Sohadagi texnik tizimni ifodalovchi muhandis masalalarini yechis-fayllar.org
Alifbo - tilda qo’llaniladigan ko’plab turli ramziy belgilar (harflar, raqamlar, maxsus belgilar) to’plamidir. Tilning sintaksisi jumlalar tuzishda belgilarning bog’lanish qoidalarini belgilaydi, semantikasi esa ushbu jumlalarning mazmuniy izohini belgilaydi.
Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo’yicha sinflash mumkin. Dasturlash tilining kompyuterga bog’liqlik darajasi bo’yicha sinflash eng umumiy hisoblanadi: Yuqorida aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari mashinaga bog’liq va mashinaga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi. Mashinaga bog’liq tillar, o’z navbatida, mashina tillari va mashinaga mo’ljallangan tillarga ajratiladi.
Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini tariflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi. Mashina tili 0 daraja deb qabul qilingan bo’lib, sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi.
Mashinaga bog’liq bo’lmagan tillar ham ikkita turga bo’linadi: birinchisi protseduraga mo’ljallangan tillar, ikkinchisi - muammoga mo’ljallangan tillar.
Protseduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini (protseduralarni) tavsiflashga mo’ljallangan, shuning uchun ular ko’pincha oddiy qilib, algoritmik tillar deb ataladi. Ushbu tillar yechilayotgan masalalar xususiyatlarini to’la hisobga oladi va kompyuterning toifasiga deyarli bog’liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi mashina tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga yaqinroq. Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni tahlil qilish va boshqa masalalarni yechish tillari ma’lum. Masalan: Fortran tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo’lib, Formyla Translator -formulalar translatori degan manoni anglatadi hamda ilmiy va muhandis - texnik masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi. Algol tili 1960 yili yaratilgan bo’lib, Algoritmic Langauge - algoritmik til degan ma’noni anglatadi va ilmiy-texnik masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi.
Kobol tili 1959 yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge - savdo-sotiq masalalariga mo’ljallangan til degan ma’noni anglatadi. Korxona va tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish bilan bog’liq iqtisodiy masalalarni yechish uchun ishlatiladi.
Paskal tili 1971 yilda e’lon qilingan bo’lib, fransuz olimi Blez Paskal nomiga qo’yilgan. Turli xildagi masalalar yechimini olishda tartiblangan (strukturaviy) dasturlar tuzishda ishlatiladi. PL/1 tili 1964 yilda yaratilgan bo’lib, Programming Langauge1 - 1-tartib raqamli dasturlash tili ma’nosini anglatadi. Ushbu til universal tillar turkumiga kiradi. Bu tilda ishlab chiqilgan dasturlar kompyuterni yangisi bilan almashtirilganda qaytadan tuzib chiqilishi zarur emas. Beysik (Basic - Beginner's All Purpose Sumbolic Instruction Code - boshlovchilar uchun ko’p maqsadli sistemalik instruksiyalar kodi) hisoblash algoritmlarini yozish uchun qo’llaniladigan algoritmik til. Bu til 1965 yilda Dartmut kolleji xodimlari Kemini va Kurslar tomonidan ishlab chiqilgan.
Protseduraga mo’ljallangan tillardan masalalarning matematik ifodalari, algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish bo’lgan mutaxassislar foydalanadilar. Bunda ulardan kompyuterning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi.
Muammoga mo’ljallangan tillar kompyuterda masala yechish usullari va dasturlash usullari bilan tanish bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir.