Mavzu: surxondaryo viloyati taponimlarni o'rganish



Yüklə 279,92 Kb.
səhifə1/16
tarix19.05.2023
ölçüsü279,92 Kb.
#117888
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
MAVZU1


MAVZU: SURXONDARYO VILOYATI TAPONIMLARNI O'RGANISH
Toponimlar muayyan bir hudud joy nomlari majmui.Toponimlar xalqimiz me`rosi ularning etnik kelib chiqish tarixi va hududlarning qay tarzda nomlanishi hisoblanadi. Toponimlarni o`rganish ajdodlarimiz davridan boshlanadi. Toponimlarni o`rganish siz-u bizga tariximizni tilshunosligimiznio`rgatadi. Ularni o`rganing ming yillik tarixga borib tarqaladi. Istiqlol yillaridan keyin toponimlarning olimlarimiz tomonidan yangidan-yangi nomlari ishlab chiqildi va tilshunoslarimiz tomonidan bu nomlar tahlil qilinib chiqildi.Toponim yunoncha “topos” “onyma”so`zlaridan tarkib topgan. Toponim atamasi joy nomi degan ma`noni anglatadi. Joy nomi deganda aholi yashash joyi, qishloq, shahar, tuman, qir, adir, tog`, cho`qqi, qo`rg`on kabilarni tushuniladi. Toponimlar lug`ati til boyligini oshiradi. Toponimlarni lingvistik tahlil qilish orqali ularning nomlari kelib chiqishi bilan bog`liq bo`lgan leksik, morfologik tuzilishi o`rganiladi. Respublikamizning barcha tuman va viloyatlarining kelib chiqish tarixi mavjud. Surxondaryo viloyatining Boysun tumani “boy”so`zi tog` nomlari tarkibida muqaddas, ulug`, katta, ma`nosiga ega. Tog`ga sig`inish tog` kulti asosida ulkan tog`lar nomlangan.To`ra Nafasova va Vazira Nafasovalarning “O`zbek tili toponimlar o`quv izohli lug`ati”da Boysun qadimgi turkiy boy/bay/poy,pay;moy/may/umay/ulug`, buyuk, muqaddas, katta sin/sun/shin,chin/ulkan tog`, katta tog`. Tog` nomi tuman nomiga o`tgan deb keltiriladi. ”Baysin” so`zi “bay” so`zining shevaga moslashib ketishi va “sin” so`zining tilimizda “sun” so`zi bilan fonetik o`zgarishga uchrashi natijasida Boysun holatiga kelgan bo`lishi mumkun. Tilimizda toponimlar qo`shma va yasama so`zlarni boyitib boradi. Shu o`rinda Surxondaryo viloyatimizning ba`zi tuman va qishloq, mahallalari; Jarqo`rg`on, Qumqo`rg`on, Sherobod, Xo`jaulkan, Sariosiyo, Tillakamar, Besherkak, Oltinsoy, va viloyatimizning Qiziriq tumanidagi qishloq va mahallalari: Yetimqum, Shabada, “Do`stlik”mahallasi, “Yangi turmush” mahallasi va savhoz nomi bilan ataluvchi qishloqlari; Yettinchi sovhoz,o`ninchi sovhoz, O`n birinchi sovhoz, Kunchiqar, Mingchinor kabi qishloq va mahallalar nomi bor.Yetimqum “yetim”,
PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI6 –TOM 3–SON/2022 -YIL /15 -MARTwww.bestpublication.org34“etim” so`zlari otadan, onadan yoki har ikkovidan ajralgan ya`ni Surxondaryoning ba`zi shevalarida yolg`iz qolgan degan ma`noni anglatadi, “qum” esa tepalik, do`nglik ma`nosida keladi. “Yetimqum” so`zini lingvistik jihatdan qilinsa bu so`z qo`shma so`z hisoblanib yasama so`zning kompozitsiya usulida birikkan turiga olamiz. Kunchiqar, Mingchinor, Jarqo`rg`on Qumqo`rg`on, Oltinsoy toponimlari o`z nomidan ham bilishimiz mumkunki, Mingchinor chinorlar ko`pligi bilan nomlangan. Shu o`rinda bir fikrni ayta olamiz, Mingchinorni Ko`pchinorlar qishlog`i deb atasa ham bo`lar edi. Har ikkisida ham chinorlar ko`pligi anglashilib turibdi. Mingchinor mazmun va ma`no jihatdan xalqqa tushunarli va nutqiy ma`noga ega. ”Ko`pchinorlar” qishlog`i toponimida nutqiy g`alizlikni sezamiz. ”Kunchiqar” esa pastlikda joylashganligi va kunnning o`sha yerdan chiqqanligi sababli kunchiqar deb nomlangan. Va ikkinchi qismi qo`rg`on so`zi shaklidagi toponimlar Jarqo`rg`on, Qumqo`rg`on. Bu toponimlar “ jar va qum” leksemalarining qo`rg`on so`zi bilan kompozitsiya usulida birikuvida tashkil topgan. “Jar “ leksemasining lug`aviy ma`nosi suv yuvib hosil bo`lgan tik chuqurlik. Qadimgi turkiy tilda “yar” tarzida talaffuz qilingan, keyinroq so`z boshlanishidagi y undoshi j undoshiga almashgan deb “ O`zbek tilining etimologik lug`ati”da keltirib o`tiladi. Y undoshi keyinchalik ch undoshiga ayalanib char tarzida talaffuz qilib yozilgan. Vaqtlar o`tishi bilan tilshunoslar tomonidan char so`zi jar shaklida talaffuz qilib yozilishi maqbul qilib olingan va xalq tiliga, imloga singishib ketgan. Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va uning atrofida mavjud bo`lgan Botikar (Botakar), Ruxshabuz ( Ruxshayuz) Sarmangan , Charmangan ( Jarmikon )kabi qishloq va shaharchalar tomonida “Tarmiz “( ba`zida Turmuz ) shakllarida talaffuz etilishi haqida S.Norqobilovning “Surxon vohasining tarixiy toponimikasi va geografiyasiga doir maqolasida keltirib o`tilgan. Toponimlarni geografik xususiyatlarini tahlil qilishda mashhur o`zbek olimlari : Suyun Qorayev, R. Musin, X. rahmatullayev, A G`. G`ulomov, Sh. Abdurahmonov, F. A . Abdullayev, Sh. R. Rahmatulllayeva va boshqalar. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib shuni aytish mumkunki, toponimlar ma`lum bir xalqning yashash tarzi , shu hududning tabiati va xalqning shevasiga moslashib, lingvistik tahlilllar bilan tilimizga singib ketadi. Toponimlarni yaratishda shu tilga mos lingvistik vositalardan foydalanamiz.

Yüklə 279,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin