Mavzu: Sinxron generatorda qisqa tutashuvlar. Reja: Kirish



Yüklə 239,74 Kb.
səhifə4/5
tarix13.05.2023
ölçüsü239,74 Kb.
#112717
1   2   3   4   5
Документ Microsoft Word (2) zafarbek 2 etq

Sinxron dvigatellar
Sinxron dvigatellarning asosiy xususiyati shuki, ular ilgarilovchi tokni iste’mol qilib ishlay oladi, ya’ni dvigatel boshqa energiya iste’molchilarining reaktiv quvvati o‘rnini qoplab butun korxonaning quvvat koeffitsienti chs ni oshiradi. Xuddi generatorlardagi kabi sinxron dvigatellarda ham reaktiv quvvatning, yahni chs ning o‘zgarishiga uyg‘otish tokini rostlab erishiladi. Normal uyg‘otishga mos uyg‘otish tokida chs=1. Uyg‘otish tokining kamayishi statorda kechikadigan (induktiv) tok paydo bo‘lishiga, uyg‘otish tokining kattalashishi o‘ta uyg‘otilgan dvigatel statordan ilgarilovchi (sig‘imli) tok hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ta’minlash tarmog‘i kuchlanishining o‘zgarishini asinxron dvigatelga qaraganda kam sezishi ham sinxron dvigatellarning afzalligidir. Sinxron dvigatellarni bevosita tarmoqqa ulab ishga tushirib bo‘lmaydi, chunki stator cho‘lg‘ami tarmoqqa ulanganda aylanuvchi magnit maydon vujudga keladi, rotor esa qo‘zg‘almaydi. SHu sababli dvigatelni ishga tushirish uchun avval rotorning aylanish chastotasini sinxron chastotaga yoki unga yaqin chastotaga keltirib olish kerak. Hozirgi vaqtda SD ni asinxron ishga tushirish keng qo‘llaniladi. Dvigatelning cho‘lg‘ami uch fazali tarmoqqa ulanadi va xuddi qisqa tutashgan rotorli AD lar kabi ishga tushiriladi. Dvigatel sinxron chastotaga yaqin chastotaga erishgach, uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok tarmog‘iga ulanadi va dvigatel sinxron holatga o‘tadi, ya’ni rotorning chastotasi sinxron chastotagacha kattalashadi.
Sinxron dvigatellarning tavsiflari
Tarmoq toki bilan uyg‘otish toki orasidagi grafik bog‘lanish U – simon tavsifi deb ataladi (14.7-rasm). Rasmda ikki xil nagruzka qiymatlaridagi U – simon tavsiflar ko‘rsatilgan. Tavsiflarning chap qismi SD to‘yinmagan uyg‘otish rejimida, o‘ng qismi esa o‘ta to‘yingan uyg‘otish rejimida ishlashga mos keladi. Tokning eng kichik qiymatiga chs=1 da erishiladi. 1-tavsif mashinaning salt ishlash rejimi uchun; 2-tavsif esa dvigatelning valida ma’lum miqdordagi mexanik yuklanma R bo‘lgandagi rejim uchun ko‘rsatilgan; 3-egri chiziq bog‘lanishni ifodalaydi.


14.7 – rasm.

14.8 – rasm.
Aylanish tezligining yuklanish momentiga bog‘liqligi yoki dvigatelning mexanik tavsifi deyiladi (14.8-rasm). Bu tavsif mutloq qattiq tavsif deyiladi.
Sinxron mashinaning asosiy quvvat isroflari stator va rotor cho‘lg‘amlaridagi, o‘zaklardagi isroflardan hamda mexanik isroflardan iborat. Barcha quvvat isroflarini P orqali belgilab, uch fazali SD ning foydali ish koeffitsientini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:
,
bunda U va I – faza kuchlanishi va tokining ta’sir etuvchi qiymatlari.

Yüklə 239,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin