Mavzu smm platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, Tel
SMM platformalari bilan tanishish. Instagram tarmog„i SMM bilan ikki xil usulda shug‘ullanish mumkin: 1. Faol tarzda, 2. Sust
holatda. Agar SMM bilan faol shug‘ullanishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlarning
maxsus SMM uchun mo‘ljallangan xizmatlarini harid qilishingiz kerak bo‘ladi. Bu
xizmatlarga o‘ziga xos postlar, foydalanuvchi qiziqishlaridan kelib chiqib
ko‘rsatiladigan reklamalar, tarmoq qidiruvidagi natijalarda tavsiya sifatida
ko‘rsatilishi va boshqalar kiradi. Xullas, faol SMM chiqimni talab qiladi va
ko‘proq foydalanuvchiga yetib borish uchun kuchli vositalardan foydalaniladi. Sust
holatda SMM bilan shug‘ullanishga esa tabiiy tarzda postlar, statuslar, xabarlar
yozish orqali foydalanuvchilarga yetib borish misol bo‘lishi mumkin. Agar
ijtimoiy tarmoq platformasiga pul to‘lamasangiz, shunchaki o‘zingiz guruh, sahifa
yoki kanal ochib uni yuritish orqali foydalanuvchi yig‘sangiz, Siz sust holda SMM
bilan shug‘ullanayotgan bo‘lasiz. Albatta, har ikki holatda ham SMM bilan
shug‘ullanish sayt reytingi uchun yaxshi foyda keltiradi.
Hozirgi vaqtda saytlar SMMga juda muxtoj. Ayniqsa, yangi ochilgan va imkon
qadar tezroq foydalanuvchilarga tanilishni istovchi saytlar ko‘tarib berilishi uchun
pul to‘lashga doim tayyor bo‘lishadi. SMM mutaxassislari, SEOni yaxshi
tushungan tadbirkorlar ham kam.
Nima qilish kerak?
Agar Siz SMM va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish tijoratiga qiziqib qolgan
bo‘lsangiz, bu soha bilan kelajakda yaxshi daromad qilishni istasangiz, Facebook
(yoki istalgan boshqa ommabop ijtimoiy tarmoq)da sahifa yoki guruh oching. Bu
mutlaqo bepul. Boshlanishiga guruhingizga qiziqarli ma‘lumotlar joylang, ko‘proq
foydalanuvchilarni jalb qiling. Ularning har biri bilan shaxsiy muloqotda bo‘lishni
ham unutmang. A‘zolar 10 mingtadan oshgandan so‘ng guruhingiz yoki
sahifangizga reklama joylash uchun buyurtma olishni boshlashingiz mumkin.
Bundan tashqari, o‘zingiz istagan saytni sahifa yoki guruhingizda ommalashtira
oladigan bo‘lasiz. Eng muhimi, soha bo‘yicha ko‘proq izlanib, ko‘proq
o‘rganishga va doim rivojlanishga harakat qiling.
O‘zingiz yoqtirgan ish bilan daromad ko‘rishingiz mumkin SMM sohasi Siz uchun
shunday yo‘nalishlardan biri bo‘lsa ajab emas.
Har bir saytning ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi (guruhi, kanali) bo‘lishi shart. Bu
sahifa, guruh yoki kanal orqali foydalanuvchilar sayt (tashkilot, kompaniya) bilan
jonli muloqotga kirishadi. Kompaniyaga har qancha yaxshi mahsulot
tayyorlamasin, sayt har qancha yaxshi xizmatlarni taklif qila olmasin, agar odamlar
bilan jonli shaxsiy muloqotga kirisha olmasa, har doim iste‘molchilar va
kompaniya o‘rtasida bo‘shliq bo‘laveradi. Ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqot qilish imkoniyati bilan odamlar kompaniyaga yaqinlashishadi: savol
so‘rashadi, javob olishadi, taklif yoki shikoyatlarini bildirishadi. Bu esa, o‘z
navbatida,
iste‘molchilar
va
kompaniyalar
o‘rtasidagi
munosabatni
iliqlashtirishdan tashqari kompaniya saytining qidiruvda yuqoriroq o‘rin
egallashiga zamin yaratadi.