Mavzu: sog’lomlashtirish vazifasining mohiyatini ochib bering. Reja: 20



Yüklə 271,17 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü271,17 Kb.
#206704
1   2   3   4   5
Mashg’ulot yakunlovchi qismi.
Mashg’ulotning o`yindan so`nggi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan intensiv suratdagi yurishni o`z ichiga oladi. U umumiy qo`zg’aluvchan ishga yordam beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini bajarishlari mumkin. Ba’zi hollarda yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli o`yin bilan almashtirilishi mumkin. Yurish yoki uni almashtiruvchi o`yin so’nggida mashg’ulotga yakun yasaladi. Yakunlovchi qism: kichik guruhda 2 dan 3 daqiqagacha, o`rta va katta gruhlarda 3 dan 4 daqiqagacha bo`ladi.
Butun mashg’ulotning davomiyligi:

  • kichik guruhlarda 15-20 daqiqa;

  • o`rta guruhlarda 20-25 daqiqani;

  • katta guruhlarda 30-35 daqiqani tashkil etadi.

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini ochiq havoda o`tkazish juda muhimdir. Ular bola organizmining funksional jihatdan shakllanishiga, chiniqishiga yordam beradi, shamollash kasalliklariga qarshiligini oshiradi.
Ochiq havodagi mashg’ulotlar hamda uch qismdan: kirish – tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlardan iboratdir.
Mashg’ulotning kirish – tayyorgarlik qismi harakat texnikasini yaxshilash, oyoq mushaklarini mustahkamlash, qomatni yaxshilash maqsadida nafas olish, sekin sur’atdagi yugurish mashqlaridan iboratdir. Yugurishdan so`ng bolalar zvenoli kolonna, doira va boshqalarga saflanadilar, bu keyingi mashqlar uchun qulaydir.
Mashg’ulotning asosiy qismi qo`l, gavda va oyoq mushaklariga yaxshi yuklama beruvchi umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish uchun mo’ljallanadi. Shundan so`ng o`rtacha tezlikda yugurish o’tkaziladi. U yurish va bolalarning asosiy harakatlarni bajarish uchun qayta saflanish bilan tugallanadi. Bunda avval yoki yangi harakatlar, o`rtacha tezlikda yugurishdan so`ng esa sekin sur’atdagi yugurish bilan tugallanadigan tanish (takroriy) harakatlar beriladi. Bu qism oxirida musobaqali harakatli o`yin, estofeta o`yini yoki sport o`yini o`tkaziladi. Ular bolalarning yuqori harakat aktivligini ta’minlaydi.
Mashg’ulotning yakunlovchi qismida sekin sur’atdagi yugurishdan nafas olish mashqlarini bajargan holda yurishga o`tiladi.
Jismoniy mashqlarni mashg’ulotlar uchun tanlash dastur asosida tuziladigan ish rejasi bo`yicha belgilanadi. Mashg’ulotlarni rejalashtirishda yil fasli o`tkazish sharoitini hisobga olish lozim.
Tarbiyachi bolalarni uyushtirishning frontal, grux, individual kabi turli usullaridan foydalanadi. Frontal usullardan foydalanilganda bolalarga barcha uchun bir xil tarzda, bir vaqtda bajariladigan mashqlar beriladi. Frontal usulni mashg’ulotning istalgan qismida, ayniqsa bolalarni yangi mashqlarga o`rgatishda yoki allaqachon tanish mashqlarni takomillashtirishda qo`llashi maqsadga muvofiqdir. Bu usul bolalarda harakat uyg’unligini tarbiyalashda, ularni barcha uchun barovar vazifalarni xal etishga birlashtirishda, tarbiyachining bolalar bilan bevosita aloqaga kirishishda, shuningdek mashg’ulotlarning motor zichligini oshirishda samaralidir.
Bolalar mashg’ulot detallarini o`rganish va aniqlash jarayonida navbati bilan harakat qiluvchi uncha katta bo`lmagan gruppaga bo`linishi mumkin. Bunda tartbiyachi mashqning bir yoki ikki guruhga tomonidan bajarilishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo`ladi, qolgan bolalar esa o`z o`rtoqlari harakatlarini kuzatadilar va tarbiyachini tinglaydilar.
Bundan tashqari mashqlarni potok usulida bajarishdan ham foydalaniladi, bunda barcha bolalar aynan bir mashqni navbatma-navbat, birin-ketin, to`xtovsiz potok usulida bajaradilar. Mashqlarni keng ko`lamda takrorlash uchun ularni bajarish ikki va uch potokda tashkil etilishi mumkin. Jismoniy mashqlarni poton usulida bajarish usulini katta va tayyorlov guruh bolalariga nisbatan qo`llash maqsadga muvofiqdir. Katta va tayyorlov guruhlarda gruppaviy usuldan foydalaniladi. U mashg’ulotda tarbiyachining bolalarni o`rgatish jarayoni va bolalarning avval orttirgan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish bilan qo’shib olib borilgan hollarda qo`llaniladi. Bunda bolalarning bir gruppasi tarbiyachi raxbarligida biror-bir xarakatga o`rgatiladi ikkinchi guruh bolalari (yoki ikkita katta bo`lmagan guruh) esa bu vaqtda boshqa mashq turini mashq qiladilar (takroriy). O`zlariga avvaldan tanish biroq turli mashqlarni (to`p o`yini, tirishib chiqish, muvozanat saqlash va boshqalar (shuningdek ijodiy topshiriqlarni bajaradigan ikki yoki uch guruh bolalar bo`lishi mumkin. Mashg’ulot jarayonida har bir bola o`ziga berilgan topshiriqlarni tarbiyachi nazorati ostida mustaqil bajarayotganida yakka yondashish usulidan foydalanish mumkin. Hamma uchun umumiy bo`lgan mashqlar detallarini aniqlashtirish maqsadida mashq tarbiyachi chaqirig’iga ko’ra yakka tarzda bajariladi. Bunday usul tarbiyachining alohida e’tiborini bolalarni yaxshi uyushtirishni barchani faol kuzatishga jalb etish va topshiriqlar bajarishning to`g’riligini taxlil qilishni, mashqlarni tarbiyachi chaqirig’iga ko`ra qayta bajarishga tayyor turishni talab etadi.
Mashg’ulotda bolalar faoliyatini to`g’ri almashtirib turish umumiy zichligini ta’minlaydi. Mashg’ulotning umumiy zichligi pedagogik jihatdan o`zini oqlagan vaqtning mashg’ulot davomiyligiga nisbati bilan belgilanadi. Bolalarning tushuntirishlar, ko`rsatmalar, og’zaki instruksiyalarni idrok etishi, tarbiyachi namoyish etgan jismoniy mashqlarni bajarish usullarini tushuntirib berishi jismoniy mashqlarni bajarishi va dam olishi pedagogik jihatdan oqlangan hisoblanadi.
Ertalabki gimnastika bolaning oila, yasli bolalar bog’chasidagi kundalik rejimining majburiy qismidir. Uning kattalar rahbarligida o`tkazib turilishi bolalar asta-sekin yoqimli mushak sezgisi, ijobiy emotsiyalar xushchaqchaqlik kayfiyatini o`yg’otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko`nikishni tarbiyalaydi. Ertalabki gimnastikaning ahamiyati rang-barang: u organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi, uyqudan so’ng nerv tizimini harakatga keltiradi, bedorlikka o`tish vaqtini qisqartiradi, ijobiy hislar o`yg’otadi. Uyqudan so`ng maxsus tanlangan jismoniy mashqlardan iborat ertalabki gimnastika bolani butun organizmini asta-sekin faoliyat holatiga jalb etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish bosh miya tizimi faolligini kuchaytiradi. Ko`rish, eshitish, tayanch harakat, teri kabi barcha retseptorlardan bosh miyaga keladigan butun impulslar oqimi nerv tizimi ish qobiliyatini va organizmining xayot faoliyatini tiklaydi. Ertalabki gimnastika to`g’ri qad-qomatni tarbiyalashga ta’sir etib, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishini kuchaytiradi, modda almashishiga yordam beradi. Ertalabki gimnastika bolalarda diqqatni, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy faoliyatining oshishiga yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg’ularini uyg’otadi. Bolalarning jismoniy mashqlarni ochiq havoda yoki darcha derazalari ochiq xonada suv muolajalari (artinish, suv qo`yish, dush) bilan o’tkazishlari juda sog’lomlashtiruvchi samara beradi, nerv tizimining umumiy holati va funksional imkoniyatlarini yaxshilaydi, uni mustahkamlaydi va chiniqtiradi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining muqobillashuviga yordam beradi, almashinish reaksiyalarini yaxshilaydi, shamollash va yuqumli kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi, bolalarda tetiklik, yengillik, quvonch sezgilarini o`yg’otadi.
Bolalar organizmini chiniqtirish maqsadida suv harorati asta-sekin pasaytirib boriladi, bunda shifokor ko’rsatmasi asosida har bir bolaga yakka yondashishga rioya qilinadi.
Ertalabki gimnastikani o`tkazish uchun avval o`rganilgan mashqlar ichidan tanlanib, mashqlar majmuasi tuziladi.
Mashqlarni quyidagi tartibda o`tkaziladi:

  1. yelka kamari mushaklarining rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi, yelka bo`g’imlari, ko`krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga, umurtqa pog’onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar;

  2. orqa mushagi va umurtqa pog’onasi egiluvchanligini rivojlantirish va mustahkamlashga mo`ljallangan, ichki organlarga massaj kabi ta’sir etuvchi, oyoq bo`g’imlarini rivojlantiruvchi mashqlar;

  3. qorin va oyoq mushaklarini rivojlantirishga mo`ljallangan mashqlar.

Mashqlar majmuasini tuzishda har bir yosh guruhining yosh va yakka xususiyatini hisobga olish lozim.
Ertalabki gimnastika birinchi kichik guruhdan boshlab joriy etiladi. Ertalabki gimnastikada harakatlarga o`rgatilmaydi, shuning uchun tarbiyachi mashkni oldindan tushuntirishi va namoyish qilishi kerak emas. Kichik va o`rta guruhlarda yilning birinchi yarmida tarbiyachi bolalarga mashqni o`zi bilan birga bajarishni taklif etadi.
O`rta guruhning ikkinchi yarmi va katta va tayyorlov guruhlarida u mashqlarni nomini qisqagina aytadi, dastlabki holat uchun buyruq beradi. Mashq boshlashdan oldin va u tugagach, katta guruh bolalari asosiy tik holatda (tovonlarni juftlashtirib, oyoq uchlarini kerib) turadilar. Kichik va o`rta guruhlarda bolalar oyoqlarni parallel holda biroz kerib turadilar, bu yassi tovonlikni oldini oladi.
Ertalabki gimnastika so`ngidagi sur’atni sekinlatib yurish, turgan holatida oyoqlarini biroz qutarib qadam tashlash, nafas olish mashqlarini bajarish bilan tugallanadi. Bu bola yurak pulsini normal xolga keltiradi.

Yüklə 271,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin