Mavzu; Sport fanida ilmiy texnik axborotning ahamiyati, ilimiy tatqiqotlarning turli bosqichlarida axborot extiyojlari, internet va uning sport fanidagi imkoniyatlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə1/2
tarix11.02.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#83829
  1   2
Sport fanida ilmiy texnik


Mavzu; Sport fanida ilmiy texnik axborotning ahamiyati, ilimiy tatqiqotlarning turli bosqichlarida axborot extiyojlari, internet va uning sport fanidagi imkoniyatlari
Reja;
1.Yoshlarni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlar berish sifati
2. Sportchini texnik mahoratini
takomillashtirish jarayonini asosiy vositalari
3. Sportchining texnik tayyorgarligi jarayoni

1.Yoshlarni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlar berish sifati


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi jamoat
ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida” 2005 yil 28 sentabrdagi PK-191-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kompyuterlashtirish
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2008 yil 20-iyundagi 22-son majlis bayoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, u ta’lim muassasalarining o’quv rejasida o’qitilayotgan fanlarning axborot texnologiyalari orqali o’qgatishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish imkonini beradi Yoshlarni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlar berishning sifatini oshirish hamda jamiyatimiz uchun barkamol shaxsni shakllantirish ta’lim tizimining eng asosiy maqsadlardan hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim jarayonida olib borilayotgan barcha harakatlar shu maqsadni amalga oshirishda muhimdir. Yangilangan ta’limda o’quvchining yuragidagi cho’g’ni alanga oldirish, uni har tomonlama rivojlantirib, bilimdan-bilimga etaklab olib chiqish uchun zamonaviy darslar zarurdir
Zamonaviy dars shunday darski, unda o’qituvchi o’quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy potentsial ini ishga solib, rivojlanishini ta’minlaydi. O’quvchi esa o’z navbatida bilimlarni chuqur o’zlashtiradi va ma’naviy barkamollik sari odimlaydi.
Jismoniy tarbiya darslarida yuqori samaraga erishish, faqat darsni to’g’ri tashkil qilish va zamonaviy axborot vositalarini samarali turlarni keng qo’llash evaziga
amalga oshirilishi mumkin
Demak bugungi kunda jismoniy madaniyat darslarini zamonaviy talablardan
kelib chiqib yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda tashkil
etishning samarali usullarini qo’llash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi[7].
Mazkur mavzu yuzasidan ishlashdan maqsad va vazifalari, “Sportchining
jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi” moduli bo’yicha talabalarining chuqur va zamonaviy bilimga ega bo’lishini ta’minlash, zamonaviy yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali usullarini o’rganish hamda ilmiy asoslashdan iborat.. maqsadga erishish yo’lida quyidagilarni vazifa qilib oldik:
- ilmiy-uslubiy, axborot va internet manbalarini o’rganish va tahlil qilish.
- zamonaviy o’qitish va ilg’or xorijiy tajribalarni, hamda axborot
texnologiyalarini o’rgatish jarayoniga tatbiq etish usullarini yoritish.
2. Sportchini texnik mahoratini
takomillashtirish jarayonini asosiy vositalari
Malakali sportchilarni texnik tayyorgarligiga zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo’llari” moduli bo’yicha mashg’ulotlarda talabalarning nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalarini shakllantirishga, ularning mashg’ulotlarga bo’lgan
qiziqishni kuchaytirishga va zamonaviy axborot texnologiyalari orqali modul materiallarini o’zlashtirish darajasini oshirish ishning amaliy ahamiyati xisoblanadi
Sportchini texnik mahoratini
takomillashtirish jarayonini asosiy vositalari quyidagilardan iborat
1. Sport turi texnikasi asosida ixtisoslashgan harakatlarni - uslublarni yuqori
barqaror va aniq chegaradagi o’zgaruvchan holatda bajarishga erishish.
2. Musobaqa faoliyatini maqsadga muvofiq samarali holda amalga oshirishda
o’rganilgan uslublarni ketma-ket texnika negiziga aylantirish.
3. Sportchini individual xususiyatiga qarab, harakat ta’sirini tuzilishini,
dinamikasi, kinematika va ritmini takomillashtirish.
4. Sportchini ekstremal musobaqa sharoitida, texnikasini mukammalligi va
natijaligini oshirish.
5. Sportchini texnik mahoratini, sport amaliyotining talabiga va ilmiy-texnik
ko’rsatgichlariga qarab takomillashtirish.
3. Sportchining texnik tayyorgarligi jarayoni
Sportchining texnik tayyorgarligi shunisi bilan ajralib turadiki, u o’zlashtirilgan harakatlarni bajara oladi va ularning texnikasini egallab olgan. Texnik tayyorgarlikning yetarlicha yuqori darajasini texnik mahorat deb ataydilar.
Texnik mahoratning mazkur ko’rsatkichlari texnik harakatlarning juda katta zahirasi bo’lgan sport turlarida - sport o’yinlari, yakkakurash turlari, gimnastika, figurali uchish - ayniqsa katta ahamiyatga ega. Sport texnikasiga egalik qilish samaradorligi sport harakati texnikasining individual optimal variantga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
Texnikaning samaradorligini bir necha usul bilan baholaydilar:
a) uni qandaydir biomexanik etalon bilan qiyoslash. Agar texnika biomexanik
jihatdan oqilona darajaga yaqin bo’lsa, u eng samarali hisoblanadi;
b) baholanayotgan harakat texnikasini yuqori malakali sportchilar texnikasi bilan
taqqoslash;
v) sport natijasini sportchining harakat imkoniyatlarini belgilovchi texnik
tomondan birmuncha soddaroq - kuch, tezlik-kuch va h.k. topshiriqlaridagi natijalar
bilan taqqoslash. Masalan, 30 m ga avval past, keyin yuqori startdan yugurish amalga
oshiriladi. Vaqtdagi tafovut pastki start texnikasi samaradorligini ko’rsatadi;
ko’rsatilgan natijani harakat faoliyatini bajarish paytidagi kuch-quvvat harakatlari
bilan taqqoslash. Quvvat sarfi qanchalik kam, ya'ni harakatlar tejamli bo’lsa, texnika
samaradorligi shuncha yuqori hisoblanadi

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin