Ma’lumotlar toifalari.
Paskal tilida ma’lumotlarning toifalari ikki xil bo’ladi oddiy skalyar va murakkab. Skalyar toifa o’z navbatida o’zgaruvchi va standart toifalarga bo’linadi. O’zgaruvchi toifaga qayd qilingan va chegaralangan toifalar kirsa, standart toifaga butun - INTEGER, haqiqiy - REAL, mantiqiy - BOOLEAN, xarakter yoki simvol - CHAR toifalar kiradi. Bundan tashqari Turbo Paskalda qator - STRING toifasi kiritilgan. Murakkab toifalarga esa ma’lumotlarning muntazam to’plam, aralash (yozuvlar), murojaat va faylli toifalari kiradi.
Ma’lumotlarning standart toifalari.
Standart turdagi ma’lumotlar dasturda maxsus xizmatchi so’zlar yordamida tavsiflanadi:
Integer - Butun toifadagi ma’lumotlar faqat butun sonlarni qabul qiladi. Ular Paskal tilida quyidagicha ifodalanadi: -7, 10, 89, -35, 0 va h.k.
Real – haqiqiy toifadagi ma’lumotlar haqiqiy sonlarni qabul qiladi va 2 xil ko’rinishda bo’ladi:
a) qo’zg’almas nuqtali haqiqiy sonlar (3.56, 0.88,-150.45) b) qo’zg’aluvchan nuqtali haqiqiy sonlar (0.546q546E-03, 96.78*102q96.78E02 va h.k.)
Char – belgi (simvol) toifadagi ma’lumotlar qiymat sifatida ASCII kodlar jadvalidagi belgilarning bittasini qabul qiladi. Bu ma’lumotlar apostrof ichiga olib yoziladi. Masalan ('F', 'A', 'R', '5', '8' va h.k.)
Boolean – mantiqiy toifadagi ma’lumotlar. Bu nom ingliz ma tematigi Jorj Bul sharafiga shunday deb ataladi va shu turdagi o’zgaruvchilar faqat 2 ta qiymat qabul qiladi True yoki False.
Bu ma’lumotlar ustida solishtirish amallari (>,<,q,), mantiqiy ko’paytirish And, mantiqiy qo’shish OR va mantiqiy inkor qilish Not amallarini bajarish mumkin. Quyidagi jadvalda Boolean toifasidagi A va V o’zgaruvchilari ustida mantiqiy amallarning bajarilishi natijasi keltirilgan:
String [N] - qator. Bu yerda N qatordagi simvollar soni (ko’rsatilmagan bo’lsa u avtomat ravishda 256 ga teng deb olinadi). Bu turdagi ma’lumotlar bitta yoki bir nechta belgilar ketma-ketligidan tashkil topib, apostrof ichida beriladi. Masalan:
‘Informatika', 'Student′
Eslatma. Turbo Paskalning keyingi lahjalarida oddiy turning Byte, Word, Longint, Shortint kabi toifalari aniqlangan. Paskal algoritmik tilida arifmetik, mantiqiy va belgili ifodalar aniqlangan.
Arifmetik ifodalar o’zgaruvchilar, o’zgarmaslar, arifmetik amal belgilari, qavs va standart funksiyalardan tashkil topadi. Arifmetik ifodada qatnashayotgan amallar ustuvorligiga qarab bajariladi. Amallar quyidagi ustuvorlikka ega.
Dostları ilə paylaş: |