Mavzu: Soliq qonunchiligi va soliq munisabatlarini huquqiy tartibga solish



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə5/6
tarix08.04.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#94900
1   2   3   4   5   6
Soliq qonunchiligi va soliq munisabatlarini huquqiy tartibga solish

Soliq huquqining tizimi. Soliq solish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalariga ham ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi xos bo‘lib, bu bog‘liqlik nafaqat ularni chiqargan hokimiyat va boshqaruv organlarining holati hamda ushbu normalarni qo‘llash sohasi bilan, balki huquqiy tartibga solish predmetining ichki tuzilmasi qonuniyatlari bilan ham belgilanadi. Demak, soliq huquqi o‘zining ichki tuzilmasi yoki tizimiga, ya’ni ko‘plab bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan elementlarga ega bo‘lib, ularda soliq huquqi normalari muayyan izchillikda birlashadi va joylashadi. Soliq huquqi – huquqiy normalarning bir butun (yaxlit) tizimi bo‘lib, predmet, maqsad, prinsiplar, tartibga solish usulini birlashtiradi. Huquqiy normalar bir-biriga mos kelishi, Yagona prinsiplarga asoslanishi, yagona atamalarni qo‘llashi lozim. Huquq tarmog‘i ichida turli yuridik kuchga ega bo‘lgan, umumiy va maxsus huquqiy normalarning subordinatsiyasi (bo‘ysunuvi) mavjud bo‘ladi. Soliq huquqi tizimi deganda – uning soliq solish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar bilan obyektiv belgilangan ichki tuzilishi, soliq huquqi normalarining muayyan izchillikda birlashishi va joylashishini tushunish lozim. Soliq huquqi tizimi – soliq huquqi normalari va institutlarini birlashtiradi.
- soliq huquqi normalari
– soliq huquqining boshlang‘ich elementi bo‘lib, davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki tasdiqlanadigan hamda soliq huquqi munosabatlari ishtirokchilarining xulq-atvorini (xatti-harakatini) belgilab beradigan qoidalardir; - soliq huquqi institutlari – soliq huquqining alohida guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, soliq huquqi institutlari – soliq huquqi normalarining uncha katta bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga solishga qaratiladi. Soliq huquqi o‘z ichiga bir qator institutlarni oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni paytda ular muayyan mustaqillik xususiyatiga ega. Zero, soliq huquqi institutlari ma’lum darajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Soliq huquqi tizimi ham umumiy va maxsus qismlardan iborat. Umumiy qism soliqlar tushunchasi, soliq huquqi tushunchasi, predmeti, manbalari; soliq huquqiy munosabatlari, subyektlari; soliq tizimi, prinsiplari; soliq majburiyati va soliq nazorati; soliq sohasidagi huquqbuzarlik va javobgarlik hamda boshqa umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan soliq huquqiy me’yorlarini birlashtiradi. Maxsus qism esa, alohida soliq va boshqa majburiy to‘lov va ularning elementlarini o‘z ichiga olgan soliq huquqiy me’yorlarini birlashtiradi.

Yüklə 98,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin