3   4   5   6   7
16. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida A.Bеgaliеv ijodini o‘rganish

2.2 Sinfdan tashqari o‘qish darslarida A.Begaliev ijodini o‘rganishning o‘rni va ahamiyati.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qish darslarining o‘rni beqiyos bo‘lib, uni barcha fanlarning umumlashgan ko‘rinishi, fanlarning tomiri deb aytishimiz mumkin. Chunki o‘qish darslari o‘quvchilarni tez va ifodali o‘qishga, adabiyotga oid bilimlar bilan tanishishga muvofiqlashtirilgan -, ammo barcha fanlar: tabiatshunoslik, odobnoma, ona tili, mehnat va boshqa fanlarga doir ma’lumotlar ham berib o‘tiladi.
Boshlang‘ich sinfda savod o‘rganish davri tugagandan so‘ng, “O‘qish kitobi”ni o‘qishga o‘tiladi. O‘qish darslari o‘quvchilarning fikrini, nutqini o‘stirish har tomonlama tarbiyani amalga oshirish hamda, o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlari bilan boshqa o‘quv fanlari orasida alohida o‘rin tutadi.
Boshlang‘ich ta’lim ustalari ish tajribasining ko‘rsatishicha, qayerda o‘quvchilarga talabchanlik, yuksak hurmat, muhabbat, ishonch kuchli bo‘lsa, o‘sha yerda yuksalish, rivojlanish samarali va sezilarli bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Sababi, uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun boshqa fanlarni, ta’limning tub mazmun-mohiyatini o‘qish ta’limisiz, ya’ni harflarni tanimay turib, so‘z mohiyatini, lug‘aviy ma’nosini anglab yetmay turib, eng avvalo, o‘zligini, qolaversa, olamni anglashini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Shu maqsadda “O‘qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugingi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy – ma’naviy qadryatlar, xalqlar dostligi va tinchlik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommobop asarlar kiritiladi. Shu bois “O‘qish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shakllanishiga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari o‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va tarbiya berishni ko‘zda tutadi.
Bunday mavzular o‘quvchining yashab turgan muhitidan, ularning yoshi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar asosidan kelib chiqib, yozilgan qisqa matnlarni o‘zlari ishtirokida kichik teatrlar sahnalashtirish orqali yosh avlodni mutolaa qilishga, turli qiziqarli va badiiy asarlarni o‘qishga o‘rgatish, bu bilan ularning dunyoqarashini kengaytirish barobarida darsda o‘quvchining faolligini oshirishga yordam beradi. O‘quvchilar o‘qigan kichik matnni teatr-sahna ko‘rinishi shaklida ko‘rsa, boshqa o‘qiydigan asarlarini ham ko‘z oldida tasavvur qilish doirasini ham kengaytiradi va bu bilan yoshlarni badiiy asar orqali hayotning turli jabhalarini, rang-barangligini va bilim darajasini adabiy estetik tarbiya bilan chambarchas bog‘lab olib boriladi.
Bundan tashqari o‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv, ko‘nikma-malakalari hamda kerakli bilimlarni egallashlariga turtki bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinfning savodxonlik davrida harf va tovushlar, bo‘g‘in ko‘chirish, so‘z va o‘qish texnikasini egallagandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommobop matn va asarlar, kichik she’rlar yuzasidan olib boriladi.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha DTS va boshqa o‘quv dasturida o‘qish ta’limi oldiga qo‘yiladigan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil etish, o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, eng avvalo, ilg‘or pedagogik texnalogiyalardan o‘rinli foydalanishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Ma’lumki, o‘qish darslari kichik syujetli matn va asarlardan boshlanadi, o‘qituvchi avval o‘qiladigan matn oldidan o‘quvchilarda shu matn yuzasidan tushuncha hosil qiladi.
Matn bilan dastlabki tanishuvdan so‘ng savol-javob o‘tkaziladi, o‘qituvchi quyidagi mazmunda savollar bilan murojat qilish orqali darsda o‘quvchilar faolligini oshiradi:
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umuta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beruvchi dastur.
Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va bosha me’yoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat ta’lim standartiga amal qilish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta`lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv—umslubiy majmualarni yaratish va o‘quv- tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash umumiy o‘rta ta`limning aosiy vazifalaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Pedagogik texnologiya o‘zi nima?
Pedagogik texnologiyaning YUNESKO tashkiloti ma`qullagan ta`rif quyidagicha: “Pedagogik texnologiya bu, ta`lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta`sirini inobatga olib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli metodidir”.1
Darhaqiqat, ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta`lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarini mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
O‘quvchilarning qiziqarli topshiriqlar asosida o‘qitish, o‘qishga o‘yin tusini beradi. Bola o‘ynab charchamagandek, o‘qib ham charchaganini sezmaydi.
O‘qish darslari quyidagi vazifalarni bajaradi: O‘quvchilar asar mazmunini to‘g‘ri idrok etishlari, bilimlarni mukammal egallashlari uchun hayot haqida ma`lum tasavvurga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi. Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:

  1. O‘quvchilarni asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarni boyitish, matnni ongli idrok etishga ta`sir etadigan yangi ma`lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan voqea-hodisalarni o‘quvchilar o‘z hayotlarida kuzatganlari bilan bog‘lay olishlariga sharoit yaratish. Bunda yangi pedagogik texnologiyaning “Interfaol” metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. CHunkiinterfaol metodining asosiy maqsadi o‘quchilarning mustaqil fikrlash va erkin fikr bildirish malaka, ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

  1. Ijodkorning hayoti bilan elementar tarzda tanishtirish, shoirga uning hayotiga, ijodiga qiziqish uyg‘otish. Bu vazifani amalga oshirishda video, diafil’m va sharoit bo‘lsa komp’yuterlardan foydalanishimiz yaxshi samara beradi. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘proq eshitishdan ko‘ra ko‘rgan voqea- hodisalarini tez esda saqlab qoladilar va darsga bo‘lgan qiziqishlari ham ortadi.

Kuzatishlarimizning natijasi shuni ko‘rsatadiki, an`anaviy dars o‘tish ta`limning samarali modellaridan biri bo‘lib qolmoqda.
An`anaviy dars — muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir.
O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganda, an`anaviy dars — ko‘p hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo‘lib qolmoqda.
Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. Shu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb ham atashadi.
An`anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli — tuman o‘quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib kelar ekan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik — kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o‘yinlar metodlarini qo‘llash, rang—barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o‘quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil
bajarishga undash, rang — barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.
An`anaviy dars o‘tishning asosiy tarkibiy qismlari

  1. Kirish o‘tgan materialni takrorlash; dars maqsadini tushuntirish; dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish.

  1. Yangi mavzuni yoritish yangi mavzuni kichik — kichik bo‘lakchalarga bo‘lib berish; rang — barang misollar imkoni boricha ko‘rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o‘quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash.

  1. “Teta—poya”mashq Biror misol (yoki masalani) o‘quvchilar bilan qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish:

  1. Yo‘naltirib turiluvchi mashq O‘quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o‘qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.

  1. Mustaqil bajariladigan mashq O‘quvchilar mashqni mustaqil holda o‘qituvchi yordamisiz bajarishadi.

  1. O‘quvchilar tushunganlik darajasini tekshirish

  2. Yakunlash

Dars mavzusining asosiy tushunchalari va o‘quv maqsadlarini jamlash.
An`anaviy ta`lim metodlarining afzalliklari:

  • Ma`lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali.

  • O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o‘qitish muxitini yuqori darajada nazorat qilinishi.

  • Vaqtdan unumli foydalanish.

  • Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. Kamchiliklari:

  • O‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar.

    • O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi.

    • O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi.

    • Eslab qolish darajasi hamma o‘quvchilarda bir —xil bo‘lmaganligi sababli, sinf buyicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin.

    • Mustaqil o‘rganish va echimlar qabo‘l qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
      O‘qitishning noan`anaviy modellari

Markazda o‘quvchi bo‘lgan o‘quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:

    • O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish

    • Ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish

    • O‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish

    • O‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab — quvvatlash

    • Amaliyot orqali o‘rganish

    • Ikki tomonlama fikr — mulohazalar bilan ta`minlash

    • O‘qish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish

    • O‘qituvchi — o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini yengillashtiruvchi shaxs

Noan`anaviy o‘qitish modelini shartli ravishda 3ga ajratish mumkin.
Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini (modelini)
sinfxonada yaratish va ularda o‘quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o‘rganish modeli—o‘quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadigan metod.
O‘rganishning tadqiqot modeli — o‘quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‘zda tutuvchi metod.
Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lgan) o‘qitish metodlarning afzalliklari:

  • O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi.

  • O‘z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.

    • Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi.

    • O‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi.

  • Motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi.

  • O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.

  • Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi.

  • O‘z—o‘zini baholashning o‘sishi.

    • O‘quvchilarning predmetning mazmuniga. o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati.

    • Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berishi.

  • Nafaqat mazmunini o‘zlashtirishga yordam bermay, balki

tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi.

  • Muammolar echish ko‘nikmalarining shakllanishi. Kamchiliklari:

  • Ko‘p vaqt talab etilishi.

    • O‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.

    • Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi.

    • “Kuchsiz” o‘quvchilar bo‘lganligi sababli “kuchli” o‘quvchilarning ham past baho olishi.

    • O‘qituvchining o‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar echish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi.



XULOSA
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida A.Begaliev hayoti va ijodini o‘rganish jarayonida o‘qituvchi katta malakaga, mahoratga va tajribaga ega bo‘lmog`i lozim. Uning har bir darsi bir sahnaviy asarga o‘xshashi, bu orqali o‘quvchilar qalbiga sezilarli ta`sir o‘tkaza olishi kerak. Toki, o‘quvchi dars tugasa ham, shu o‘qituchining darsini intiqib kutadigan bo‘lsin. Hattoki, o‘qituvchi uyidan yomon kayfiyatda chiqqan bo‘lsa ham, bu kayfiyati o‘quvchilarga salbiy ta`sir etmasligi kerak. Bu kabi holatlarni biz aktyorlardagina, hofizlardagina uchratmaymiz. Balki o‘qituvchilarda ham shu kabi vaziyatlarga ko‘p bora duch kelamiz.
O‘qituvchi ham har bir darsini ana shunday hayotiy voqealarni, ya`ni o‘zini qiynagan voqealar bilan uyg`unlashtirmagan holda, olib borsa o‘quvchilar undan o‘ziga xos tarzda xulosa chiqaradilar, shuningdek, o‘rganayotgan bo‘lim materiallarini to‘liq o‘zlashtirishlariga erishiladi ham.
Umuman, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida A.Begaliev hayoti va ijodini o‘rganish shu sinfdagi darslikdagi bo‘lim materiallari bilan yaqindan tanishtirish jarayonida mazkur har xil janrdagi asarlarga bo‘lgan ularning qiziqishlarini orttirishga erishilishi lozim bo‘ladi. Buning uchun har bir boshlang`ich sinf o‘qituvchisi pedagogik mahoratga ega bo‘lgan holda ta`lim jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklardan boxabar bo‘lishi, ularni dars jarayonida bolalarning yoshi va xarakter xususyaitlarini e`tiborga olgan holda qo‘llay bilishi lozim bo‘ladi.
Agar o‘qituvchi o‘z ustida ishlamas ekan, albatta uning olib borgan har bir darsi bolalarda yaxshi taassurot qoldirmaydi. Vaholanki, o‘qish darsi fanlar ichida eng qiziqarli va o‘quvchilarning diqqatini tortuvchi fan bo‘lib, bu darsni zerikarli ravshida tashkil etib olib borish yaramaydi. Shuni e`tiborga olgan holda Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida A.Begaliev hayoti va ijodini o‘rganishga,
bu mavzulardan o‘zlariga ijobiy xulosalarni chiqarib olishlariga urg`uni qaratdik. Sababi, bu dasradagi mavzular bolalarning ta`lim, tarbiyasida, ma`naviy kamolotida katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bu mavzularni o‘tish jarayoniga befarq munosabatda yondashib bo‘lmaydi. Buning uchun ta`lim jarayoniga kirib kelgan yangi pedagogik texnologiya, integratsiya, modulli texnologiya, interfaol uslulardan keng qamrovda foydalanib darslarni tashkil etib olib borishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Ayniqsa, interfaol usullar, modulli texnologiya asosida olib borgan darslarimiz o‘quvchilarda katta qiziqishni uyg`otdi. Bu o‘z navbatida ularni mustaqil va erkin mushohada yuritishga, o‘z fikrini qo‘rqmay ayta olishiga ham sabab bo‘ldi.
Shuning uchun ta`lim jarayonida interfaol usullardan bolaning yosh xususiyatini e`tiborga olgan holda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida A.Begaliev hayoti va ijodini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 124,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin