Mavzu: Sohaga oid jarayonlarni modellashtirish (3d max)


Uch o‘lchovli modellashtirish qo‘llaniladigan asosiy sohalar



Yüklə 228,75 Kb.
səhifə4/4
tarix11.07.2023
ölçüsü228,75 Kb.
#136312
1   2   3   4
mustaqil ish 118 Javohir

Uch o‘lchovli modellashtirish qo‘llaniladigan asosiy sohalar:

  • 1. Vizual effektlar, multiplikatsiya, kompyuter sanoati. Kuchli qurilma va dasturiy ta’minotlar sababli nafaqat maksimal reallikga, balki mavjud fizik xususiyatlarga ega bo‘lgan (oquvchanlik, egiluvchanlik, ishqalanish va b.) turli xil predmetlarni (masalan: uy, avtomobil va b.) yaratish imkoniyati yuzaga keldi. Ma’lum muhitni o‘rab olgan real suv sathi, turli xil pirotexnik effektlar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa aktyorlarning harakatsiz bir xil rangdagi fonda suratga olinishi, so‘ngra ularni yaratilgan virtual muhit bilan to‘lik qoplanishiga olib keldi.
  • 2. Loyihalash va dizayn. Dizaynning barcha ko‘rinishlari uchun virtual modellar ichki va tashqi (interer va eksterer) dizayn, poligrafik dizayn, shuningdek, sanoati dizayni singari yaratiladi. Loyihalash imkoniyatlaridan biri haqiqatdan mavjud manzara tasviri (peyzaj)ga yaratilgan virtual modelni qo‘yish hisoblanadi. Haqiqiy odamga o‘xshatib yaratilgan virtual personaj obrazi. Fotosuratga yaratilgan virtual uyning muhitga moslab qo‘yilishi. Masalan, Fotosuratga yaratilgan virtual uyni atrof muhitga uning qay darajada mos tushganligini ko‘rish maqsadida qo‘yish mumkin.

Uch o‘lchovli sahnalar yaratish algoritmi har qanday uch o‘lchovli sahnani yaratish, qoida sifatida, quyidagi algoritmlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • 1. Dastlabki tayyorgarlik: Badiiy vositalardan foydalanib, loyihalashtirilayotan obyekt yoki butun sahna eskizlari yaratiladi. Bu qanday vositalar yordamida sahna obyektlari yaratilishini o‘ylab olish uchun zarur.
  • 2. Obyektlarni modellashtirish: Poligonal model yaratiladi, buning ustiga yaratilgan model to‘g‘ri geometriya va belgilangan sondagi poligonlarga ega bo‘lishi lozim. Ortiqcha detallashtirish kompyuterni sekin ishlashiga olib kelishi mumkin.
  • 3. Materiallarni tayyorlash va o‘rnatish: yaratilgan obyektlarga turli materiallar, shuningdek, turli obyektlardan yorug‘likning qaytishi/sinishi realistik algoritmlarini yaratish imkonini beruvchi proseduraviy sheyderlar o‘zlashtiriladi. Eskiz Obyekt modeli Oxirgi natija Model yaratish algoritmi.
  • 4. Yoritish va kamerani sozlash: Yoritish manbalarini joylashtirish (realistik yoritishni yaratish uchun global yoritishdan (global illumination) foydalaniladi, qaysiki obyektlar nafaqat turli manbalardan yorug‘likning to‘g‘ri nurlari, balki sahnadagi boshqa obyektlardan bir necha bor akslanadigan yorug‘lik nurlari bilan 132 yoritiladi), shuningdek, ancha foydali bo‘lgan rakurslar holatida kamerani joylashtirish yoki animatsiyalash.
  • 5. Sahnani vizuallashtirish (Rendering): Yaratilgan obyekt yoki sahnaning tugallangan tasvirini pikselli tasvir yoki videolavha ko‘rinishida yaratadi

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 228,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin