Mavzu: suniy optik anizotropiya



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə1/5
tarix19.05.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#116881
  1   2   3   4   5
QIRG‘IZBOYEVA CHAROSNING



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-FAKULTETI FIZ-DU-21-203-FIZIKA YO’NALISHI TALABASI
QIRG‘IZBOYEVA CHAROSNING
‘’OPTIKA FANIDAN’’

KURS ISHI

MAVZU: SUNIY OPTIK ANIZOTROPIYA.

BAJARDI: ________ _____________


QABUL QILIB OLDI: ________ _____________
2023-YIL
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA YO’NALISHI TALABASI QIRG‘IZBOYEVA CHAROSNING
OPTIKA FANIDAN’’

KURS ISHI

MAVZU: SUNIY OPTIK ANIZOTROPIYA

Bajardi: Qirg‘izboyeva.CH


Qabul qilob oldi: _____________
Tekshirdi: _____________­_

Namangan - 2023


REJA;

1.KIRISH ……………………………………………………………………..………..4,



2.Yorug’lik Xaqida Tushuncha..........………………………….….................6,

Asosiy qsim


3.Anizotrop kristallar optik muhit sifatida.......……………………………….13,

4.Sun’iy optik anizotropiya………………………………………………………21,



5.0Xulosa………………………………………………………………………………………….32,


KIRISH
"Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda..." ,-deydi mamlakatimiz prezidenti Sh.M Mirziyoyev 19.03.2021-yildagi "Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qonunida.
Darhaqiqat, Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, fizikaning rivojlanishida òz hissamizni qòshmog'imiz lozim.
Fizika – tabiat to’g’risidagi fanlardan biri bo’lib, u tabiat hodisalarini ya‘ni materiyaning xossalarini, shu o’zgarishlarni ifodalay oladigan qonun va qoidalarni o’rganadi. Fizikaning optika bo’limiyorug’likning tabiati, uning kvant va to’lqinxossalari, tarqalish qonunlari, yorug’lik va modda o’zaro ta’sir jarayonlari, turli optiksistemalar yordamida jismlarning tasvirini shakllantirish, optik sistemalar tuzish vanazoratning optik metodlarini o’rganadi. Optika fizikaviy va geometrik qismlarga ajratiladi. Fizikaviy optika, yorug’lik tabiati, uning to’lqin va kvant xossalarini, izotrop vaanizotrop muhitlarda tarqalish xarakterini, moddalar bilan ta’sirini,nurlanishjarayonlarida yutilish va sochilishni o’rganadi. Geometrik optika, optik sistemaning hisoblashlarning asosiy nazariyasidir; u optiksistemalarni geometriya nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi.
Hayotimizda muhim ahamiyat kasb etadigan barchamizga tanish yorug’lik masalasi - optikaning asosiy masalasidir. Yorug’lik tarqalish yo’nalishi va tezligi muhit xossalariga bog’liq: uning birjinsligiga, optik zichligiga, shaffofligiga va b.q. Bilamizki, modda agregat holatining molekulalari zich va tebranma harakat qiluvchi ko’rinishi qattiq jismlardir. Qattiq jismlar o’z navbatida optik muhit ham bo’la oladi. Lekin, bunda, turli qattiq jismlar turlicha xossalarni namoyon etganini ko’ramiz.Hamma yo’nalishi bo’yicha va hamma nuqtalarida fizik xossalari bir xil bo’lgan moddalar izotrop muhitlar deyiladi. Bir jinsli va shaffof muhitda yorug’lik to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Izotrop muhitda yorug’likning tarqalish tezligi ham yo’nalishga bog’liq bo’lmaydi. Turli yo’nalishlarda xossalari har xil bo’lgan moddalar anizatrop muhitlardeyiladi. Tabiiy anizatropli tuzilmaga ega bo’lgan jismlar mavjud; ularga turli kristallar: kvars, island shpati, turmalin va boshqalar, ular ikkilangan nur sindirish xususiyatiga ega. Muhitga tashqi elektr yoki magnit maydoni ta`sir qilish, mexanik kuch qo’yib yoki boshqa usullar bilan sun`iy anizatroplikni hosil qilish mumkin.
Ushbu kurs ishida biz aynan izotrop va anizotrop kristallarning optik xossalari, kelib chiqish tarixi, qo’llanish sohalari haqida so’z yuritamiz.



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin